«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
423
2.
Williams, M.E., 2011. Introduction to Phytohormones.
Teaching Tools in Plant
Biology: Lecture Notes. The Plant Cell (online), doi/10.1105/ tpc. 110.tt0310.
3.
Mulkey T.J, Kuzmanoff K.M, Evans M.L. Promotion of growth and hydrogen ion
efflux by auxin in roots of maize pretreated with ethylene biosynthesis inhibitors.
Plant Physiol. 1982; 70:186-188.
4.
Phinney BO. The history of gibberellins. In A Crozier, ed, The Biochemistry and
Physiology of Gibberellins, Vol 1. Praeger, New York, 1983, 15-52.
5.
S Yadav, J Yadav and SG Singh,
Research Journal of Agricultural Sciences
, 2011,
2 (1),139-141.
6.
NK Fageria, The Use
of Nutrients in Crop Plants, CRC Press, USA, 2009, 184-
195.
O’SIMLIKLAR HAYOTIDA MIKROELEMENTLARDAN
FOYDALANISHNING EKOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Norboyeva U.T. – b.f.n., dotsent., Adizova H.R. – katta o’qituvchi
Buxoro davlat universiteti
O’simliklar tomonidan mikroelementlarning qabul qilinishi va o’zlashtirilishi
hamda fiziologik jarayonlarga mikroelementlar ta’sirini tahlil qilish hamda
paxtachilikda mikroo’g’itlardan foydalanishning
ekofiziologik asoslari va
o’g’itlashning fiziologik jarayonlarga ta’sirini o’rganish katta ilmiy va amaliy
ahamiyatga ega.
Mikroelementlarning o’zlashtiriladigan shakli suvda oson eriydigan tuzlar
bo’lib, ular asosiy manbani tashkil etadi va qishloq xo’jalik o’simliklaridan
yuqori
hosil olish sharoitini yaratadi. Chunki, mikroelementlar o’simlikdagi oksidlanish-
qaytarilish, fotosintez, azot va uglevod almashinish jarayonlarida faol ishtirok etadi.
Ular fermentlarning
faol markaziga kiradi, o’simliklarning kasalliklarga va tashqi
sharoitning noqulay omillari ta’siriga chidamliligini oshiradi. Mikroelementlarning
yetishmasligi esa hosildorlikning
keskin kamayishiga, kasalliklarning paydo
bo’lishiga, o’simliklarning o’sish va rivojlanishi to’xtab qolishiga, hatto o’lishiga
sabab bo’lishi mumkin. Mikroelementlar fiziologik
nuqtai nazardan har xil
xususiyatga ega bo’lgan turli elementlar guruhini tashkil etadi. Keyingi yillarda
paxtachilik uchun mikroelementlar ham makroelementlar kabi zarurligi va bu ikkala
guruh bir-biridan faqat miqdor jihatdan farq qilishi aniqlandi. Mikroelementlar asosiy
metabolitik jarayonlar:
nafas olish, fotosintez, azot o’zlashtirilishi va boshqa
jarayonlarda qatnashadi. Ular o’simliklarning sovuqqa va qurg’oqchilikka
bardosh
berishini ta’minlovchi himoya mexanizmlarini amalga oshiradi. Agar zarur bo’lgan