TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOEKOLOGIK
TAMOYILLARI
Abdusodiqov M.A.-Ishtixon tumani 61-maktab o’qituvchisi
Tabiiy resurslardan foydalanishning geoekologik asoslari hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Bu borada ekologik muvozanat-ekologik vaziyat-ekologik toza
«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
419
texnologiya va mahsulot-ekologik tozalik va salomatlik tizimlarida ishlab chiqarishni
tashkil qilish va amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan
geoekologik asoslar geografik tamoyillarga yaqin turadi yoki ularni to’ldiradi, ular
bir-birlari bilan o’zaro bog’liqlik va aloqada rivojlanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy boyliklardan foydalanishda shunday ilmiy
tamoyillarga asoslanish zarurki, bunda tabiat ham, jamiyat ham aziyat chekmasligi
lozim. Biosferada tabiiy komponentlarning bir-birlari bilan o’zaro muvozanatda
bo’lishi bilan birga, tirik tabiat bilan notirik tabiat o’rtasidagi o’zaro ekologik
muvozanat tamoyiliga ko’ra har bir tabiiy chegaralangan hududda ikki turdagi tabiat
orasida shunday teng munosabat mavjud bo’ladiki, bunda ular bir-birlarini ma’lum
muvozanatda bo’lishligini taqazo qiladi. Lekin ulardan birining tashqi ta’sir natijasida
buzilishi uzoq muddatli (bir necha yuz asrli) muvozanatning ishdan chiqishiga olib
keladi. Ushbu buzilishning parametrlari asosida sodir bo’lgan hodisa boshqa bir
necha hodisalarning tarkib topishiga ta’siri bilan belgilanadi (sabab- oqibatlar
zanjirining bir-birlari bilan tutashib ketishi). Ekologik muvozanat juda ham mo’rt
bo’lib, ko’p hollarda landshaftlarning suv maromi, o’simlik olamining
qashshoqlashishi, tuproq qoplamining buzilishi bilan bog’liq (Orolbo’yi,
Balxashbo’yi va boshqalar).
Inson mehnat faoliyatining ekologik jihatdan tozalik tamoyili muammolar
yechimida amaliy ahamiyatga ega. Bu tamoyil ishlab chiqarish jarayonida va
kundalik turmushda, vujudga kelgan turli qattiq, suyuq va gazsimon chiqindilarning
atmosfera va suv havzalari, tuproqqa chiqarishdan oldin ularni obdon tozalab,
butunlay zararsizlantirilganidan so’ng tabiiy muhitga chiqarish zarurligini asoslaydi.
Mazkur tamoyilning amaliyotda tatbiq etilishi atrof muhit ifloslanishini to’xtatish va
uni barqaror tozalanishida eng samarali hisoblanadi. Bizningcha, avvaliga qisman,
keyinchalik vaqt mobaynida to’liq amal qilishga bosqichma-bosqich o’tish bilan
tabiiy muhitning tozalanishiga erishish mumkin bo’ladi. Tabiat resurslaridan
me’yoriga yarasha foydalanish tamoyilining oldingi tamoyil bilan birgalikda
qo’llanilishi maqsadga muvofiq, chunki ular bir-birlarini taqazo etadi. Tabiat va
uning resurslari cheksiz emas, ular o’z o’lchamiga ega. Ularning ifloslanishi esa
foydalanish jarayonini murakkablashtiradi, su’niy taqchilliklarga sabab bo’ladi.
Binobarin, tabiiy boyliklardan ehtiyoj va me’yorga katta e’tibor bergan holda
foydalanishni tashkil etish ayni muddao. Bu borada tiklanadigan, tiklanmaydigan,
ikkilamchi resurslarning barcha o’lchamlarini hisobga olgan holda me’yoriy
foydalanishga amal qilish tamoyili barcha turdagi ishlab chiqarish jarayonida va
insonning kundalik turmushida qo’llanilishi darkor.
Tabiatdan foydalanish jarayonining majmualiligi va bu borada tadbirlarni
ekologik jihatdan asoslanganlik tamoyili ishlab chiqarishning atrof muhitga salbiy
Do'stlaringiz bilan baham: |