Oqsil ingibitorlari bilan boshqarilish. Oqsillarni fosforlovchi
fermentlar proteinkinazalar faolligining ingibitorlari bilan
boshqarilishning muhim misollaridan hisoblanadi. Proteinkinaza faol
shaklda bitta polipeptid zanjirdan iborat (C subbirlik). Hujayrada C oqsil
bilan birika oladigan oqsil mavjud (R subbirlik). Hosil bo‘lgan tetramer
R
2
C
2
kompleks fermentativ faollikka ega emas. Fermentning faollanishi
sAMF ishtirokida boradi. R subbirlik yuzasida sAMFni bog‘lovchi
markaz bor: sAMF bog‘langandan keyin oqsilning konformatsiyasi
o‘zgaradi va R subbirlikning C subbirlikka mos kelishi pasayadi,
kompleks dissotsiatsiyaga uchraydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |