qo‘llaniladi. Klinik va biokimyoviy laboratoriyalarda organik moddalarni
foydalanilmoqda. Fermentlardan foydalanish qon, siydik, to‘qima va
fermentlardan foydalanishga asoslangandir. Glyukozani aniqlash uchun
133
d) glyukoza – 6 – fosfatdegidrogenaza glyukozani NAD yordamida
glyukozolaktongacha oksidlaydi.
Glyukozani biomateriallarda glyukozoksidaza yordamida aniqlash
keng tarqalgan ferment usuli hisoblanadi. Glyukozaning miqdori haqida
eritmada kislorod konsentratsiyasining kamayishi yoki hosil bo‘lgan
H
2
O
2
miqdori bo‘yicha tahlil qilinadi.
Etanolning miqdorini aniqlash alkogoloksidaza yoki
alkogoldegidrogenazadan foydalanishga asoslangan. Alkogoloksidaza
etanolning havo kislorodi bilan atsetaldegid va H
2
O
2
gacha oksidlanishini
katalizlaydi.
.
Alkogol DG etanolni aldegid va NADH
2
gacha oksidlaydi.
Keyingi yillarda etanolni aniqlashning fermentativ elektrod usuli
yaratilgan.
Siydikchilni aniqlash ureaza fermenti yordamida uning NH
4
+
va CO
2
ga parchalanishiga asoslangan.
.
Ureaza eritmalaridan anilizatorlarda
foydalaniladi. Hosil bo‘lgan NH
4
+
ishqor ta’sirida gazsimon ammiakka
aylanadi va u NH
3
ni sezuvchi elektrod yordamida aniqlanadi.
Shuningdek, fermentli membran elektrodlardan ham foydalaniladi,
ularda ureaza eritmasi dializ plenkalari orasiga joylashtiriladi.
Siydikchilni aniqlash uchun ikki fermentli sistemadan ham
foydalaniladi (ureaza-glutamatdegidrogenaza) va miqdoriy aniqlash
spektrofotometrda NADH
2
ni aniqlashga asoslangan. Siydik kislotani
fermentativ aniqlash uning kislorod bilan allontoin va H
2
O
2
gacha
urikaza ishtirokida oksidlanishiga asoslangan. Teshikli shishaga
immobillangan urikaza oqar mikroreaktorlarda ishlatiladi.
Aminokislotalarni aniqlash L-aminooksidaza fermentlaridan
foydalanishga asoslangan. Ular aminokislotalarni havo kislorodi
yordamida ketokislota, H
2
O
2.
va NH
3
gacha oksidlaydi. Bu jarayon
elektrokimyoviy usulda aniqlanadi. Hozirgi vaqtda laktat, piruvat, 3 –
oksibutiratlarni NADH
2
konsentratsiyasining o‘zgarishiga qarab
spektrofotometrik yoki elektrokimyoviy aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
Glitserinni aniqlash uchun glitserinkinaza, glitserin-3-
fosfatdegidrogenaza usullari qo‘llaniladi. Lipid va fosfolipidlarni
topishda birinchi bosqichda spetsifik lipaza va fosfolipaza
fermentlaridan foydalaniladi. Xolinfosfatidlarni spetsifik tahlil usuli
xolinoksidaza fermentini qo‘llashga asoslangan. Uning yordamida xolin
betain va H
2
O
2
ga parchalanadi. Vodorod peroksidi peroksidaza usuli
bilan topiladi. Xolesterinni fermentativ aniqlash usullari
xolesterinoksidazadan foydalanishga asoslangan, u xolesterinni xolestan
– 4 – ona – 3 va H
2
O
2
gacha oksidlaydi. Oxirgi mahsulot polyarografik,
spektrofotometrik, fluorimetrik, xemilyuminessent usulida aniqlanadi.
Fermentlar bilan xolesterin aniqlaganda usulning sezuvchanligi va
spetsifikligini oshiradi, shuningdek tekshiruv o‘tkazishni
soddalashtiradi. Spesifik degidrogenaza va diaforaza qon plazmasida
1mkMgacha o‘t kislotalarini fluorimetrik indikatsiya qilishga imkon
beradi.
Ferment usullari NAD, NADF, FMN va ATF miqdorini topishga
imkon beradi. NAD miqdorini aniqlash uchun LDG fermenti
qo‘llaniladi. Bakterial ferment lyutsiferaza NAD, FMN, ATF miqdorini
aniqlash uchun foydalaniladi. Guaninnukleotidlarni fermentativ tahlili
spetsifik nukleotidkinazalar yordamida o‘tkaziladi, oxirgi mahsulot
NADF yoki ATF miqdori aniqlanadi.