Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Savollar
Qoqshol haqida tushuncha, etiologiyasi, qisqacha epidemiologiyasi, 
patogenezi, klinikasi, tashhisi.
Qoqsholni davolash prinstiplari, bemorlarni parvarishlash.
Kasallikni oldini olish choralari. Mahsus profilaktikada AKDS 
vakstinaning yuborish shemasi. 


119 
6 BOB.TURLI YO’LLAR BILAN YUQADIGAN INFEKSTIYALAR 
15 mavzu: TOUN (O’LAT). BRUSTELLYOZ 
 
REJA: 

O’lat kasalligining qo’zg`atuvchisi haqida ma’lumotlar.

O’latning tarqalishi sabablari va mehanizmi.

O’lat epidemiyalarining aholi o’rtasida va hayvonlar o’rtasida
tarqalishining o’zaro bog`liqligi.

O’lat kasalligida epidemiologik jarayonning namoyon bo’lishidagi 
omillarning o’ziga hosligi. 

Brustellyoz kasalligining tarqalish sabablari va epidemik jarayoni. 

Kasalliklarni klinik belgilari va tashhis usullari. 

Davolash usullari va vositalari.

Kasalliklarning o’choqdagi profilaktika chora–tadbirlari, dezinfekstiya, 
dezinsekstiya va deratizastiya. 

O’zbekiston Respublikasi hududida o’lat va brustellyoz kasalligini 
oldini olish to’g`risida amaldagi buyruqlar. 
Hayvonlarda uchraydigan va turli mo'ylar bilan yuqib, odam ham 
kasallanadigan xastaliklar 
zoonoz kasalliklar 
deb ataladi.Ularga brutselloz, toun, 
kuturish, kuydirgi va botqa kasalliklar kiradi. 
O'lat (toun, chuma
). 
Toun o'ta havfli yuqumli kasalliklardan hisoblanib, kuchli 
iktoksikatsiya, limfa tugunlari, o'pka va boshqa a'zolarning jarohatlanishi bilan 
shiddatli kechadi.Toun odamzodga qadim zamonlardan ma'lum. Ilgari vaqti-vaqti 
bilan toun epidemiyalari uchrab turgan. Epidemiyalar davrida guzar, qishloqlar 
aholisi yoppasiga qirilib ketgan. Odamlar vahimada uy-joylarini tark etib, yangi 
joylarga ko'chib ketishgan. Shu tariqa toun epidemiyasi o'lkama-o'lka tarqalib 
ketgan. 
Toundan 
nobud 
bo'lganlar 
soni 
millionlab 
bo'lgan. 
Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi toun mikroblari -iyersiniya pestis. Ularning 
uzunligi 1-1.5 mikron, eni 0.5 mikron bo'lib, tuxumga o'xshash tuzilishga ega. Mikrob 
tanasi nozik parda — kapsula bilan o'ralgan. Bo'yalganda mikrob qutblari tuk rangli 
bo'lib bo'yaladi. 
Toun mikroblari oddiy ozuqa muhitlarida ham o'saveradi. 
25-30°S harorati va rN 6.9-7.2 bo'lgan muhit qulay hisoblanadi. 
Tashqi muhitda toun mikroblari turg'un. Past haroratda oylab saqlanadi. 25-
30°S da hatto ko'payishi mumkin. Mikrob bilan ifloslangan kiyim-kechak va 
ashyolarda, bemor balg'ami yoki undan ajralgan yiringda bir necha oy saqlanib 
turadi. Lizol, karbol kislotasi, formalin, xloramin kabi dezinfeksiyalovchi moddalar 
ta'sirida tez nobud bo'ladi. 80°S gacha qizdirilganda 5 daqiqadan so'ng, 100°S da bir 
necha soniyada o'ladi. 
Epidemiologiyasi. Toun tibbiy o'chog'li infeksiyalardan hisoblanadi. Kasallik 
qo'zg'atuvchilarining tabiatda saqlanib kelishi - ma'lum sharoitda yashaydigan 


120 
kemiruvchilar orasida doimo uchrab turishi bilan bog'liq. Sichqon, qalamush, 
yumronqozilar orasida vaqti-vaqti bilan toun epizootiyasi uchrab turada. Bu vaqtda 
juda ko'plab kemiruvchilar qirilib ketadi. O'zbekiston sharoitida Buxoro, Navoiy 
viloyatlari va Qoraqalpog'istonning katta qismini egallagan Qizilqum cho'llari 
tounning tabiiy o'chogi hisoblanadi.Kasallikniig bir hayvondan boshqasiga o'tishida 
va hayvonlardan odamga yuqishida burgalar katta rol o'ynaydi.Uy hayvonlaridan 
tuya toun bilan kasallanishi mumkin.Odamga kasallik turli ko'llar bilan yuqadi. Kasal 
hayvondan va bemorni parvarish: qilganda teri orqali yuqadi. Toun mikrobi tutgan 
burga chaqqanida ham kasallik teri orqali yuqadi. Tounning O'pka tura bilan og'rigan 
bemor atrofdagilar uchun g'oyat xavfli hisoblanadi. Uning balg'ami bilan millionlab 
toun mikroblari ajralib, atrofga tarqaladi. Bunda mikrob sog'lom odam tanasiga 
nafas yo'llari orqali yuqadi. Taun bilan kasallangan tuyani so'yganda, yoki go'shtini 
istemol qilganda mikrob teri yoki og'iz orqali odam organizmiga tushadi. 
Klinikasi. Toun kasalligida yashirin davr 6 kungacha bo'ladi, ko'pincha — 2-3 
kun. Xastalik to'satdan, shiddat bilan boshlanadi. Qaltirash bilan isitma ko'tarilib, 
qisqa soatlarda tana harorati 40-41°S gacha yetadi. Kuchli intoksikatsiya alomatlari 
bo'ladi. Bemor jonsarak, halovati yo'qoladi, betinch bo'ladi, vahima bosadi. Alahlash 
hollari ham kuzataladi. Kasallikning yuqish yo'llariga qarab, turli shakllari 
rivojlanadi.Eng ko'p uchraydigan teri bubonli hamda bubonli turlaridir. Ular infeksiya 
teri orqali yuqqanida yoki zararlangan burga chaqishi natijasida kelib chiqadi. Teri-
bubonli turida infeksiya kirgan joyda teri bo'rtadi, ichida gemorragik suyuqlik tutgan 
pustula paydo bo'ladi. Uning atrofidagi teri qizaradi, qattiq og'riydi. Pustula 
keyinchalik so'rilib ketishi mumkin. Ko'p hollarda esa, jarohatlangan joydagi to'qima 
nekrozga uchraydi.Regionar limfa bezlari kattalashib, og'riq beradi. Ular bubon deb 
ataladi. Bubon ko'pincha chov bezlarida uchraydi. Uning kattaligi tuxumdan, ba'zan 
undan xam katta (mushtumdek) bo'ladi. Paypaslab ko'rilganda qattiq, qimirlamaydi, 
og'riydi. Bubon uzoq vaqtgacha so'rilmaydi, u ko'pincha yumshab, yiring bilan 
to'ladi va teri teshilib, yiring oqib ketadi. Yring tarkibida toun mikroblari juda ko'p 
bo'ladi.Tounning bubonli turida infeksiya kirgan joy terisida o'zgarishlar 
bo'lmaydi.Kasallik shu bosqichda to'xtab, asta-sekin tuzalish ro'y berish mumkin. 
Boshqa xollarda esa xastalik avj olib, ikkilamchi o'pka turi yoki ikkilamchi sepsis 
rivojlanadi.Kasallik nafas yo'llari orqali yuqqanida tounning birlamchi o'pka turi 
rivojlanadi.
 
O'pka turi touning og'ir kechadigan xollaridan xisoblanadi. Unda o'pkada 
gemorragik pnevmoniya rivojlanadi. Isitma o'zoq vaqt yuqori bo'lib qoladi. Qusish, 
qattiq bosh og'rishi va mushaklarda og'riq kuzatiladi. Ko'krakda xam kuchli og'riq 
paydo bo'ladi. Nafas qisadi. Yo'tal qattiq bezovta qiladi. Balg'am qon aralash bo'ladi, 
ba'zan juda ko'p ajraladi. Og'ir xollarda bemor qon tupuradi. Yurak-tomirlar faoliyati 
keskin izdan chiqadi. Bemor ko'p alaxlaydi, og'ir axvolda bo'lsa xam, turib qochib 
ketmoqchi bo'ladi. O'lim xollari ko'p uchraydi. Tounning o'pka turi epidemiologik 
jixatdan juda xavfli. Balg'am bilan ajralayotgan milionlab toun mikroblari 
atrofdagilarga nafas yo'llari orqali osongina yuqishi mumkin.Birlamchi yoki ikkilamchi 
sepsis tounning eng og'ir turi hisoblanadi. Unda mikrob qon orqali hamma a'zolarga 
tarqaladi.Intoksikatsiya haddan tashqari kuchli bo'ladi. Bemor doimo alahlaydi. 


121 
Nafas qisishi kuchli bo'ladi. Terida turli gemorragik toshmalar paydo bo'lada, teri 
ko'karib ketadi. Odatda kasallikning bu turi 2-3 kunda o'lim bilan tugaydi.Infeksiya 
og'iz orqali tushganda 
tounning ichak turi 
rivojlanadi. U kuchli intoksikatsiya, qorinda 
qattiq og'riq paydo bo'lishi bilan kechadi. Ishtaha yo'qoladi. Bemor to'xtovsiz qusadi. 
Kusuq massasi dastlabki qon aralash bo'lsa, keyinchalik faqat qon qusadi. Ichidan 
ham qon ketadi. U ham ko'pincha o'lim bilan tugaydi. 
Tounning barcha turlarida ham til yaxlit, "bo'rsimon" oq karash bilan qoplanishi 
o'ziga xos hisoblanadi. 
Tashxisi. Laboratoriya diagaostikasi maqsadida, kasallik turiga qarab, yaradan, 
yiringdan yoki balg'am, qusuq massasi, najasdan taxlil olib, sterillangan idishda 
muxsus laboratoriyaga biksga solib, jo'natiladi. Tekshirish uchun tahlil olayotgan 
odam kasallik yuqishidan extiyot bo'lishi kerak. Tahlil olayotganda albatta maxsus 
jomakor va rezina qo'lqop kiyiladi. 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish