Temir xlorid bilan olib boriladigan reaksiya
Tokoferollar temir xlorid bilan oksidlanib, temir xlorid FeCI2 gacha qaytariladi. Fe2+ ioni ortofenantrolin bilan reaksiyaga kirishib, Fe(C12H8N2)3 ning kompleks ioni xosil bo’ladi va natijada eritma qizil rangga bo’yaladi.
Tokoferollar temir xlorid bilan oksidlanganda piran halqasining buzilishi amalga oshadi va oksialkilxinon hosil bo’ladi.
Reaktivlar: a) vitamin E ning 0,15% li etil spirtidagi eritmasi, b) 0,2% li temir xloridning spirtli eritmasi (bu eritma qorong`u joyda saqlanishi kerak), v) ortofenantrolinning 5% li spirtli eritmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |