Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

o'tkir bakteriya tashuvchilik 
holati deb ataladi. Ba'zi hollarda bu 
muddatdan keyin ham mikrob vaqti-vaqti bilan bemor tanasidan chiqib turadi. 3 
oydan ortiq muddatda bakteriyalar chiqishining davom etishi 
surunkali bakteriya 
tashuvchilik 
xisoblanadi. Ba'zi adabiyotlarda keltirilishicha, surunkali bakteriya 
tashuvchilik uzoq muddat, xatto umrbod davom etishi mumkin. Bunday bemorlar 
shaxsiy gigayenaga e'tibor bermasalar, atrofdagi ko'plab odamlarning kasallanishiga 
sabab bo'ladalar. Ayniqsa, surunkali bakteriya tashuvchilar oshpaz, pazanda, 
tarbiyachi, vodoprovod inshootlarining xizmatchisi bo'lsa, ular epidemiologik 
jixatdan g'oyat xavfli hisoblanadilar. Bemor yoki bakteriya tashuvchi tanasidan 
ajralib chiqqan kasallik mikroblari tashqi muxitda turli sharoitga duch kelishi 
mumkin. Odatda, kasallik bevosita muloqot yo'li bilan yoki oziq-oaqat, suv vositasida 
tarqaladi. Ichterlamaning tarqalishiga pashshalar xam sababchi bo'ladi. Qaysi yo'l 
bilan tarqalishidan kat'iy nazar, kasallik mikrobi sog'lom odam organizmiga faqat 
og'iz orqali tushadi. Bemorning oila a'zolari yoki tibbiyot xodimlariga kasallik asosan 
bevosita muloqot yo'li bilan yuqadi. Bemorni parvarish qilayotgan odam shaxsiy 
gigiyenaga e'tibor bermasa, qo'llari kasallik mikrobi bilan ifloslanadi va og'iz orqali 
yuqib qoladi. Ifloslangan idish-tovoqlardan xam kasallik oson tarqaladi. 
Ichterlamaning tarqalishida suvning axamiyati katta. Bemor yoki bakteriya tashuvchi 
chiqindilari bilan ifloslangan suvki qaynatmay ichish avj olishlar, xatto epidemiyaga 
olib keladi. Uning sababi surishtirilganida, suv bilan bog'liqligi tezda ayon bo'ladi. 
Ba'zi xollarda, epidemiya davrida shubxa qilinayotgan manbadan suv namunasi olib, 
laboratoriyada tekshirilsa, ichterlama mikroblarini topish mumkin. Uning 
xususiyatlari bemorlardan ajratib olingan mikrob xususiyatlaridan farq qilmaydi. 
Axoli ichimlik suv bilan ta'minlanmagan xududlarda ichterlama suv orqali tarqalishi 
bilan bog'liq avj olishlar ba'zan uchrab turadi. Quduq suvi tarqatuvchi omil 
bo'lganida, kasallanish faqat ushbu manbadaga suvdan foydalanadigan odamlar 
orasida kuzatiladi. Kasallikning suv orqali tarqalishi faqat xom suv ichgandagina 
emas, zararlangan suvda idish-tovoqlarni yuvganda xam ro'y beradi. Ifloslangan 
suvda cho'milish tufayli xam kasallik yuqadi. Oziq-ovqatlar ham kasallik tarqalishida 


37 
muxim axamiyatga ega. Oziq-ovqatlarga tushgan kasallik mikrobi ularda yaxshi 
saqlanibgina qolmay, ko'payishi xam mumkinligini inobatga olsak, yoz kunlarida 
respublikamiz sharoitida u g'oyat xavflidir. Kasallik ovqat vositasida tarqaganida, 
odatda yashirin davr qisqa bo'ladi va ko'pincha xastalik og'ir kechadi. Kasallik mikrobi 
bilan zararlangan suv yoki ovqat maxsulotlari tarqatuvchi omil bo'lganida, qisqa 
muddatda bir necha odamning kasallanishi epidemiologik jihatdan xarakterli 
hisoblanadi. Ichtrelama respublikamiz sharoitida yoz oylari, iyun-sentabrda ko'proq 
qayd qilinadi. U issiq xaroratda mikrobning tashqi muxitda yaxshi saqlanishi, 
odamning suvga bo'lgan extiyoji ortishi va jazirama issiq ta'sirida organizmning 
ximoya kuchlari susayishi bilan bog'liq. Keyingi yillarda ichterlama respublikamizda, 
asosan, onda-sonda uchraydigan, bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan sporadik 
kasallanish xolida uchraydi. Axolining ichimlik suv bilan ta'minlanishi yaxshilanib 
borayotgani tufayli ichterlama bilan kasallanish yildan-yilga kamayib bormoqda. 
Kasallikdan so'ng turg'un o'ziga xos immunitet hosil bo'ladi, Patogenezi. Og'iz orqali 
ovqat xazm qilish yo'llariga tushgan mikrob dastlab medaning kislotali muxitga duch 
keladi. Uni yengib o'ta olgan taqdirda ingichqa ichak bo'shlig'iga tushadi. 
Ichterlamada asosiy patologik, o'zgarishlar aynan ingichka ichakda shakllanadi. 
Ingichka ichak shilliq qavatida dastlab yallig'lanish jarayoni boshlanadi. Ichakdagi 
peyyor blyashkalari orqali mikrob shu soxaning limfatik tugunlariga o'tadi. Bu 
tugunlar ichak tutqichi orasida (mezenteral) joylashgan bo'ladi. Limfa tuginlarida 
mikrob ko'payadi va qonga tushib, bakteriyemiya ro'y beradi. Ana shu daqiqadan 
kasallikning yashirin davri tugab klinik alomatlari paydo bo'ladi. Qon orqali aylanib 
yurgan mikrobning bir qismi o'ladi va endotoksin ajraladi. Qolgan qismi turli 
a'zolarga — jigar, o't pufagi jigar va boshqa a'zolarga o'rnashib olada. Bakteriyemiya, 
kasallik qanday kechishiga qarab, 2-3

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish