II.4 MAMLAKATIMIZDA ACHIQ QALAMPIR YETISHTIRISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga achchiq qalamir eksport qilish bo‘yicha fitosanitariya talablari to‘g‘risida Bayonnoma imzolandi. Xitoy tomoni talabiga ko‘ra, achchiq qalampir mahsulotlarini XXRga eksport qilishga tegishli ruxsatnomani olish uchun eksport qiladigan tadbirkorlik sub’ektlari reyestrini shakllantirish va Xitoy tomoniga tasdiqlash uchun har yili eksport mavsumi boshlanishidan kamida 2 oy oldin jo‘natish talab qilinadi. Shu munosabat bilan, ushbu resstrni shakllantirish uchun respublikadagi eksport qiluvchi korxonalar tomonidan tegishli ma’lumotlar o‘z vaqtida Inspeksiyaga taqdim etilishi lozim. Endilikda ushbu mahsulotni Xitoy, Iordaniya, Gana, Marokash, Myanma davlatlariga eksport qilish imkoniyati mavjud. Hindiston, Koreya, Yaponiya, Filippin, Eron, Buyuk Britaniya, Vyetnam, Pokiston, Tailand, Indoneziya va Bangladesh davlatlariga achchiq qalampir eksporti uchun ruxsat berilishi kutilmoqda. Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi samarali bo‘ldi. Xususan, Orolbo‘yi mintaqasida iqtisodiyot tarmoqlarini, qishloq xo‘jaligini yanada taraqqiy ettirish orqali aholi turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan qator istiqbolli loyihalar belgilab olindi. Davlatimiz rahbari Xo‘jayli tumanida barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida Qoraqalpog‘istonda oziq-ovqat sanoati sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, tuyachilik va baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar taqdimoti bilan tanishdi. Shu yerda kelgusida katta daromad keltirishi kutilayotgan achchiq qalampir yetishtirish va uni eksport qilish loyihasi ham taqdim etildi. Mutaxassislar fikricha, bugungi kunda dunyo bo‘yicha 4,4 million gektar maydonda achchiq qalampir ekilib, 68,3 million tonna hosil olinadi. Bir gektar maydonda hosildorlik 15-20 tonnagacha yetadi. 5 kilogramm hosildan 1 kilogramm quritilgan achchiq qalampir olish Bugungi kunda O‘zbekistonda achchiq qalampir yetishtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu bejizga emas, chunki jahon bozorida bu mahsulotga bo‘lgan talab katta. Mutaxassislarning fikricha, achchiq qalampir serdaromad soha, yer tanlamaydi, ko‘p mehnat talab qilmaydi. Xorij tajribasi asosida vaqtida suv berib, oziqlantirib borilsa, gektaridan 20 tonnagacha hosil olish mumkin. Eng muhimi, jahon bozorida xaridorgir. Mana shularni hisobga olgan holda Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda serdaromad, eksportbop bo‘lgan achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Buning samarasi o‘laroq 2018 yil 27 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublikada xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori chiqdi. Xo‘sh, qisqa davr ichida bu sohada nimalarga erishildi? Ko‘zlangan maqsad va rejalarga erishildimi? Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida eksportbop achchiq qalampir yetishtirib, ilk tayyor mahsulotlarni Chili Spicebrendi ostida Arab va Yevropa davlatlari hamda Rossiyaga jo‘natayotgan BIG AGROkompaniyasining Eksportni rivojlantirish departamenti boshlig‘i Bobur Abdumavlyanovshular haqida gapirib berdi. - Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan keng imkoniyatlar agrar sohani ham chetlab o‘tmadi. Haqiqatan ham talab yuqori bo‘lgan qalampir yetishtirishda bugun izchil va shu bilan birga juda katta ishlar qilinyapti. Buni Qashqadaryoning Mirishkor tumanida faoliyat yuritayotgan BIG AGRO kompaniyasi faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. Bahor oyida qalampir urug‘ini Hindistondan olib kelib ekdik. Shu davlatdan tashrif buyurgan mutaxassislar bizga o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda yordam berishdi. Ayni kunlarda hosilni yig‘ib olish va uni qayta ishlash jarayonlari ketmoqda. - Har qanday mahsulotni xorijga eksport qilish oson ish emas. Avvalo, sifat va bozordagi raqobatga e'tibor qaratish kerak. BIG AGRO kompaniyasi tomonidan Chili Spice brendi ostida tayyorlanayotgan mahsulotlarimizning sifatiga qattiq e'tibor qaratganmiz va unga innovatsion yondashganmiz. Shu bilan birga biz yetishtirgan navga jahon bozorida talab yuqori. Bugun qalampir yetishtirganlar orasida turli gaplar yuribdi. Ya'niki, ayrim kompaniyalar dehqon va fermerlardan qalampir olmayotgani, yetishtirilgan qalampirlar egasiz, sotilmay qolayotgani haqida eshitdik. Shuni alohida ta'kidlab o‘tishim joizki, BIG AGRO kompaniyasi O‘zbekistonning qaysi hududida Hindistondan keltirilgan Kayan navli qalampir yetishtirilgan bo‘lsa, ularning barchasini nes-nobud qilmasdan sotib olishga va eksport qilishga tayyor. Yana shuni ta'kidlash lozimki, ayrim kompaniyalar o‘z muvaffaqiyatsizliklariga banklar tomonidan zarur mablag‘lar kerakli vaqtda ajratilmaganini keltirishgan. Biz, masalan, “Agrobank” bilan ishlagan bo‘lsak, biror marta ham qiyinchilikka yoki biror bir tushunarsiz holatga uchramadik. Men qaysidir bir raqobatchi kompaniyaning ishini tahlil qilishni, uni tanqid etishni istamayman.Aytmoqchi bo‘lganim shuki, dunyo bozorining achchiq qalampirga bo‘lgan yillik ehtiyoji 33 million tonnani tashkil etadi. O‘zbekiston bu yil 200 ming tonna hosil olishni rejalashtirgan. Shundan 50 ming tonna quritilgan qalampir chiqadi. Bu raqamlar dunyo ehtiyoji oldida juda kam. Aytmoqchi bo‘lganim, qalampir yetishtirishni yanada kengaytirish, bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarga yurakdan yondashish, fermer va dehqonlarning ishonchini suiiste'mol qilmaslik, qalampir eksport qiluvchi kompaniyalar bu yo‘lda birlashib, halol ishlashi lozim. Ana shunda juda katta marralarga yetishimiz mumkin, - dedi B. Abdumavlyanov. Ma'lumot o‘rnida: BIG AGRO LEGUMES kompaniyasi «Brand Investment Group» kompaniyalar guruhining Qashqadaryodagi sho‘'ba korxonasi hisoblanadi. Ayni damda kompaniya viloyatning Mirishkor tumani hududida Hindistonning Kayan gibridli navini yetishtirmoqda va uni eksportga tayyorlamoqda. Ushbu nav dunyo bozorida eng xaridorgir achchiq qalampir hisoblanadi. Bobur Abdumavlyanov ta'kidlaganidek, bugun kompaniya O‘zbekistonda Kayan navli qalampir yetishtirgan barcha dehqon va fermerlardan mahsulotlarini sotib olishga tayyor. Buning uchun Telegramda maxsus kanal va bot ham tashkil etilgan. Ushbu kanal va bot orqali barcha savollarga javob olish va qo‘shimcha ma'lumotlar bilan tanishish mumkin. Shu o‘rinda kompaniya qalampir yetishtirishdagi qo‘shayotgan hissalari uchun Mirishkor tumani hokimi R.Komilov va sektor rahbarlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |