Ishning bajarilishi:
3 ta probirka olib, 1- probirkaga 1 ml sulfat kislota, 2 -
probirkaga 1 ml nitrat kislota, 3 - probirkaga esa 1 ml xlorid kislotadan quyiladi.
Probirkalarni 45° ostida qiyshaytirib, probirka devori bo’ylab oqsil eritmasidan
solinadi. Kislota va oqsil chegarasida oq halqa hosil bo’ladi. Probirkalar sekinlik
bilan chayqatiladi va 1-probirkaga qo’shimcha sulfat kislota, 2-probirkaga nitrat
kislota, 3-probirkaga esa xlorid kislota qo’shiladi. Oqsil cho’kmasi sulfat va xlorid
kislotada qayta erib ketadi, nitrat kislotada erimaydi. Bu reaksiya oqsilni tezlik
bilan aniqlashda qo’llaniladi. Masalan, siydikdagi oqsilni bilish uchun shu reaksiya
qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |