Ishning bajarilishi: 4 ta probirka olib, ularga 1 ml dan tuxum oqsili eritmasidan solinadi va tomchilatib og`ir metall tuzlarining eritmasidan solinadi: 1-probirkaga qo’rg`oshin atsetat, 2-probirkaga mis sulfat, 3-probirkaga temir xlorid, to’rtinchi probirkaga kumush nitrat eritmalaridan cho’kma tushguncha solinadi. Keyin har bir probirkaga kerakli tuz eritmalaridan qo’shimcha solinadi, natijada uchchala probirkadagi cho’kmalar erib ketadi. To’rtinchi probirkadagi kumush nitrat solingan cho’kma erimaydi.
5 – laboratoriya mashg`uloti
Mavzu: Oqsillarni dializ qilish va izoelektrik nuqtasini aniqlash
Dializ
Dializ yordamida oqsilning makromolekulyar eritmasi quyi molekulali birikmalardan (tuzlardan, qandlardan) tozalanadi. Shu sababli dializ oqsillarnii tozalash bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Reaktivlar: a) osh tuzi qo’shilgan tuxum oqsili eritmasi, b) 0,5% li kumush nitrat, v) 10% li nitrat kislota, g) 10% li o’yuvchi natriy, d) 1% li mis sulfat.
Do'stlaringiz bilan baham: |