Metallokompleks kataliz. Kori-Xaus, kross-birikish, metatezis va boshqa zamonaviy reaksiyalar orqali organik birikmalarni sintez qilish
Gologen atomining uglevodorod radikaliga almashtirish hisobiga yangi C-C bog`ini hosil qilish reaksiyasiga – kross-birikish reaksiyasi deb ataladi. Reaksiya metalorganik birikmalarning katalizatorligi ishtirokida amalga oshiriliadi:
Dialkilkupratlar va dialkenilkupratlarning vinilgalogenidlar bilan kross-birikish reaksiyalarida vinil uglerod atomining konfiguratsiyasi to`liq saqlanadi:
Dialkilkupratlar va dialkenilkupratlarning vinilgalogenidlar bilan kross-birikish reaksiyalarida vinil uglerod atomining konfiguratsiyasi to`liq saqlanadi:
Alkenning kuchli asos (kaliy uchlamchi butilati) ishtirokida bromoform bilan reaksiyasidan olingan dibromsiklopropanga Mg ta`sir ettirilganda allen hosil bo`ladi. bu olefinlardagi qo`sh bog`ga uglerod atomini kiritish usulidir:
Alkillitiy kupratlar organik sintez amaliyotiga Kori, Xaus va Normanlar tomonidan kiritilgan. Litiy dialkilkupratlarning efir va tetragidrofurandagi dimerlariga quyidagicha tuzilish formulasi taklif etilgan:
Organik sintezda LOB alkillovchi va metallovchi agentlar, sanoatda esa dienlarning stereospetsifik polimerlatiishi va to‘yinmagan birikmalaming sopolimerlanishida initsiatorlar sifatida qo'llaniladi.
Litiyorganik reagetitlar (R-Li) organik sintezda asoslar yoki nukleofillar sifatida ishlatiladi. Ular ishtirokidagi reaksiyalar odatda past haroratda (-78°C) TGF, efir yoki TMEDA kabi erituvchilarda olib boriladi, bunda ularning ta’siri qutbsiz (geksan) erituvchilardagiga nisbatan yuqori bo'ladi.

“Qattiq” tabiatli litiyorganik reagentlar elektrofil birikmalar bilan nukleofil sifatida reaksiyaga kirishadi.
Litiy organik birikmalar bifenil hosilalarini olishda ham ishlatilishi mumkin:
Tarkibida alkil, alkenil va aril radikallari tutgan kupratlar organik galogenidlar bilan kross-hirikish reaksiyalariga kirishib nosimmetrik uglevodorodlar hosil qiladi. Reaksiyalar yuqori unum bilan boradi, qo‘shimcha mahsulotlar chiqishi juda kam holatlarda sodir bo‘ladi. Masalan, zamonaviy organik kimyoda ushbu reaksiyalar Vyurs reaksiyalarini amalda siqib chiqardi deyish mumkin: