Absolut spetsifiklikka faqat bitta substratga ta’sir eta oladigan va
o‘xshash bo‘lgan molekulalar bilan ta’sir etmaydigan fermentlar egadir.
Masalan: ureaza, aspartaza, arginaza va boshqalar.
Absolut-guruh spetsifikligiga bir xil tipda tuzilishga ega bo‘lgan
substratlarga ta’sir etadigan fermentlar kiradi. Masalan: glyukozidaza,
karboksipeptidaza, aminopeptidaza va boshqalar.
Nisbiy-guruh spetsifikligiga kimyoviy bog‘ turiga nisbatan spetsifik
bo‘lgan fermentlar kiradi. Masalan: lipaza, esterazalar triglitserid,
diglitserid, monoglitserid molekulasidagi murakkab efir bog‘larini
uzadilar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |