Biokimyo pmd



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/430
Sana19.07.2021
Hajmi4,12 Mb.
#123097
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   430
Bog'liq
Sobirova-R.A-biokimyo

Fermentodiagnostika. Qonni plazmasida kasalliklarni tashxis qilish

maqsadida fermentlarni aniqlash. Qon plazmasining ferment tarkibi

sog‘lom organizmda doimiy bo‘lib, ayrim patologik holatlarning

vujudga kelishida sezgir va nozik indikator hisoblanadi. Turli holatlarda

kuzatiladi:

· Giperfermentemiya.

· Gipofermentemiya.

· Disfermentemiya.

Tashxisning fermentativ usullari tibbiyotda ishonchli vositalardan

hisoblanadi va shifokorga, qiyin holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga

yordam beradi.




131

Fermentativ tahlil o‘ta nozik jarayon bo‘lib, boshqa diagnostik

testlardan qolishmaydi. Shuning uchun, hozirgi vaqtda qon plazmasidagi

fermentlarning faolligini aniqlashda, kasalliklarga tashxis qo‘yishda

keng foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda fermentativ tahlil

avtomatlashtirilgan va maxsus apparatlarda o‘tkaziladi. Bunday

apparatlarga «Texnikon», «Lab – sistema» va boshqalar kirib, ular orqali

bir ish kuni davomida ikki yuzga yaqin kasallikni aniqlash mumkin.

Tashxisning fermentativ usullari boshqa tashxis usullaridan farqli

ravishda spetsifik bo‘lib, kasallikning turli bosqichlarida foydalaniladi.

Bu usullar quyidagi afzalliklarga egadirlar: qondagi ferment

spektorlarining yuqori darajadagi a’zoga nisbatan spetsifikligi.

Qonda qator fermentlar faolligining ortishi hayot uchun muhim

bo‘lgan a’zolarning og‘ir jarohatlanishi, hujayralarning halok bo‘lishi,

membranalar o‘tkazuvchanligining buzilishi haqida xabar berishi

mumkin. Bunday fermentlarga kiradi: LDG, 

β-oksibutiratDG,

izotsitratDG, MDG, 

α-glitseratdegidrogenaza, fosfogeksoizomeraza, 1,6

– fruktozodifosfataza, AST, ALT va boshqalar.

Hozirgi vaqtda ayrim kasalliklarning ishonchli ferment

simptomlarini aniqlashga keng imkoniyatlar yaratilgan. Masalan: o‘tkir

gepatitlar AST va ALTlarnin faolligi oshishi bilan xarakterlanadi.

Mexanik (obturatsion) sariqlik uchun ishqoriy fosfataza,

aminotransferazalar faolligining oshishi xosdir. Qonda fermentlar

faolligini aniqlash differensial-diagnostik ahamiyatga egadir.

Fermentodiagnostika yordamida infarkt miokard yurak faoliyati

funksional o‘zgarishlaridan farqlanadi. Yurak infarkt miokardi uchun

LDG, AST, izotsitrat–DG, 1,6 – fruktozo–difosfataldolaza va

kreatinkinazalar faolligining oshishi xarakterlidir. Ferment testlarining

izofermentlarini aniqlash orqali tashxis qiymatini oshirish mumkin.

Qon va orqa miya suyuqligida glikoliz, aminokislota almashinuvi

fermentlarini aniqlash, o‘simtalar bilan jarohatlanishning tashxis

imkoniyatlarini kengaytiradi va biopsiya materialida biokimyoviy

o‘zgarishlarni topish morfologik o‘zgarishlardan avval vujudga kelishini

hisobga olganda bu kasalliklarga barvaqt tashxis qilishga imkoni

tug‘iladi.

Turli kelib chiqish sabablariga ega bo‘lgan leykozlarni tashxis

qilishda purin nukleotidlari almashinuvida ishtirok etadigan adenaza

fermentining faolligi trombotsitlarda aniqlanadi. Ushbu ferment sog‘lom

odamlar trombotsitida bo‘lmaydi va faqat leykozdagina mavjuddir. Bu

test kasallikni boshlang‘ich davrida aniqlashga imkon beradi va o‘z




132

vaqtida davolashni o‘tkazish mumkin. Davolashning samaradorligini ham

trombotsitlarda adenazaning faolligini aniqlash orqali ko‘rish mumkin.

Davolash yaxshi natija bersa fermentning faolligi sezilarli darajada

pasayadi.


Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish