Bilim Ta’l Ta’l “oliy m sohasi: lim sohas lim yo’na oliy V t y matem



Download 7,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/131
Sana02.04.2022
Hajmi7,89 Mb.
#524906
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   131
Bog'liq
73aa109ba03f4ec2e6c7f0c801b3e42f0c3191c5

YAIM va narxlar darajasi. 
YAIM – pul, vaqt va sifat ko’rinishidagi 
ko’rsatkich bo’lib sanalgani sababli, uning hajmini hisoblashda narxlar 
o’zgarishining ta’siri kuchli bo’ladi. YAIM hajmiga uning tarkibiga kiruvchi 
barcha pirovard tovar va xizmatlarning jismoniy hajmlaridagi hamda narxlaridagi 
o’zgarishlar ta’sir o’tkazadi. Ammo bizni, narxlar emas, balki, birinchi navbatda, 
ishlab chiqarilgan va uy xo’jaliklarining iste’moli uchun yo’naltirilgan tovar va 
xizmatlar miqdori qiziqtiradi. 
YAIM qiymatining o’zgarishi, ko’p holatlarda ishlab chiqarish ne’matlarining 
hajmi hisobiga emas, balki kuchli inflyatsiya hisobiga, sodir bo’lishi mumkin. 
Masalan, YAIM qiymatining 4 foizga o’sishi, past darajadagi inflyatsiya 
sharoitida ishlab chiqarish hajmining 4 foiz o’sishi hisobigami yoki ishlab 
chiqarish hajmi o’zgarmagan xolda inflyatsiya darajasining 4 foizga o’sishi 
hisobiga, yoki ikkala omil 2 foizdan o’sishi hisobiga olingani to’g’risidagi savolga 
to’g’ridan-to’g’ri javob bera olmaymiz. 
Bunda asosiy muammo bo’lib pul ko’rsatkichini (vaqt, miqdor) shunday 
to’g’rilash kerakki, narxlar o’zgarishini emas, balki mahsulot miqdori, yoki fizik 
hajmining o’zgarishini aniq ko’rsatsin. 
Turli mamlakatlar statistika xizmatlarida har bir davr uchun YAIM hajmi 
o’zgarmas narxlarda hisobga olib boriladi. Ushbu uslub joriy davr ishlab chiqarish 
hajmini baza qilib tanlab olingan yil narxlarida hisoblashga asoslangan. Masalan, 
Xalqaro valyuta jamg’armasining har oyda nashr etiladigan “Xalqaro moliya 
statistikasi” nomli statistik to’plamlarida Xalqaro valyuta jamg’armasiga a’zo 
mamlakatlar YAIM hajmining dinamikasini hisoblashda bazaviy yil sifatida 2005 
yil tanlangan. 
Narxlar darajasini o’lchash ikki holat bilan belgilanadi.
Birinchidan, ma’lum vaqt davomida narxlar darajasi qanchaga o’zgarganligini 
aniqlash muhim masala hisoblanadi. Biz doimo inflyatsiya yoki deflyatsiya 
(narxlarning pasayishi) sodir bo’lganligini, agar sodir bo’lgan bo’lsa, uning 
ko’lami qanday bo’lganligini bilib turishimiz lozim. 
Ikkinchidan, YAIM joriy yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard 
tovar va xizmatlarning bozor qiymatini, yoki boshqacha aytganda, umumiy ishlab 
chiqarish hajmining turli komponentalarini yagona asosga keltirib pul 
ko’rinishdagi qiymatini ifodalagani sababli, keng tarqalgan asosiy makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Turli yillarda ishlab chiqarilgan ishlab 
chiqarish hajmlarini faqat pul birligi qiymati o’zgarmagan holda taqqoslash 
mumkin. 


55
Narxlar darajasi indeks ko’rinishida ifodalanadi. Narxlar indeksi ushbu 
davrdagi ma’lum tovar va xizmatlar to’plami umumiy narxining, ya’ni “bozor 
savatchasi”ning, bazaviy yildagi huddi shunday tovar va xizmatlar umumiy 
narxlariga nisbatini ifodalaydi. 
Masalan, agar narx indeksi 2 ga teng bo’lsa, bu joriy yilda bazis yiliga 
nisbatan narxlarning 2 barobar oshganligini yoki inflyatsiya darajasi 200%ga teng 
bo’lganligini anglatadi. Agar indeks 33%ga yoki 0,33ga teng bo’lsa, narxlar 
67%ga pasaygan bo’ladi. 
YAIM deflyatorini hisoblash uchun nominal YAIMni real YAIMga bo’lish 
kerak. YAIM deflyatori iqtisodiyot bo’yicha umuman narxlar darajasi qanchaga 
o’zgarganligini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida narxlar darajasining 
o’sishini nafaqat butun iqtisodiyot bo’yicha, balki YAIMning turli elementlari 
bo’yicha aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqsadlarda statistika idoralari 
tomonidan iste’mol narxlari indeksi (INI), sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchilari narxlari indeksi (SMICHNI), eksport-import mahsulotlari indeksi, 
kapital mablag’lar (investitsiyalar) narxlari indeksi va boshqa ko’rsatkichlar hisob-
kitob qilib boriladi. 
Ularning orasida eng keng tarqalgan va mashhur bo’lgani INI hisoblanadi. 
Chunki INI YAIMning muhim komponentalaridan biri bo’lgan – uy 
xo’jaliklarining pirovar iste’mol uchun xarid qilgan tovar va xizmatlarga 
narxlarning o’zgarishini ifodalaydi. 
YAIM deflyatori va INI orasida uchta shartli farqlanishlar mavjud: 
– YAIM deflyatori mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha pirovard 
tovar va xizmatlarga narxlar o’zgarishini ifodalasa, INI uy xo’jaliklari tomonidan 
xarid qilingan tovar va xizmatlarga narxlarning o’zgarishini ifodalaydi. Demak, 
firmalar yoki davlat tomonidan sotib olingan tovar va xizmatlarga narxlarning 
o’zgarishi INIda inobatga olinmaydi; 
– YAIM deflyatori faqat ushbu mamlakat hududida ishlab chiqarilgan tovar 
va xizmatlarga narxlarning o’zgarishini ifodalab, import tovar va xizmatlariga 
narxlar o’zgarishini, ular YAIM tarkibiga kiritilmaganligi sababli, hisobga 
olmaydi. Masalan, Rossiyada ishlab chiqarilgan va O’zbekiston aholisiga sotilgan 
“Lada” avtomobiliga narxlarning o’zgarishi O’zbekiston YAIM deflyatorida 
hisobga olinmaydi, chunki ushbu avtomobil Rossiyada ishlab chiqarilgan. Biroq, 
bu mahsulot O’zbekiston aholisiga sotilganligi sababli, O’zbekiston INIda hisobga 
olinadi; 
100


narxi
yildagi
joriy
savatchasi
Bozor
narxi
yildagi
joriy
savatchasi
Bozor
indeksi
Narxlar


56
– INI tarkibiga kiritilgan tovar va xizmatlar hisob–kitoblarda o’zgarmas 
vaznlarda olinadi. YAIM deflyatori esa vaznlardagi o’zgarishlarni hisobga oladi. 

Download 7,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish