«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани Гулистон 2020 й. 17-18 апрель 425
oshishi o’simliklar bilan tuproqdan ko’p oziq moddalar chiqib ketshi tufayli
mikroelementlarning ahamiyati ortib bormoqda. Azot, fosfor va kaliy me’yoridan
ko’p ishlatilsa ham ular faqat mikroelementlar tuproqda yetarli bo’lgan taqdirda
yaxshi samara ko’rishi mumkin.
O’simliklar uchun mikroelementlarning asosiy manbai bo’lib, oziqa
eritmalari yoki tuproq xizmat qilishi mumkin. Tuproq komponentlarining
mikroelementlar bilan o’zaro aloqasi biologik yutilish jarayonlarini aniqlash eng
muhim omillaridan biridir. Umuman olganda deyarli barcha mikroelementlar
o’simliklar tomonidan oson o’zlashtiriladi. Bu tuproq eritmalaridagi xelatlar, turli
ionlar va komplekslarda amalga oshadi. Mikroelementlarning turli elementlarda
yutilishi haqida ko’plab ma’lumotlar mavjud.
Mikroelementlarning ildiz orqali so’rilishi passiv va aktiv (metobolik)
bo’lishi mumkin. Passiv yutilish ildiz endodermasidan tashqarida bo’lgan ionlarni
diffuziya holatida o’tishi orqali sodir bo’ladi. Aktiv yutilishda energiya sarflanadi va
bu ximiyaviy gradentlarga qarshi yo’naltiriladi. Ma’lumotlarga qaraganda, odatdagi
tuproq eritmasida mikroelementlar konstentrastiyasi o’simlikning ildiz sistemasi
tomonidan va ildiz ichidagi metabolitik jarayonlar tomonidan nazorat qilinadi.
Mikroelementlar konsentratsiyasining pasayishi ildiz yaqinidagi eritmalarida
kuzatilib, shunday holatda ildiz orqali so’rilish tezligi kuchayadi, bu ularning
tuproqqa diffuz va konvektiv o’tishi orqali sodir bo’ladi. Ayniqsa ayrim
mikroelementlar yutilishi ildizni o’rab turgan muhitning o’zgarishiga bog’liq. Turli
o’simliklarning mikroelementlarni yutish tezligi turlicha bo’ladi. Shu bilan birga
mikroelementlarning bioakkumilyatsiyasi to’g’risida umumiy tendensiyalar keltirib
chiqarilgan.
Barglarning mikroelementlarni biologik yutishi havo manbalari orqali amalga
oshib, o’simliklarga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu asosan ildiz orqali
oziqlanishda muhim amaliy ahamiyatga ega. Bularga temir, marganes, rux, mis va
boshqalar kiradi. Mikroelementlarning yutilishi kutikula orqali amalga oshadi va
metabolitik jarayonlar orqali elementlar to’planadi. Ikkinchi bosqichda ionlar
plazmatik membrana orqali hujayra protoplazmasiga o’tishi bilan xarakterlanadi.
O’simliklarning bargi orqali yutilgan mikroelementlar uning boshqa to’qimalariga
ham o’tib ketishi mumkin. U organlarda mikroelementlar zapas holda to’planadi.
Mikroelementlarning o’simlik to’qimalarida harakatlanish tezligi uning
organlari, yoshi va boshqalarga bog’liq. O’simlik bargi orqali qabul qilingan
mikroelementlarning bir qismi yomg’ir suvlari bilan yuvilib ketishi mumkin. Ayrim
mikroelementlarning o’simliklar o’sishi va rivojlanishidagi ahamiyati katta
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda faqatgina bir necha o’nta mikroelementlar aniqlangan
bo’lib, ularning o’simliklar hayotidagi ahamiyati isbotlangan. Qolgan elementlarning