Lizosomalar
Lizosomalar membrana pufakchalaridan iborat bo‘lgan hujayra
organellalari bo‘lib, ularda juda ko‘p xilma xil gidrolitik fermentlar
bo‘ladi. Lizosoma suyuqligi kislotali muhitga (pH 5) ega. Kislotalik
H
+
-ATF-aza ta’sirida yuzaga keladi. Lizosomalar ham plazmatik
membranalar kabi Golji apparatida hosil bo‘ladi. Lizosomalar vazifasi
Endotsitozlangan moddalarni ham, hujayralarning o‘z tarkibiy qismini
ham «hazm qilish», ya’ni depolimerlashdan iboratdir. Endotsitozlangan
moddalarni «hazm qilish» geterofagiya deb atalsa, hujayraning o‘z
tarkibiy qismlarini «hazm qilish» autofagiya, deb ataladi.
IX BOB
Do'stlaringiz bilan baham: |