konyugatsiyalanish, ya’ni glyukuron yoki sulfat kislota unumlari,
glutation, atsetillanish, aminokislotalarini biriktirish bilan boradi,
reaksiyalarni jigar endoplazmatik turi fermentlari katalizlaydi.
Konyugatsiya yo‘li bilan aminokislotalar almashinuvi jarayonida hosil
bo‘lgan fenol, krezol, indol, skatol va boshqa zaharli moddalar
zaharsizlantiriladi. Konyugatsiyaga uchragan moddalarning
molekulalarida gidrofil guruhlar hosil bo‘ladi, moddaning suvda
eruvchanligi ortadi. Natijada organizmdan chiqarib yuborilishi
osonlashadi. Yo‘g‘on ichakda triptofan aminokislotasidan hosil bo‘lgan
skatol, indol, jigarda indoksil va indoksilsulfatga aylanadi va kaliyli
tuzlari, bo‘lmish indikan miqdorini siydikda tekshirish amaliyotda
ichakdagi chirish jarayonining borishi, jigarning zararsizlantirish
faoliyati haqida ma’lumot beradi.
Turli dorivor moddalar ham jigarda metabolik o‘zgarishlarga
uchraydi. Masalan: lyuminal (fenobarbital) yuqorida ko‘rsatilganidek
oksidlanishga va konyugatsiyaga uchrab oksifenobarbitalglyukuronidi
shaklida zararsizlantirilsa, atsetilsalitsilat kislotasi (aspirin) esa o‘ziga
xos o‘zgarishlarga uchraydi. Dastlab aspirin deatsetillash reaksiyasi
natijasida salitsilat hosil qilib, so‘ng UDFGK ishtirokida
salitsilatglyukuronidga aylanadi. Hosil bo‘lgan moddani oksidlanishi,
gomogentizinat kislotasini glitsin kislotasi bilan birikishi salitsilpiruvat
kislotasini hosil bo‘lishga va organizmdan chiqarilib yuborilishiga olib
keladi. Organizmda ayrim metabolitlar (salitsilat, o‘t kislotalari, benzoat
va nikotin kislotasi) glitsin bilan birikib juft kislotalarni paydo qilib,
ularni zararsizlantirishini amalga oshirgani uchun, bu usuldan jigarning
zararsizlantirish qobiliyatini aniqlashda foydalaniladi. Bu usul birinchi
bo‘lib, Kvik tomonidan tavsiya qilingani uchun uning nomi bilan ataladi.
Ayrim moddalarning zararsizlantirilishi metillanish yoki
demitillanish bilan ham boradi. Vitamin PP – nikotinamid
metilnikotinamid holida zararsizlantirib chiqariladi. Jigarda turli xildagi
biologik faol moddalar (adrenalin, noradrenalin, gista’min, serotonin,
tironin) aminooksidazalar ta’sirida oksidlanib zararsizlantiriladi,
estrogen, androgen, kortikosteroid gormonali esa oksidlanib
ketosteroidlar holatida siydik bilan chiqarib yuboriladi.
194
Yangi tug‘ilgan bolalar va chaqaloqlarda jigarning kse-
nobiotiklarning zararsizlantirish qobiliyati yetilmagan bo‘ladi. Masalan:
bir oylik bolalarda konyugatsiyalovchi glyukuroniltransferaza,
atsetilovchi va deatsetillovchi fermentlarning faolligi katta yoshdagilarga
nisbatan to‘rt-besh marotaba past bo‘ladi. Shuning uchun, bolalar
organizmida hosil bo‘lgan zaharli moddalarning va berilgan dorivor
moddalarning metabolizmi sust kechadi. Shu sababli bolalarga tavsiya
qilinadigan dorilarning miqdori ularning yoshiga qarab belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |