Davlat transfertlari va daromadlari tahlili



Download 441 Kb.
bet1/13
Sana23.07.2022
Hajmi441 Kb.
#844217
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
198 Iqt Kadambayev R. Davlat transfertlari va dar. tah.


O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI


ОLIY VА O’RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI


URGАNCH DАVLАT UNIVЕRSITЕTI
" IQTISODIYOT" FAKULTETI


MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH


fаnidаn


KURS ISHI
DAVLAT TRANSFERTLARI VA DAROMADLARI TAHLILI
Topshirdi: Kadambayev Raxmatillo


Qabul qildi: Xolmurotov Foziljon
Urgаnch – 2022


MUNDARIJA





I-BOB
1.1
1.2


2-BOB


2.1
2.2


3

BUDJET JARAYONI BOSQICHLARI VA UNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI


Budjet jarayonini tashkil etishning nazariy-huquqiy asoslari............6
O’zbekiston Respublikasi budjet jarayonining olib borilishida tegishli davlat organlarining asosiy vazifalari.................................15

  1. bob bo’yicha xulosa................................................................21

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUDJET LOYIHASINI TUZISH VA UNING URO ETILISHINING AMALDAGI


HOLATI.......................................................................................23
O’zbekiston Respublikasi budjet loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.............................................................................................23
Budjet ijrosi va uning nazorati tahlili............................................32

XULOSA VA TAKLIFLAR........................................................45

FOYDALANIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.......................48

KIRISH




Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bizga ma’lumki, o’tgan yillar mobaynida olib borilgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi qay darajada ekanligini ko’rsatib berdi. Bu borada, davlat moliyasi tizimining puxta ishlab chiqilganligi o’z natijalarini berdi. Xususan, Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’at1arini saqlab qolish, jumladan, Davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’min1ash — eng muhim ustuvor vazifamizdir.”'-deya ta’kidlab o’tdilar. Ayniqsa, o’tgan yillar mobaynida mamlakatimizda zamonaviy Davlat budjetining barpo etilganligi, budjet tizimi faoliyatini ta’minlashda budjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofıq tartibga solinishiga tegishli bo’1gan davlat hokimiyat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda budjet jarayoni ishtirokchilarining faoliyati samarali tashkil qilinganligi budjet jarayoni munosabatlarini ta’minlab berdi. Biroq, budjet jarayonini tashkil qilishda ko’zga ko’rinarli natijalarga erishgan bo’lsada, shu bilan birga budjet jarayonini tashkil qilishda ayrim muammolar ham mavjud. Mavjud muammolarni echimini topish, budjet jarayonini tashkil qilishda ishtirok etuvchi organlar faoliyatini yanada takomillashtirish, budjet loyihasini shakllantirish va ijro etishda budjet nazoratini samarali tashkil etish bugungi kunning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Shu bois, budjet jarayonini tashkil etishda O’zbekiston Respublikasi budjet jarayonining asosiy ishtirokchilari faoliyati hamda samarali budjet nazorati o’rnini va ahamiyatini oshirish mavzuning dolzarbligini o’zida aks ettiradi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yi1da ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. 16.01.2017-y. Xalq so’zi gazetasi.


Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisida Moliya vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi toʻgʻrisida axboroti eshitildi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020-yil birinchi yarim yillik ijrosi “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan byudjet parametrlari doirasida hamda Prezidentimizning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, global inqiroz oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan farmon va qarorlari, qolaversa, Hukumat va Inqirozga qarshi kurashish komissiyasining qarorlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan.
Dunyo miqyosida kechayotgan global oʻsish surʼatlari pasayishi jarayonining mamlakat iqtisodiyotga ham taʼsir etishi natijasida 2020-yil birinchi yarim yili yakuniga koʻra, yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 255,3 trln. soʻmni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 % ni tashkil etgan.
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjet 2020-yil birinchi yarim yili daromadlari 71,6 trln. soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 28,8 foiz, xarajatlari esa 80,5 trln. soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 32,4 foizni tashkil etgan.
Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida Davlat byudjetining 2020-yil 6 oylik daromadlari 58,2 trln. soʻmga yoki tasdiqlangan yillik parametrlarga nisbatan 45,3 foizga ijro etilgan. Hisobot davrida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga koʻp mablagʻ tushirilishiga erishilgan.
Davlat byudjetining 2020-yil birinchi yarim yilligi xarajatlari 64,9 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan. Natijada 23,1 trln. soʻm miqdoridagi ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda 5,0 trln, soʻm miqdoridagi ish haqiga nisbatan ajratmalar toʻliq va muddatida moliyalashtirilgan.
Qolaversa, oʻtgan 6 oy davomida iqtisodiyot xarajatlariga Davlat byudjetidan 9,0 trln. soʻm yoki jami xarajatlarning 13,9 foizi, investitsiya xarajatlariga esa 6,0 trln, soʻm yoki jami xarajatlarning 9,2 foizi sarflangan.
Hisobot davrida sogʻliqni saqlash, nafaqa va moddiy yordam toʻlovlari, iqtisodiyot va investitsiya xarajatlarining oʻsishi yuqori boʻlishiga mamlakatda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va pandemiya sharoitida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlari boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlar asosiy omil boʻlgan.
Xususan, 2020-yilning 1-iyul holatiga Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 5,6 trln. soʻmlik koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, tadbirkorlikni va aholi bandligini koʻllab-quvvatlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar moliyalashtirilgan.
Bundan tashqari, hisobot davrida mahalliy byudjet mablagʻlarini mustaqil boshqarishni mustahkamlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini kafolatlangan moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlash, mahalliy hokimliklarni mahalliy byudjetlarni shakllantirishda va mablagʻlardan samarali foydalanishda masʼuliyati va javobgarligini oshirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.
Xususan, joriy yilning birinchi yarim yilida mahalliy byudjetlarning daromadlar prognozi jami 10,2 trln. soʻm etib belgilangan va reja amalda 12,9 trln. soʻmga ijro etilgan. Bunda asosan hududlarda yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, kam quvvatli korxonalarning ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, yangi va qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish va legallashtirish, soliq qarzini qisqartirish, kameral oʻrganishlar oʻtkazish orqali belgilangan prognoz rejalar ijrosi taʼminlangan.
Majlisda mahalliy byudjetlarning hududlar boʻyicha umumiy daromadlar prognozi bajarilgan boʻlsa-da, ammo ayrim soliq turlari boʻyicha belgilangan reja-topshiriqlari bajarilmagani taʼkidlandi. jumladan, joriy yilning 1-iyul holatiga mahalliy byudjetlarga soliqlardan qarzdorlik 2,9 trln. soʻmni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 112 mlrd. soʻmga oshgan. Mahalliy byudjetlarning Davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi 22,1 foizni, uning jami xarajatlardagi ulushi 31,1 foizni tashkil qilgan. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasining tarqalishi, karantin choralarining qoʻllanilishi natijasida mahalliy byudjetlar xarajatlariga ham bir qator oʻzgartirishlar kiritilgani taʼkidlandi.
Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy byudjetlar xarajatlaridan qariyb 1 trln. soʻmga maqbullashtirilgan. 2020-yilning 27-28-aprel kunlari kuchli shamol oqibatida Buxoro viloyatida zarar koʻrgan aholi va iqtisodiy-infratuzilma obyektlariga 164 mlrd. soʻm hamda 1-may kuni “Sardoba suv ombori” toʻgʻonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida jabrlangan aholini qoʻllab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash xarajatlariga joriy yilning yarim yilida 500 mlrd. soʻm qoʻshimcha mablagʻlar yoʻnaltirilgan.
Qolaversa, 2020-yil 1-apreldan boshlab 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 10 foizga oshirilgan. Ushbu tadbirlar natijasida, joriy yil yakuniga qadar ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam oluvchilar soni 657,8 ming (+ 60,3 ming) ta oilani tashkil etib, ularga qoʻshimcha nafaqalarni toʻlash uchun Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 211,8 mlrd. soʻm mablagʻ nazarda tutilgan boʻlib, shundan 91,3 mlrd. soʻm moliyalashtirib berilgan.
Shuningdek, hisobot davrida aniqlangan kamchiliklarga eʼtibor qaratildi. Jumladan, aniqlangan qoʻshimcha daromadlarga nisbatan 51,7 mlrd. soʻmlik mablagʻlarning byudjetga undirilishi taʼminlanmagan.
Shu bilan birga, pandemiya sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarining oʻz muddatida tushmaganligi natijasida yuzaga kelgan vaqtinchalik kassa uzilishi oldini olish hamda belgilangan xarajatlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish maqsadida hisobot davrida mahalliy byudjetlarga respublika byudjetidan 626 mlrd. soʻm byudjet transfertlari ajratilgan.
Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrilgan choralar natijasida 7 669 ta mikrofirma, kichik korxona va YATTlarning mol-mulk, yer va suv soligʻini 2020-yil 1-oktyabrga qadar kechiktirib toʻlash uchun 132,7 mlrd. soʻm imtiyozlar berilgan.

Download 441 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish