Ishning bajarilishi: Sellofan yoki kollodiydan yasalgan haltachaga yarim qilib, natriy xlorli tuxum oqsili eritmasidan solinadi. Haltachani shisha tayoqchaga osib, distillangan suvli stakanga solinadi. Dializ, hona temperaturasi sharoitida olib boriladi. Oradan 40-60 minut o’tgach, stakandagi suvdan 2 ml dan olib, 2 ta probirkaga solinadi.
Birinchi probirkada xlor ionlarini tekshirish uchun reaksiya qilib ko’riladi. Buning uchun suvga bir necha tomchi 10% li nitrat kislotadan qo’shiladi va uning ustiga 2-3 tomchi kumush nitrat eritmasidan solinadi. Natijada kumush xloridning oq cho’kmasi hosil bo’ladi.
Ikkinchi probirkada biuret reaksiyasi qilib ko’riladi. Agar dializ to’g`ri olib borilgan bo’lsa, biuret reaksiyasi chiqmasligi kerak.
Har 16-20 daqiqada suvni almashtirish bilan dializni tezlashtirish mumkin. Dializ xlor ionlarini tekshirish uchun qilinadigan reaksiya chiqmaguncha olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |