122
pijama yoki kombenizon, peshonabop, uzun tibbiy xalat, konserv-ko'zoynak, maxsus
qalin doka-paxtali niqob, rezina ko'lkop va sochiq) kiyib olishi lozim.
Bemor yotgan xonada dezinfeksiyalovchi eritmalar oldindan ko'p
miqdorda
tayyorlab qo'yilishi kerak. Bemordan ajralayotgan barcha chiqindilar darxol
zararsizlantiriladi. Qilingan har bir muolaja, olingan taxlildan so'ng qo'l
dezinfeksiyalab turiladi. Ishlatilgan tibbiy ashyolar ham zararsizlantiriladi.
Bog'lam materiallari, qimmatbaho bo'lmagan anjomlar dezinfeksiyadan so'ng yoqib
yuboriladi. Barcha harakat infeksiyani chetka chiqarib
yubormaslikka qaratilgan
bo'ladi.
Oldini olish. Tounining profilaktikasi mamlakatimizda yaxshi yo'lga qo'yilgan.
Toshkent, Buxoro, Uchquduq, Nukus shaharlarida maxsus toun (o'latga) qarshi
kurashish stansiyalari va ularning bo'limlari mavjud. Bu tashkilotlarning epidemiolog,
parazitolog, bakteriolog kabi mutaxassislar har yili bir necha oylab tounning tibbiy
o'chog'i xisoblangan xududlarda yashab, mexnat qiladilar. Ular kemiruvchilar orasida
tounning tarqalishi darajasini muttasil o'rganib boradilar.
Kuzatuv natijalari haqida
sog'liqni saqlat organlari xabardor qilib turiladi. Ushbu tadbirlar majmuasi tufayli,
tounning xayvonlardan odamga yuqishining oldi olinadi.Maxsus profilaktika
maqsadida tounning tibbiy o'chog'i va uning atrofida yashaydiganlar tounga qarshi
vaksina bilan emlanadi. Ular orasida tushuntirish ishlari olib boriladi.Kasallik
aniqlangan hollarda, bemor bilan muloqotda bo'lgan barcha kishilar darhol maxsus
shifoxonaga yotqiziladi. Ular 7 kun mobaynida tibbiy kuzatuvda bo'ladilar. Shu
vaqtda shoshilinch profilektika maqsadida 7 kun davomida antibiotiklar (tetrasiklin,
streptomitsin) berilada.
Brutselloz (qora oqsoq). Brutselloz - surunkali kechishga moyil, tayanch-harakat
apparati, periferik nervlarni ko'proq jarohatlaydigan,
uzoq davom etuvchi isitma
bilan kechadigan kasallik. U uy hayvonlari orasida uchrab turadi. Sut soruvchilar,
molboqarlar, cho'ponlar, veterinarlar, qushxona xizmatchilari va teri oshlash sohasi
ishchilari uchun brutselloz kasb kasalligi xisoblanadi.
Etiologiyasi. Kasallik
qo'zg'atuvchilari
brutsellalar
deb
ataladi.
Odamda
kasallikni keltirib chiqaradigan brutsellalar 3
turga bo'linadi.
1. Brutsella melitenzis — mayda shoxli hayvon (qo'y, echki) larda kasallik
qo'zg'atuvchi brutsellalar.
2. Brutsella abortus bovis
Do'stlaringiz bilan baham: