Nitrat kislota bilan boradigan reaksiya.
Kuchli oksidlovchilar, masalan konsentrlangan nitrat kislotasi bilan reaksiyaga kirishib, tokoferol tokoferilxinonga aylanadi. Bunda qizil yoki sarg`ish-qizil rangli birikma hosil bo’ladi.
Reaktivlar: a) E vitaminining yog`li konsentratini 0,15% li etil yoki butil spirtidagi eritmasi, b) konsentrlangan nitrat kislota.
Ishning bajarilishi: E vitaminining spirtli eritmasidan bir necha tomchi olib, ustiga 8-10 tomchi konsentrlangan nitrat kislotadan sekinlik bilan qo’shiladi va probirkalar sekin chayqatiladi. 1-2 daqiqadan keyin probirkadagi aralashma qizil yoki sarg`ish-qizil rangga kiradi. Reaksiya juda shiddat bilan boradi, shuning uchun nitrat kislotani probirka devoridan sekinlik bilan qo’shilishi va bu ishlar tortuvchi shkaf tagida olib borilishi kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |