Nisbiy spetsifiklik xususiyatiga sitoxrom R
450
, pepsin, ximotripsin,
tripsin va boshqa proteolitik fermentlar ega.
Sterioximik spetsifiklikka faqat bir fazoviy izomerga ta’sir etuvchi
fermentlar egadir. Masalan: aminokislotalarning L – oksidaza yoki D –
oksidazalari faqat tegishli izomerlargagina ta’sir etadilar.
Fermentlarning spetsifik ta’siri 2 gipoteza yordamida tushuntiriladi:
Fisher gipotezasi – ferment va substrat bir-biriga kalit qulfga to‘g‘ri
kelganidek mos kelishi kerak. Koshland gipotezasi – majburan to‘g‘ri
kelishlik, ba’zan ferment o‘zining konformatsiyasini o‘zgartirish va
substratiga mos kelishi mumkin. Buni qo‘lpaypoq va kaft misolida
tushuntirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |