63
To’liq boshlang’ich qiymat
– bu asosiy kapital ob’ektining korxona sotib
olish xarajatlari, tashib keltirish va montaj xarajatlarini o’z ichiga oluvchi
qiymatdir.
Eskirishni hisobga olgan holda boshlang’ich qiymat
(boshlang’ich qoldiq
qiymat)– bu to’liq boshlang’ich qiymatidan
eskirishni hisobga oluvchi
amortizatsion ajratmalar chegirilgandan so’ng hosil bo’lgan qiymat.
To’liq qayta tiklash qiymati (joriy qiymat)
– zamonaviy sharoitda korxona
tomonidan xuddi shunday asosiy kapital ob’ektini sotib olish uchun sarflaydigan
qiymatdir.
Eskirishni hisobga olgan holda qayta tiklash qiymati (joriy qiymat)
– bu
to’liq tiklash qiymatidan eskirish qiymatini chegirishdan hosil bo’lgan qiymat.
To’liq balans qiymat
– asosiy kapitalning korxona balansida aks ettirilgan
qiymati. Bunda so’nggi o’tkazilgan qayta baholash
paytigacha mavjud asosiy
kapital to’liq tiklash qiymat bo’yicha, undan so’ng kiritilgan asosiy kapital to’liq
boshlang’ich qiymat bo’yicha hisobga olinadi.
Asosiy kapitalni – milliy boylik tarkibiga kiritishda statistika fani va jahon
amaliyoti joriy baho (qayta tiklash qiymati) dagi qoldiq qiymati ko’rsatkichidan
foydalanishni tavsiya etadi. Ammo mamlakatlarda baholarni o’zgarishi tezligi va
amortizatsiya siyosatini turlichaligi asosiy kapital hajmini va jon boshiga to’g’ri
keladigan darajasini xalqaro solishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish
imkoniyatini bermaydi.
Ma’lumki, asosiy kapitalning joriy (qayta tiklash) qiymati – bu asosiy
kapitalni ma’lum bir sanadagi amaldagi bozor narxlaridagi qiymatidir.
Qayta
baholash ikki usulda amalga oshiriladi:
1)
indekslar (YaIM deflyatori, INI, investitsiya deflyatori, o’rtacha indeks,
asosiy kapitalning u yoki bu guruhi bo’yicha indeks, deflyator) yordamida;
2)
to’g’ridan-to’g’ri (rieltorlar xizmatidan foydalanish ham mumkin) usulda.
O’zbekistonda qayta baholash asosiy kapital (guruhlari bo’yicha) ning
eskirishi darajasiga ko’ra “koeffitsientlar” – indekslar yordamida amalga oshirildi.
Asosiy kapitalni qayta baholanishi natijasida ularni texnologik,
tarmoq
strukturasi ham o’zgarar ekan hamda eskirishi darajasi va yaroqliligi (qoldiq
qiymatning to’liq qiymatdagi salmog’i) darajasi ham o’zgaradi. Demak asosiy
fondlarni qayta baholanishi asosiy fondlarning to’liq qiymatini o’zgartirishi bilan
birga qoldiq qiymatini turli tarzda o’zgartirar, bu hol esa milliy boylik hajmiga
ta’sir etmasdan qolmaydi.
Oldin ta’kidlaganimizdek, mamlakatda qo’llaniladigan amortizatsiya siyosati
ham asosiy fondlar hajmiga (qoldiq qiymatiga) va uorqali
fizik kapital hajmiga
ta’sir etadi.
64
Amortizatsiyani (kengroq ma’noda – asosiy kapital iste’moli) hisoblash
metodi YaIM va reinvestitsiya hajmiga ta’siri katta ekanligi ma’lum. Shuning
uchun fizik kapital bo’yicha qo’llaniladigan metodlar (jahon va O’zbekistonda)
ustida to’xtalmoqchimiz. Jahonda statistika fani va amaliyotida amortizatsiya
hisoblashning 11 metodi qo’llaniladi. O’zbekistonda qo’llanilishi mumkin bo’lgan
metodlar soni 4 ta, bu metodlar haqidagi informatsiyani BHMS
№
05 “Asosiy
vositalar” milliy standartida bayon qilingan. Unda: to’g’ri
chiziqli, bajarilgan ishlar
hajmiga ko’ra mutanosib ravishda, kamayuvchi qoldiq usulida, qiymatni foydali
xizmat qilish yillar soni yig’indisi bo’yicha
chegirib borish usulida, qiymatni
ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga mutanosib ravishda chegirib borish
usulida ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: