Uchinchi bosqichda hosil bo‘lgan 4 ta oxirgi mahsulot: atsetil-KoA,
a-ketoglutarat, suksinat limon kislotasi siklida CO
2
va H
2
O gacha
parchalanadi. Natijada ozuqa moddalardan qolgan 60-70% energiya
ajralib chiqadi.
1 molekula glyukozani parchalanishi misolida olib qaralsa, jami 38
molekula ATF sintezlanadi, bundan 1-bosqichda – 2 molekula pirouzum
kislotasi va 8 molekula ATF sintezlanadi; 2-bosqichda – 2 molekula
atsetil-KoA, 2 molekula CO
2
va 6 molekula ATF sintezlanadi; 3-
bosqichda – 4 molekula CO
2
va 24 molekula ATF hosil bo‘ladi.
Pirouzum kislotasining oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanishi
Piruvatdegidrogenaza (PDG) kompleksining tuzilishi. Pirouzum
kislotasi sitoplazmadan mitoxondriyaga konsentratsiya gradiyenti har
xilligi tufayli osongina o‘tadi. Pirouzum kislota atsetil-KoAga
aylanishini piruvatdegidrogenaza ferment kompleksini tezlashtiradi. U
poliferment bo‘lib, uchta har xil ferment va beshta kofermentdan tashkil
topgan. Bu ferment kompleksi pirouzum kislotani dekarboksillanish
yo‘li bilan oksidlanish reaksiyasini tezlashtiradi. Birinchi ferment
Do'stlaringiz bilan baham: |