3. Varburgning elektrolitik nazariyasi. Elektron tashuvchi omillar
vositasida oksidlanuvchi metabolit elektroni hisobiga kislorodning
faollashuvi asoslangan nazariyadir. Bunda substratda elektronni
kislorodga tashib beruvchi omil vazifasini, biologik oksidlanishda
ishtirok etuvchi gemni fermentlarining tarkibidagi uch valentli temir
elementi bajaradi. Aktivlangan kislorod H
+
ioni bilan birikib suv hosil
qiladi:
4. Biologik oksidlanishni zamonaviy nazariyasi yuqorida qayd
etilgan uchala nazariyalarni o‘z ichiga oladi va Sent-Derdvi nazariyasi
deyiladi. Bu nazariyaga asosan to‘qimada metabolitning oksidlanishi
bir yo‘la proton va elektronlarni ajralishi va ularning kislorod
molekulasiga birikishi bilan boradi. Ammo elektron va protonlar
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kislorod bilan birikmay, balki spetsifik fermentlar va
kofermentlar ishtirokida sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |