Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

 
oygacha) yoki surunka shaklda (3
 
oydan ortiq) kechishi mumkin.Tashxisi. Diagnozni 
uzil-kesil hal etilishi bakteriologak va serologik tekshirishlar natijasiga 
asoslanadi.Bakteriologik tekshirish uchun bemor najasi, kusig'i, qoni, miya suyuqligi, 
kesib olingan timfatik yoki chuvalchangsimon o'sma bo'lakchalari tegishli ozuqa 
muhitiga ekiladi. Bunda natija 30-40 kundan so'ng olinadi. Serologik usullardan 
gemaglyutinatsiya va bilvosita gemaglyutinatsiya reaksiyalaridan foydalaniladi. Bu 
reaksiyalar "juft zardob" (ya'ni kasallik boshlanishida va uchinchi haftasida olingan 
qon zardobini tekshirish) usulida qo'llanadi. Barvaqt diagkostika maqsadida O-
agregatgemagglutinatsiya reaksiyasi va immunoferment analiz usulidan foydalanishi 
mumkin. Davolash. Ichak iyersiniozini davolashda levomitsetin (0.5 g. 1 kun da 4 
mahal), tetrasiklin (0.3 g

1 kunda 4 mahal) va boshqa preparatlar beriladi. 
Shuningdek. 
aminoglikozidlar 
(kanamitsin, 
gentamitsin, 
neomitsin), 


132 
sulfanidamidlardan ko'proq biseptol qo'llanadi. Etiotrop davolash kasalligi 
lokalizatsiyalashgan turlarida 7-14 kun, generalizatsiyalashgan turlarida 14 kundan 
ortiq davom etadi.
Etiotrop davolash bilan bir qatorda patogenetik davolash, jumladan 
dezintoksikatsiyalovchi 
desensibilizatsiyalovchi 
va 
shuningdek, 
umumiy 
quvvatlantiruvchi dorilarni ham ko'llash yahshi samara beradi.Kasallikning ayrim 
turlarida jarrohlik operatsiyasi o'tkazishga ham to'g'ri keladi. 
Profilaktikasi. Iyesriniozga qarshi maxsus spetsifik profilaktika choralari xali 
ishlab chiqilmagan. Kasallik tarqalishini oldini odishda, sheningdek, ovqatlanish va 
suv ta'minoti ustidan olib boriladigan sanitariya nazoratini axamiyati kattadir. 
Xonadon sharoitida muzlatgichda sabzavotlarni tayyor oziq-ovqatlardan aloxida 
asrash lozim. 
Gijja kasalliklari (GK) — yer yuzida, odamlar va xayvonlar orasida eng keng 
tarqalgan kasalliklardandir. Enterobioz, askaridoz, gamenolipidoz, shuningdek, 
teniidozlar va keng tasmalilar mo'tadil iqlimli o'lkalarda ham keng 
tarqalgandir.Odamlar va hanvonlar organizmida parazit bo'lib yashovchi gijja turlari 
juda ko'p bo'ladi, hozirda odamlarda 250 dan ortiq turi aniqlangan. O'zbekistonda 
aniqlanadigan gijjalar asosiy pakana gijja va mayda gijjalar, shuningdek, tenindlar, 
askaridalar, qilboshlar, qisman exinokokklar (1 yilda 500 tagacha odamda) va boshqa 
gelmintozlardan iboratdir. Ayrim jamoalarda bolalarning 30-50% enterobioz bilan, 
epidemik hududlarida aholining 20-30 % askaridoz va trihotsefalez bilan zararlangan. 
Akademik K,I.Skryabinning tasnifi bo'yicha gajjalar 3 guruhga bo'linadilar: 
1

Nematodlar - yumalok shaklidagi cho'zinchoq gijjalar 
2. Sestodlar — tasma shaklidagi uzinchoq gijjalar. 
3. Trematodlar - so'ruvchi gijjalar. Gijjalarning biologik xususiyatlari va 
invaziyaning tarqatishiga qarab gelmintoz, biogelmintoz va kontaktli (kontagionli) 
gelmintozli ajratiladi.Biogelmintozlar - kasallik qo'zg'atuvchi parazitning rivojlanish 
jarayonini bir qismi odam organizmida o'tib, ikkinchi kismi esa bir yoki bir necha 


133 
oraliq xo'jayin a'zosida o'tgandan so'ng odamga yuquvchi GK laridir.Bu guruhga 
barcha trematodozlar, sestozlar va ayrim nematodozlar: teniarinxoz, tenioz, 
exinokokkoz, difillobotrioz, drakunkulyoz, shistosomoz, opistorxoz va boshqalar 
kiradi. 
Geogedmintozlar - kasallik qo'zg'atuvchi parazitning rivojlanish jarayonini bir 
qismi odam organizmida, ikkinchi qismi tuproqda o'tkanidan so'ng yuqadigan 
kasallikdir. 
Geogelmintozlarga 
askaridoz, 
trixotsefalez, 
ankilostomidozlar, 
strongiloidoz va boshqalar kiradi.Kontaktli gelmintozlar - parazitlarni rivojlanishi 
jarayonida xo'jayin azosidan yetilgan yoki deyarli yetilgan holatda ajralib chiqib 
boshqa odamga bevosita yuqishi oqibatida rivojlanadigan GK lari. Bu holat faqat 
gimenolepidoz va enterobiozda kuzatiladi.Biologik xo'jayini bo'lmish odamsiz 
tabiatda hayotiy jarayoni o'tmaydigan gijjalar tomonidan chaqiriladigan kasalliklar 
antroponoz gelmintozlar deb ataladi. Askaridoz, enterobioz, gimenolepidoz, 
trixotsefalez, shistosomozlar, teniidozlar, ankilostomidoz. Har — antroponozlar 
xisoblanadi.Qo'vg'atuvchisi odam organizmida xam xayvonlar a'zosada ham 
parazitlik qiluvchi, biroq; epidemiologak bosqichida odam ishtiroki shart bo'lmagan 
gelmintozlar zoonozlar deb yuritiladi. Bular qatoriga — trixinellyoz, difyallobotrioz, 
exinokokkoz, drakunkulyoz, opistorkoz va boshqalar kiradi.Odam organizmiga gijja 
tuxumi va lichinkalari qaysi yo'l bilan kirishiga qarab: perora. (og'iz orqali kiradigan) 
gijjalar va perkutan (teri orqali kiradigan) gajjalar farqlanadilar. Kamdan-kam holatda 
gijjalarning 
organizmga 
tushishi 
boshqa 
yo'llar 
bilan 
sodir 
bo'ladi. 
Odam organizmida gijjalar turli a'zolarda — asosan ingichka va yo'g'on ichak 
bo'shlig'ida, vena, limfatak tomirlarda, jigarda, o't pufagida, oshqozon osti bezida, 
teri osti yoz qabatida, seroz bo'shliqlar va boshqalarda istiqomat qiladi va ko'payadi. 
Ayrim gijjalar bir necha a'zo va to'qimalarda parazitlik qiladilar.Odatda tasmali 
gijjalar bitta yoki bir necha (o'nlab) parazit xolida yashaydi. So'rg'ichli yoki yumaloq 
gijjalar esa juda ko'p (bir necha minggacha) miqdorda parazitlik qilishi 
mumkin.Shuningdek, bir odamda bir vaqtning o'zida bir necha hil (2-8 gacha) gijja 
turi parazitlik qilishi mumkin.Har qaysi gijja turi o'ziga xos klinik simptomlar bersada, 
ularning asosida parazitlarning odam organizmiga ko'rsatadigan hilma-xil (allergik, 
intoksikatsion, metanik, parazitlik, immunologik va boshqa) ta'sirlari yotadi.Allergik 
belgilar ko'proq askaridoz, ankilostomidoz va exinokokkoz singari kasalliklarda 
kuzatiladi. Bu gajjalarning mahsulotlarn organizmga allergik sifatidagina ta'sir 
etmasdan, balki intoksikatsion (zaharli) ta'sir ham ko'rsatadi.Gijjalarning organizmga 
ko'rsatadigan mexanik ta'siri oqibatida jarohatlangan a'zoning faoliyati buzilishi, shu 
joydan qon ketishi hamda ikkilamchi infeksiyalarga yo'l ochilishi mumkin. Bundan 
tashqari gajjalar nerv retseptorlarini tarqalishi oqibatida boshqa a'zo va tizimlarning 
ham faoliyati buziladi, ko'plab sekretor va fermentativ o'zgarishlar ham yuzaga 
keladi. Ayrim kasallik gijjalar tez ko'payib, a'zoda ko'p miqdorda parazitlik qilish, 
tasmasimon gajjalar esa ichakda tez o'sishi (bir kunda 7-10 sm gacha) hisobiga odam 
organizmida oziq-ovqat yetishmasligi, kamqonlik va avitaminoz rivojlanishiga, 
bolalarning nimjon va kasalmand bo'lib o'sishiga olib keladi.Gijjalar o'zlarining 
immunosupressorlik tasiri bilan boshqa yuqumli kasalliklarning og'ir kechishiga, 


134 
ichak infeksiyalarida bakteriya tashuvchilik ortishiga, hamda xavfli o'sma kasalliklari 
ko'payishiga sababchi bo'ladilar.Gijja kasalliklarini klinik kechishida: o'tkir, latent va 
surunkali bosqichlarni kuzatish mumkin.Parazitlarning asosan qaysi azoda istiqomat 
qilishiga qarab: 1. ichak gelmintozlari. 2. Ichakdan tashqaridagi gelmintozlar 
farqlanishi mumkin.Ichak gelmintozlari guruhiga nematodlardan: enterobioz, 
askaridoz, trixotsefalez, ankilostomidoz, trixetellyoz, sestodozlardan: teniarinxoz, 
tenioz, gomenolepidoz va difillobotriozlar kiradi.Enterobioz - odamlar orasida eng 
keng tarqalgan, ichakning zararlanishi va orqa ichak (anus) atrofida qichish bilan 
kechadigan surunkali kasallikdir. 
Enterobiozni mayda gijja (ostritsa) lar — Enterobius vermicularis qo'zg'atadi. 
Ostritsalar bilan 30 % (bolalar uyushgan jamoalarida 90 %) gacha odam zararlangan 
bo'lib, u yer kurrasining barcha qit'alarida uchraydi. 
Etiologiyasi. Ostritsalar — oq rangli mayda dumaloq gijjalardir. Urg'ochisi 
yirikroq (uzunligi 9-12 mm), dum qismi begazsimok cho'zilgan bo'ladi. Erkagi esa 
ancha mayda (2-5
 
mm) bo'lib, uning dum qismi buralgan.Ostritsalar asosan odam 
ingichka ichagining quyi va yo'g'on ichagining yuqori qismlarida istiqomat qiladi. 
Uning invaziya darajasi juda yuqori. Ichakka yetilgan va ichki tuhumlar bilan liq 
to'lgan (5000-15000) urg'ochi parazitlar ichakdan ko'pincha o'zlari faol ravishda, 
shuningdek, axlat bilan anus atrofi teri burmalari dumba, son terilari xamda jinsiy 
a'zolarda tuxum qo'yadi va o'zlari halok bo'ladi. Gijjalarning ichakdan chiqishi va 
tuxum qo'yishi asosan tunda sodir bo'ladi. Oradan 4-6 soat o'tgach tuxumdan 
invazion hususiyatga ega bo'lgan yetuk lichinkalar hosil bo'ladi. Lichinkalarning 
yaxshi rivojlanishi uchun 36°S harorati, 90-100 % namlik talab etiladi. Odam ichagida 
ostritsalar 3-4 haftadan 3
 
oygacha yashaydi.
Epidemiologiyasi. Enterobiozning birdan-bir manbai — bemor odam. Yuqish 
yo'li — najas-og'iz. Gijjalar ichakdan chiqib, tuxum qo'yishi chog'ida orasiga yetuk 
tuxumlar o'rnashib qolishi tufayli avvalo o'ziga qayta yuqishi, shuningdek, atrofdagi 
ashyolar vositasida boshqa sog'lom odamlarga yuqtirishi mumkin bo'ladi. Chunonchi 
gijja tuxumi,
 
nafaqat bemoriing ifloslangan terisi, qo'l, barmoqlari va tirnoqlari 
ostida, balki ichki kiymlari va o'rin-kurpalarida, shuningdek, uyjixozlari, tuvaklari, 
o'yinchoqlar, gilamlar va sh.k. larda ham saqlanadi. Ularning tarqalishida 
pashshalarning ham roli kattadir. Kasallik 7-10 yoshli bolalarda, ayniqsa haftalik (yoki 
doimiy) bog'cha va maktab-internat bolalari orasida keng tarqaladi. Kasallikning 
keng tarqalishiga gijja tuxumlarining faqat qo'l orqali og'izga tushishi emas, balki 
ularning uy jixozlari (ayniqsa o'rin-ko'rpa, yostiqlar, paloslar, kigiz va gilamlar) 
vositasida keng tarqalishi (o'yinchoqlarda 90% gacha) va ularda ma'lum bir vaqt 
yashashi (3-12 kungacha) sababli havo-chang yo'li bilan ham tarqalishi sabab 
bo'ladi.Ostritsalarning umri qisqa bo'lishiga qaramasdan kasallik davomida bemor 
o'ziga qayta-qayta yuqtirishi (reinvaziya) mumkinligi tufayli enterobioz yillab davom 
etishi mumkin. Odamlarda parazitlik qiluvchi ko'plab gijja kasalliklari orasida faqat 
ikki turi enterobioz va gimenolepidoz — kontaki yo'li bilan (bevosita bemor 
odamdan- sog'lom odamga) yuqishi mumkin. 


135 
Klinikasi. Ko'pchilik bemorlarda anterobioa asosan kechqurun yoki tunda anus 
atrofining qichishi bilan namoyon bo'ladi. Qichishish 1-5 kun davom etib yo'qoladi, 
2-3
 
haftadan keyin esa yana takrorlanadi.Invaziya ko'p bo'lgan taqdirda, qichishish 
doimiy va kuchli bo'lib, faqat tunda emas, kunduz kunlari ham bezovta qiladi. 
Qichishish faqat anus atrofidagina bo'lmasdan chov soha (yaromejnost'), son va 
qorin terisi hamda, jinsiy a'zolarda ham kuzatiladi. Qichigan joylarni qashish tufayli 
ikkilamchi infeksiya rivojlanib piodermiya, sfinkterit va paraproktit alomatlari, 
qizlarning jinsiy a'zolariga o'rmalab kirishi va chiqishi oqibatida - vulvovaginit yuzaga 
keladi. Bularning barchasi bemorning umumiy ahvoliga salbiy ta'sir etadi. Uyqusi 
buziladi, ular tajang, serzarda bo'lib qoladilar, ish qobiliyati pasayadi. Bolalar esa 
injiq, jaxildor bo'lib ozib ketadilar, ba'zilarida bosh og'riga, bosh aylanishi, xotiraning 
pasayishi, hamda tirishil tutqanoq, xushdan ketish, tunda siyib qo'yish kabi alomatlar 
kuzatiladi. Ayrim bemorlarda ishtahaning pasayishi, ich buzilishi ichining suyuq, tez-
tez va shilliq, ba'zan qon ham aralash kelishi, vaqti-vaqti bilan qorni g'ijimlab og'rishi 
va kuchaniq, meteorizm, og'ir kechganda ko'ngil aynash, qusish kabi belgilar 
namoyon bo'ladi. Appenditsit, jinsiy azolarda ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishi 
enterobiozda kuzatilgan asosiy asoratlar hisoblanadi. Ostritsalar ingichka ichakni 
teshib, qorin boshlig'iga tushishi va peritonit rivojlanishi hollari ham kuzatiladi. 
Periferik qonda ba'zan kasallikning boshlangach davrida eozinofiliya kuzatiladi. 
Enterobioz bolalarda ko'pchilik ichak infeksiyalariga moyillini ortirishi va ularning 
kechishiga ta'sir etishi ham aniqlangan. 
Tashhisi. Enterobiozni aniqash - kasallikka xos klinik belgilar mavjudligi, ba'zan 
bemor axlati bilan ostritsalar ajralib, chiqish va asosan anus atrofi burmalaridan 
olingan surtmadan gijja tuxumi topilishiga asoslanadi. Surtmani tong chog'ida, ich 
kelishidan oldin, yog'och shpatel, paxtali tampon yoki yopishqoq polietilen lenta 
yordamida olinadi va so'ngra mikroskop ostida ko'riladi. Surtmani bir marta olish 
ko'pincha natija bermasligi mumkin. Shuning uchun uni 3-5 kun oralab uch marta 
olish maqsadga muvofiqdir. 
Davolash. Enterobiozni davolashda, hozirda ko'proq pirviniy pamoat (vankin, 
pokvil va sh.k.), piperazin tuzlari, kombantrin, mebendazol (vermoks) keng 
ko'llanmoqda.Vankin — zaharli ta'siri kuchsiz preparat, bir marta berilgandayoq 85-
100 % bemorlarda ijobiy natija beradi. Uni ertalab nonushtadan so'ng 5 mg/kg 
hisobidan bir marta beriladi.Piperazin tuzlari - piperazin sulfat, piperazin adipimat, 
piperazin sitrat, piperazin fosfat — bir hil sxemada beriladi. Piperazin bir sutkada, bir 
yoshgacha bolalarga — 0.4 g, 2-3 yoshli bodalarga — 0.6 g 4-6 yoshda — 1 g, 7-9 
yoshda — 1.5 g, 10-14 yoshdagilarga - 2 g va 15 yoshdan kattalarga — 3 g miqdorida 
(kuklik dozani 2-3
 
bo'lib) ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin beriladi. Davolash kursi 5 
kun bo'lib, 7-10 kuk oralatib 2-3 marta takrorlash mumkin. Surgi dorilar faqat 
qabziyat bo'lgandagina beriladi.Anus atrofida qichish kuchli bo'lgan taqdirda, 
davolash kurslari oralig'ida, tunga sodali klizma (1 stakan suvga 1/2 choy qoshiq soda 
ko'shib) qilinadi.Kombantrin (pirantel) — enterobkoznya dazolashda 9 yoshdan katta 
bolalar va kattalarga 100 mg, kichik bolalarga tana og'irligining 1 kg ga 2.5-3.- mg 
xisobidan bir marta berish kifoya qiladi. 


136 
Profilaktikasi. Enterobiozni davolash samarasi bo'lmog'i uchun uni albatta 
shaxsiy profilaktik choralar bilan birga olib borilishi kerak. Bu choralar — bemor o'zi-
o'ziga ostritsalarni qayta yuqtirmasligi va atrofidagi turli buyumlarga gijja tuxumi 
tushmasligiga qaratilgan bo'lmog'i kerak. Buning uchun bemor kundalik shaxsiy 
gigiyena amallaridan (tirnoqlarini kalta qilib olish, qo'l va tirnoqlarini doimo toza 
tug'ish va ularni og'izga solmasligi va shulardan) tashqari ertalab va kechqurun 
sovunlab mustaxab qilish (ostini yuvish), ich ko'ylak va ishtonini, o'rin, choyshabini 
har kuni almashtirish zarur. Tunda kiyib yotadigan ishtonining yuqori va pastki 
qismlari bo'g'ib boylangan bo'lishi kerak. Yechilgan ishton-ko'ylagi va choyshabi 
yaxshilab kaynatilib, dazmollash lozim. Bemorning tuvaklarini qaynoq suv bilan 
yuvish tavsiya etiladi. Bemor xonasini lizol va karbol kislota eritmalari bilan tozalab 
turish lozim. Bolalar jamoalarida kimyoviy profilaktika utkazish ham yaxshi natija 
beradi.Kimyoviy profilaktika 4 siklda o'tkaziladi: bir marta kombantrin (10 mg/kg 
dozada) va uch marta, 12-14 kun oralatib, ikki kundan piperazin adipinat beriladi. 
Umumiy kurs 6-7 xafta davom etadi. 
Askaridoz askaridalar tomonadan qo'zg'atuluvchi, boshlang'ich bosqichida 
allergik, so'ngga bosqichida ko'proq ichak sindromi bilan kechuvchi surunkali 
kasallik.Boshqa o'lkalarga nisbatan O'zbekistonda bu kasallik kam kuzatiladi. Tog'li 
xududlarda askaridoz o'choqlari ko'proq uchraydi. 
Etiologiyasi. Qo'zg'atuvchisi 
- askaridalar (Ascaris lumbricoides) yirik 
nematodlar bo'lib, erkagining uzunliga 15-25 sm, urg'ochisining uzunligi esa 24-44 
sm ga yetadi).Yetilgan askaridalar odamning ingichka ichagida (bittadan bir necha ta 
donagacha) parazitlik qilada. Ularning umri bir yil bo'lishiga qaramasdan, qayta 
yuqishm tufayli ichakda ko'p yillab saqlanadi.Har bir urg'ochi askarida bir kunda 
200000 ga yaqin (ham urug'langan ham urug'lanmagan) tuxum qo'yadi. Najas bilan 
ajralgan gijja tuhumining keyingi, invazion bosqichigacha bo'lgan rivoji tashqi 
muhitda (asosan to'proqda) kechadi.Gijja tuxumlari ingichka ichakka tushganida 
ulardan lichinkalar rivojlanib, vena oqimi orqali o'ng yurak bo'limi va o'pkaning 
qiltomirlariga yetib boradi va faol harakat qilib, qiltomir devorini teshib o'tgach, 
alveolalar va so'ngra bronxiolalarga, keyinchalik traxeya orqali tomoq va og'izga 
tushadi. U yerdan so'lak bilan yutilib, ingachka ichakka qayta tushadi va rivojlanib, 
yetilgan askaridalarga aylanada. Lichinkalarning mitratsiyasi 2-3
 
xafta davom etadi. 
Umuman olganda odamga yuqqanidan boshlab, to askaridalar yetilib tuxum ajrata 
boshlaguncha — 2.5-3 oy vaqt o'tadi. 
Epidemiologiyasi. Gijja tuxumining invazion lichinka darajasigacha rivojlanishi 
asosan tuproqda, mo'tadil harorat (13
0
30°S daraja), namlik va kislorod mavjudligida 
12-14 kun davom etadi. Askarida tuhumlari bemalol qishlay oladi — 30°S daraja 
sovuqda ham nobud bo'lmaydi.Askaridozning birdan bir manbai odam xisoblanadi. 
Ayniqsa maktabgacha va maktab yoshida bo'lgan bolalarning epidemiologik 
ahamiyati katta. Yuqish asosan og'iz-najas yo'li bilan sodir bo'ladi. Ko'pincha odam 
axlatini go'ng sifatida ishlatib yetkazilgan sabzavot, ko'katlarni va ayniqsa qulupnayni 
istemol qilish oqibatida yuqadi. Ko'proq bolalar va sabzavot yetishtiruvchi dehqonlar 
kasallanadi.
 


137 
Klinikasi. Kasallikning migratsion bosqichi 5-7 kun davom etib ba'zan belgilarsiz 
o'tadi. Kasallik yuqqanidan 2-3 kun keyin bemorda quvvatsizlik, ba'zan isitma, terida 
urtikar toshma, yoki eshakemi ko'riladi. qo'l va oyoq barmoqlarida mayda 
pufakchalar toshadi. Limfatik tugunlar, jigar va taloq kattalashadi. Bu bosqichda 
asosan o'pka sivdromi xos: bemor quruq yoki balg'amli yo'taladi, hansirab nafas 
oladi, kukragida og'riq sezadi, ba'zan bo'g'ilib, ko'karadi,
qon tupuradi. Eshitib 
ko'rilganda bronxopnevmoniyaga xos belgilar ko'rinadi. Bu o'zgarishlar qonda 
eozinofillarning ko'payishi (30-40% gacha) va ECHT ning ortishi bilan 
kuzatiladi.Kasallikning keyingi (ichak) boskichi ko'pincha oshqozon-ichak va nerv 
sistemalari faoliyatining buzilishi alomatlari bilan namoyon bo'ladi. Bemorning 
ishtaxasi buziladi, tez-tez kungli ayniydi, so'lak ajralishi kupayadi, qorni og'riydi, 
uyqusi buzilib ish qobiliyati pasayadi. Injiq va tajang bo'lib koladi. Ichining kelishi 
ba'zan suyuq, ba'zan esa qabziyat bo'ladi. Kamdan-kam xollarda tutqanoq xurujlari 
va xatto meningial alomatlari kuzatiladi. Qonda biroz eozinofiliya, ba'zan gipoxrom 
anemiya va trombotsitopeniya bo'ladi. 
Asoratlari. Pariantlar ichakda ilgari o'tkazilgan operatsiya choklarini yirtishi va 
oqibatda peritonit rivojiga sabab bo'lishi mumkin. Urmalab kirishi oqibatida o'tkir 
appenditsit, obturatsion (safro dimlanib qoladagan) sariq kasalligi, yiringli xoleststit, 
jigar abssessi va og'ir pankreatit rivojlanishi mumkin. Ichak tutilishi, ayrim hollarda 
bolalar uyqusi vaqtida, askaridalarni o'rmalab oshqozon, qizilo'ngach, tomoq orqali 
traxeyaga o'tib, bo'g'ilib kolishi oqibatida o'lim xollari xam kuzatiladi. 
Tashxisi. Askaridozni migratsion davrida aniqash ancha mushkul. Epidemiologik 
anamnezi mos kelgan taqdirda, yuqori eozinofiliya hamda o'pka jarohatlanishi 
alomatlari bo'lgan har bir bemor askaridozga shubha qilinmog'i kerak. Ayrim 
bemorlarning balg'amida askarida lichinkalarini topish mumkin.Askaridozning ichak 
bosqichida bemor ahlatida gijja tuxumini topilishi eng oson va eng samarali usul 
xisoblanadi. Ichakni rentgek orqali ko'rish usuli xam ba'zan qul kelishi mumkin. 
Davolash. Askaridozni lichinkali (migratsion) borqichida -mintezol (tiabendazol) 
har kuni 50 mg/kg dan 5-7 kun davomida, kunlik doza 2-3 bo'lib ichiriladi. Vermoks 
(mebendazol) — bir kunda 2 madal 100 mg dan 3-4 kun berilada. Bu dorilarni berish 
bilan birga, albatta antigistamin dorilar (suprastin, tavegil, dimedrol va boshqalar) 
berilishi kerak.Askaridozning keyingi (ichak) bosqichida ko'proq levomizol (dekaris), 
kombantrin, vermoks qo'llanadi. Ular juda samarali bo'lishi bilan birga qo'llanishi 
oson, nohush ta'siri kam dorilardir. 
Levomizol 
— 
kattalarga 150 mg dan bir marta, kechki ovqatdan keyin beriladi. 
Dekaris bolalarga 2.5 mg/kg hisobidan beriladi. Homilador ayollarga berish mumkin 
emas.

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish