Turkiy tillar fakultetining "O‘zbek adabiyoti" kafedrasi bitiruvchi



Download 13,04 Kb.
Sana30.03.2022
Hajmi13,04 Kb.
#519129
Bog'liq
ichki taqrizz


Turkiy tillar fakultetining “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi bitiruvchi
kurs talabasi Y. Raximbayevaning
“Umumta’lim maktablarida Chingiz Aytmatov hayoti va ijodini
o`qitishning innovatsion texnologiyalari”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Talaba Y.Raximbayeva fakultetning o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishining faol talabalaridan biri. U yaxshi o‘qishi bilan birga, ilmiy tadqiqot olib borishda ham faol talabalar sirasiga kiradi. Men uning ushbu mavzudagi bitiruv malakaviy ishini o‘qib shu xulosaga keldim.
Bitiruv malakaviy ishi bilan atroflicha tanishib chiqdim. U kafedra majlislarida ham bir necha muhokama qilindi, taklif va mulohazalar aytildi. Talaba shu asosda mazkur tadqiqotini yozib tugalladi. Ishning qurilishi, boblarga va alohida-alohida fasllarga ajratib o‘rganilgani menda ijobiy fikr uyg‘otdi deb ayta olaman Chingiz Aytmatovning Markaziy Osiyo adabiyotidagi o‘rni, balki qardosh adabiyotlar, jumladan qoraqalpoq, qozoq va turkman adabiyotlaridagi mavqeyi, ular bilan hamkorligi, bugungi kunda Chingiz Aytmatov hayoti va ijodining ta`lim muassasalarida o`qitilishi haqidagi fikrlar juda yaxshi ochib berilgan.yaxshi ochib berilgan.
Ishning birinchi bobi va uning ikki qismida adabiyot darslarida yozuvchi tarjimayi holini o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari va shu qatorda Chingiz Aytmatov hayoti va ijodini o`qitishning yangi pedagogic texnologiyalari bayon etilgan bo`lsa, tadqiqotning ikkinchi bobida esa yozuvchi asarlarini ilg`or pedagogic texnologiyalar yordamida o`qitishni turli xil usullari ularni darslarda qo`llash haqida misollar yordamida ochib berilgan.
Ayniqsa, Tadqiqotning yuqoridagi boblarida tavsiya qilingan “intervyu”, muammoli texnologiyalarni dars jarayonida qo`llashga bog`liq ijobiy bahoga munosib deb hisoblayman.
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobi Chingiz Aytmatov ijodining umuta’lim maktablarida o‘rganilishi masalalariga bag‘ishlangan. Ishning bu bobida talaba pedamaliyotda olgan tajribasi asosida yozgani seziladi. Har holda ishning bu qismi ham menda yaxshi taassurot qoldirdi. Xulosa qismiga ham e’tirozim yo‘q, talabaning ishni yozish jarayonida ko‘p ilmiy adabiyotlardan foydalangani adabiyotlar ro‘yxatidan ko‘rinib turibdi.
Umumiy xulosam shundan iboratki, Y. Raximbayevaning mazkur bitiruv malakaviy ishi DAK talablari darajasida yozilgan deb hisoblayman. Va ishonamanki, tadqiqot DAK a’zolari tomonidan munosib baholanadi.
Download 13,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish