178
Ca-ATF-aza – ko‘pgina hujayralarninig membranalarida Ca
+
ionlarni ATF energiyasi hisobiga konsentratsiya gradiyenti qarshisiga
olib o‘tadigan Ca-ATF-aza mavjud. Sarko‘plazmatik retikulumda Ca-
ATF-aza membrananing barcha oqsillarining yarmidan ko‘ra ko‘prog‘ini
tashkil etadi, u muskul tolasi qisqarishi – bo‘shashuvi siklini idora etib
turadigan mexanizmining bir qismidir. H
+
-ATF-azalar, vodorod ionlarini
membrana orqali haydab o‘tkazib beradi.
Ayni vaqtda protonlar
konsentratsiyalari farqi (Ph – farqi) ham, elektr potensiallari farqi ham
yuzaga keladi. Ular jam bo‘lib proton elektrokimyoviy potensialini hosil
qiladi. H
+
-ATF-aza ishi hisobiga hujayraning ba’zi bo‘limlarida kislotali
muhit yuzaga keladi (masalan: lizosomalarda,
buyrak usti bezlari miya
qismida xromofin hujayralarning sekretor granulalarida).
Do'stlaringiz bilan baham: