Tiamin ishqoriy muhitda ferrotsianid kaliy tuzi bilan oksidlanib, tioxromga aylanadi. Bu modda ultrabinafsha nurlari ta’sirida havorangni hosil qiladi.
Reaktivlar: a) tiamin bromid, b) kaliy ferritsianidning 5% li eritmasi [K3Fe(CN)4], v) 10% li o’yuvchi natriy, g) butil yoki izoamil spirti.
Ishning bajarilishi: 10 mg tiamin bromid kukunini 5 ml suvda eritib, ustiga 1 ml 5% li ferritsianid kaliy eritmasidan, 1 ml 10% li o’yuvchi natriy va 5 ml butil spirtidan solinadi. Probirka (yoki stakan) yaxshilab chayqatiladi va bir necha daqiqa xona haroratida qoldiriladi. Yuqorigi, spirtli qatlam ehtiyotlik bilan ajratib olinib, qorong`i xonada simob-kvartsli lampa nurlari yordamida ko’riladi. Natijada havorang yoki ko’k rangli fluorestsensiya aniq ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |