BIOKIMYO QISM
1 – laboratoriya mashg`uloti
Laboratoriya mashg`ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan
tanishtirish.
Kafedra laboratoriyalarida ishlash xavfsizlik qoidalari
Kafedrada olib boriladigan ishlar elektr toki, gaz, zaxarli reaktivlar, portlash
xavfi bo`lgan uskunalar, shisha idishlar, asboblar bilan amalga oshirilganligi
sababli maxsus qonun-qoidalarga rioya qilish talab etiladi. Ushbu qonun –
qoidalarga rioya qilish nafaqat shaxsiy xavfsizlikni, balki atrofdagi insonlarni
xavfsizligi uchun ham zarur.