33
Boshqa hollarda bemorning kg hisobida taxminiy vazni 75 ga ko'paytirilsa, ml
hisobida chirilishi lozim bo'lgan suyuqlik miqdori topiladi.
3.Bemor organizmning suvsizlanishi yaqqol ifodalangan (ayniqsa III-IV darajali
degidratatsiyada) regidratatsiya tomir orqali suyuqlik yuborish yo'li bilan boshlanadi.
Buning uchun trisol, atsesol, kvartasol, xlosol, reomakrodeks
kabi zavod sharoitida
tayyorlangan eritmalar zahirasi oldindan tayyorlanib qo'yilishi kerak. Bu eritmalar
ilitilgan holda tomir orqali tezlik bilan (1-2 soat ichida) jildiratib yuborilishi zarur.
Bunda dastlabki soatlarda yuboriladigan suyuqlik miqdori 5-6 litrgacha boradi.
Shuning uchun og'ir holdagi bemorni davolashda infeksionist bilan yonma-yon
reanimatolog ham ishtirok etib o'mrov osti sohasida veneseksiya qilib ular orqali
ham suyuqlik yuboriladi. Bemorning tomir urishi paydo bo'lishi, qon bosimi aniqlana
bog'lashi, nafas olishi ravojlanishi ahvoli yaxshilana boshlaganidan darak beradi. Shu
vaqtdan boshlab qo'shimcha ravishda og'iz orqali ham suyuqlik bera boshlanadi.
Davolashning ikkinchi bosqichida tomir orqali yuboriladigan suyuqliklar miqdori
kamaytirilib, bemor yo'qotayotgan suyuqlik hajmiga monand ravishda olib boriladi.4.
Antibiotiklar bilan davolash bemordan topilgan
vabo vibrionlarining qaysi
antibiotikka sezgir ekanligini e'tiborga olib belgilanadi. Ilgaridan respublikamizda
ahyonda uchrab turadigan vibrionlar tetrasiklinga sezgirligini saqlab qolgan. Bunday
holda tetratskilin 300000 TB dan kuniga 4 mahal 5 kun davomida beriladi. Keyingi
yillarda tarqala boshlagan vabo vibrionlari tetrasiklin va levomitsetinga sezgar emas.
Bunday shtammlar qo'zg'otgan kasalliklarni davolashda ularga ta'sir etadagan,
xinolon guruhiga mansub antibiotiklar yaxshi naf baradi. Ular floksatsialar:
sipofloksatsin-sifloks,
ofloksatsin-tarivid,
pefloksatsin-abaktal preparatlari,
Bu
antibiotiklar katta yoshdagilarga 2 ta tabletka (500 mg) dan kuniga 2 marta 5 kun
davomida beriladi. Bu preparatlar bo'lmay qolganida ampitsillin 2 tabletka (0.5 g)
dan kuniga 4 marta 5 kun davomida ichiriladi.5- Bemor tuzala boshlagan davrda
to'yimli, oson hazm bo'ladigan ovqatlar beriladi. Bu davrda
qondagi kaliy miqdorini
bir maromda ushlab turish maqsadida kaliy orotat yoki panangan tabletkalaridan 4-5
kun berib turish lozim. Davolash to'g'ri tashkil etilsa, 2-3 kundayoq bemor axvoli
yaxshilanadi. Unga shifoxonadan to'la sog'ayganidan so'ng ruxsat beriladi. Bu orada
antibiotik ichishni tugatganidan keyin bir kun oralatib, ikki kun ketma-ket olingan
ekmada vabo vibrionlari bo'lmasligi kerak. Profilaktikasi. Vabo o'ta xavfli infeksiyalar
guruxiga mansub bo'lgani uchun xalqaro axdnoma (konveksiya)
ga asosan xar bir
davlat o'z sarxadlarini vaboning chetdan kirib kelishidan asrash choralarini
ko'radi. Xalqoro aeroport, temir yo'l, daryo va avtoyo'l yo'llaridaga chegara
bekatlarida sanitarnya-nazorat punktlari (SNP) tashkil etilada. Unda tibbiyot
xodimlari tunu-kun navbatchilik qiladilar.
Vabo doimo qayd etiladigan
mamlakatlardan kelayotgan yo'lovchilardan shu kasallikning alomatlari bor-yo'qligi
surishtiriladi. Bemor yoki kasallikka shabxa qilinganlar topilsa, SNP qoshidagi
alohidalash xonasiga yopdozib (lozim bo'lsa tibbiy yordam ko'rsatib) turiladi, keyin
bemor maxsus sanitariya (epidpereyeozka) transporti
bilan yuqumli kasalliklar
shifoxonasidagi aloxida ajratilgan bo'limga yopqizilib, 5 kun tibbiy kuzatuvda bo'ladi.
Bu davrda bemordan 3 marta vabo vibrioniga va yetak guruxi mikroblariga najas
34
ekmasi olinadi. Shundan so'ng 5 kun tetrasiklin beriladi. Kasallik adomatlariga karab
boshqa dori-darmonlar xam qullanadi.Kasallik alomatlari bo'lmagan, lekin chet elda
safar vaqtida vabo kasalligi yuqish extimoli yuqori bo'lgan (ayniqsa, tijoratchi-
sayyox.) lar SNP da ro'yxatga olinadi va ular xaqida SENM ga telefon orqali xabar
kilinadi. Bunday fuqaro turar joyidagi poliklinika xizmatchilari tomonidan 5 kungacha
uyida tibbiy kuzatuv ostida bo'lada. SNP larda o'rnatilgan shunday nazorat vositasida
chetdan kirib kelgan vaboning mamlakat ichida tarqalishiga yo'l ko'yilmaydi.
Respublikada xar bir viloyat, tuman (shaxar) vaboning oldini olish va u qayd qilingan
taqdirda o'tkaziladigan tadbirlar majmuasini oldindan belgilab qo'yadi. U
epidemiyaga qarshi Favqulodda komissiya (EKFK) yig'ilishida muhokama qilib,
xokimiyatlar tomonidan tasdiqlanadi. Bu tadbirlarda
aholini ichimlik suv bilan
ta'minlash, turar joylarning sanitariya holatini yaxshilash masalalariga katta e'tibor
beriladi. Ularni amalga oshirish uchun maxalliy ma'muriyat mas'ul xisoblanadi.
Shuningdek, tibbiy tadbirlar, aniqlangan bemor qayerga yotqizilishi, u bilan
muloqotda bo'lganlar qaysi bo'limda tibbiy kuzatuvga olinishi oldindan belgilanadi.
Bu bo'limdarda qaysi tibbiyot xodimlari ishlashi ham aniqlangan bo'ladi. Dori-
darmon, laboratoriya anjomlari, ozuqa muxiitlari zaxirasi tayyorlab qo'yiladi. Kasallik
yoki vaboga shubxa qilinish bemor aniqlanganida, u darxol aloxidalanadi. SENM
epidemiologa
bemor bilan suxbatlashib, kasallik qaysi yo'sinda yuqqanligini
aniqlashga xarakat qiladi. Chet ellarga borib kelgani xam surishtiriladi. Bemor bilan
xonadonda va ish joyida bevosita muloqotda bo'lganlar ro'yxati tuziladi. Zarurat
bo'lsa, ular ham alohidalanadi. Boshqa hollarda 5 kun uyida tibbiy nazorat o'rnatish
mumkin. Bunda xar kuni bemorda kasallik alomatlari bor-yo'qligi aniqlab borilada.
Bir marta najasi vaboga tekshiriladi. Ularga 5 kun tetrasiklin beriladi.Biror joyda vabo
aniqlansa, darhol EKFK yig'ilishi chaqiriladi. U vabo chiqqan joyni kasallik o'chog'i deb
e'lon qiladi Ichi buzilgan bemorlarni erta aniqlab, tekshirish va davolash maqsadida
xovlima-xovli yurib, bemor 6or yuqligi surishtiriladi. Aniqlangan bemor darhol
shifoxonaga yuboriladi.Yoz oylarida ichketar kasalliga bilan
shifoxonaga yotqizilgan
barcha bemorlar bir marta vaboga ham tekshiriladi.Xozirgi vaqtda vabo kasalligi
o'chog'ida karantin e'lon qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: