Bilim Ta’l Ta’l “oliy m sohasi: lim sohas lim yo’na oliy V t y matem



Download 7,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/131
Sana02.04.2022
Hajmi7,89 Mb.
#524906
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   131
Bog'liq
73aa109ba03f4ec2e6c7f0c801b3e42f0c3191c5

HJ = (YAIM + TR + DQ – XS) – UPI , 
bu erda: TR – xususiy sektorga davlat transfertlari; DQ – davlat qarzi (qimmatbaho 
qog’ozlar) bo’yicha olingan foizlar; XS – xususiy sektor tomonidan to’langan 
soliqlar; UPI – uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol xarajatlari. 
Davlat jamg’arishini ifodalaydigan ayniyat quyidagi ko’rinishga ega: 
DJ = (XS – TR – DQ) – JPI . 
Agar davlat jamg’arishi salbiy miqdorga teng bo’lsa, bu davlat byudjetining 
kamomad bilan ijro etilganligini anglatadi: DB = - DJ
Tashqi dunyo jamg’arishi bo’yicha ayniyat tashqi savdo aylanishi saldosiga 
ko’ra aniqlanadi: 
TJ = M – X yoki TJ = -SE. 
Pirovardida yuqorida keltirilgan ayniyatlarni umumlashtirsak, quyidagi 
ayniyatlarga ega bo’lamiz: 
HJ + DJ + TJ = (YAIM + TR + DQ – XS) – UPI + (XS – TR – DQ) – JPI + (-SE), 
HJ + DJ + TJ =YAIM – UPI – JPI – SE, 
JA = INH. 
 


52
Milliy hisoblar tizimidagi asosiy indikatorlar orasidagi o’zaro 
munosabatlar. 
MHTda YAIM va YAMD ko’rsatkichlaridan tashqari ular asosida yana bir 
qancha o’zaro bog’liqlikda bo’lgan ko’rsatkichlar hisoblanishi mumkin. 
YAIMda, yalpi ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko’rsatkich sifatida, bir 
jiddiy kamchilik mavjud: u joriy davrdagi ishlab chiqarishni, ushbu davrda 
foydalanilgan investitsion tovarlar o’rnini qoplashga ishlatilgan qismini ham 
qamrab olganligi sababli, bo’rttirib ko’rsatish tendentsiyasidan xoli emas. 
Ushbu ko’rsatkich iste’mol va kapital jamg’arish uchun ishlab chiqarish 
hajmini o’lchashda YAIMga nisbatan ancha takomillashtirilgan ko’rsatkichdir. 
MHTda sof ichki mahsulot (SIM) quyidagicha hisoblanadi: SIM = YAIM - asosiy 
kapital iste’moliga ajratmalar. Bizning misolimizda: SIM = 96 - 16 = 80 (trln. 
so’m). 
Ushbu ko’rsatkich yordamida, uy xo’jaliklari, kompaniyalar, davlat va 
xorijliklarni ham qo’shganda, keyingi yillarda ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
pasaytirmasdan, iqtisodiyot iste’mol qilishi mumkin bo’lgan umumiy yillik ishlab 
chiqarish hajmini ifodalaydi. 
Daromadlar bo’yicha SIMni hisoblashda YAIMdan amortizatsiya ajratmalari 
(asosiy kapital iste’moli) chegirib tashlanadi, xarajatlar usulida esa, hisob-
kitoblarda yalpi xususiy investitsiyalar o’rniga, undan eskirgan asosiy kapitalni 
qoplashga yo’naltirilgan investitsiyalarni ayirish natijasida hisoblangan sof ichki 
investitsiyalar olinadi. 
Iqtisodiy-statistik tahlil ishlarida ushbu sof ishlab chiqarish hajmini ishlab 
chiqarish uchun jamiyat qancha resurslar sarflaganini aniqlash muhim rol 
o’ynaydi. SIM tarkibida joriy iqtisodiy resurslar ulushini ifodalamaydigan yagona 
element bo’lib biznesga bilvosita soliqlar hisoblanadi. Davlat biznesni sof bilvosita 
soliqlarga tortish evaziga ishlab chiqarishga hech narsa kiritmaydi. Shu sababli 
davlatga iqtisodiy resurs etkazib beruvchi sifatida qaralmaydi. Shunday qilib, 
mehnat haqi, renta to’lovlari, ushbu yilda ishlab chiqarilgan YAIM hisobiga 
olingan foydadan foizlarning umumiy hajmini hisoblash uchun SIMdan biznesga 
bilvosita soliqlar chegirib tashlanishi kerak. 
Shu zayilda olingan ko’rsatkich milliy daromad (MD) deb yuritiladi. 
Resurslarni etkazib beruvchilar nuqtai nazaridan MD joriy ishlab chiqarishda 
qatnashish hisobiga olingan daromadlarni ifodalaydi. Kompaniyalar nuqtai 
nazaridan MD ishlab chiqarish omillari yoki resurslar narxlarini o’lchovi bo’lib 
hisoblanadi: MD ushbu yildagi ishlab chiqarish hajmini yaratishga sarflangan 
iqtisodiy resurslarning bozor narxlaridagi qiymatini ifodalaydi. 


53
MDni shuningdek YAIM tarkibidagi daromadlar yig’indisi sifatida aniqlash 
mumkin, biroq bunda YAIMdan farqli o’laroq, unga amortizatsiya ajratmalari va 
biznesga bilvosita soliqlar qo’shilmaydi. 
Shaxsiy daromad 
(olingan daromad) va MD (ishlab topilgan daromad) shu 
bilan farqlanadilarki, mehnat bilan ishlab topilgan daromadning bir qismi -
ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar (ijtimoiy sug’urtaga soliqlar), korporatsiyalar 
foydalariga soliqlar va korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydalari – amalda uy 
xo’jaliklariga etib bormaydi. Bundan farqli o’laroq, uy xo’jaliklari ixtiyoriga kelib 
tushgan daromadlarning bir qismi – masalan, transfert to’lovlari – mehnat natijasi 
bo’lib hisoblanmaydi. Transfert to’lovlariga quyidagilar kiradi: qarilik va baxtsiz 
xodisalarni sug’urtalash bo’yicha to’lovlar; ijtimoiy dasturlarga asoslangan 
ishsizlik bo’yicha to’lovlar; faxriylarga turli to’lovlar, masalan, mehnatga 
qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqalar; ishsizlik bo’yicha nafaqalar va xususiy 
nafaqalar (pensiyalar); iste’molchilarga davlat tomonidan foiz to’lovlari.
 
Nima sababdan biz davlat qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha foiz to’lovlarini 
joriy ishlab chiqarishda ishlab topilmagan daromad sifatida qaraymiz? Axir 
xususiy kompaniyalarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizlari MDga ishlab 
topilgan daromad tarzida qo’shiladi-ku. 
Bunday istisnoning sababi nima? Sababi – davlat qarzining asosiy qismi, 
odatda, urushlar, mamlakat mudofaasini ta’minlash hamda ishlab chiqarishning 
pasayishi bilan uzviy bog’liqlikda bo’lganligidadir. 
Aeroportlar va magistral yo’llar qurilishi bilan bog’liq bo’lgan hukumat 
kamomadidan farqli o’laroq, harbiy xarajatlar va ishlab chiqarishning pasayib 
ketishi bilan bog’liq bo’lgan kamomad iqtisodiyot uchun ishlab chiqarish 
aktivlarini (xizmatlarni) yaratmaydi. Shunday qilib, bunday qarz uchun to’langan 
foiz qandaydir ishlab chiqarish va daromadlar hajmining oshishini ifodalamaydi. 
Huddi shunday mulohaza iste’mol bo’yicha qarzdorlikka foiz to’lovlarining 
transfert to’lovlariga kiritilishi uchun asos bo’lishi mumkin. 
Ishlab topilgan daromadni o’lchaydigan MDdan haqiqatda olingan shaxsiy 
daromad ko’rsatkichiga o’tishda MDdan ishlab topilgan, lekin olinmagan uch 
turdagi daromadlar chegiriladi hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi bo’lib 
hisoblanmaydigan daromadlar qo’shiladi: 
MD(ishlab topilgan daromad) - ijtimoiy sug’urtaga badallar - 
korporatsiyalarning foyda solig’i - korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi + 
transfert to’lovlari = Shaxsiy daromad (olingan daromad). 
Ixtiyordagi daromad (ID)ni aniqlash uchun shaxsiy daromaddan individual 
soliqlarni ayirish lozim. Individual soliqlarga jismoniy shaxslar to’laydigan 
daromad solig’i, shaxsiy mulkka soliq va vorislik uchun soliqlar kiradi. Ularning 
ichida etakchi o’rinni jismoniy shaxslar to’laydigan daromad solig’i egallaydi. 


54
ID –uy xo’jaliklari oqibatda foydalanishlari mumkin bo’lgan daromaddir. Uy 
xo’jaliklari IDning bir qismini iste’mol tovarlari va xizmatlarini xarid qilish uchun 
sarflasalar, undan ortib qolgan boshqa qismini jamg’arib boradilar. 

Download 7,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish