MA’RUZA – 5
Mavzu: Asosiy abiotik omillar: Yorug’lik va issiqlik (h’arorat) – ekologik omil sifatida. Organizmlarning yorug’lik
va issiqlik omiliga moslashuvi
Reja:
1. Yorug’lik - ekologik omil sifatida.
2. O’simliklarning yorug’lik omiliga moslashuvi. Yorug’likning h’ayvonlar h’ayotidagi ah’amiyati.
3.
İssiqlik - ekologik omil sifatida, o’simliklarning issiqlik omiliga moslashuvi.
4. Hayvonlar h’ayotida issiqlikning ah’amiyati va moslanish yo’llari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Geleofit, stsiofit, fakultativ geleofitlar, fotoperiodizm,
biolyuminestsentsiya, foydali h’arorat miqdori, poykiloterm, gomoyoterm, termofil, psixrofil, fizik, kimyoviy
termoregulyatsiya, xulq-atvor moslanishi.
1 – asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Yorug’lik omili - ekologik omil ekanligini va o’simliklarning
yorug’lik omili munosabatiga ko’ra guruh’lari h’aqida ma’lumot berish.
Eng muh’im ekologik omil - h’ayot omillaridan biri – bu yorug’lik h’isoblanadi. Yorug’lik fizikaviy nuqtai nazardan
olganda yorug’lik manbaidan chiqayotgan elektromagnit to’lqinlaridan iborat energiya nuridir. Bu yorug’lik nuri tirik
organizmlar h’ayotida muh’im rol o’ynaydi.
Ultrabinafsha nurlar orasida er yuzasiga etib keladigan faqat uzun to’lqin uzunlikdagilar to’lqin uzunligi 290 - 380 nm)
h’isoblanadi. Qiska to’lqin uzunlikdagi nurlar esa tiriklikni h’alok qiluvchi h’isoblanib, 20 - 25 km balandlikda O
3
molekulasidan tashkil toptan ozon ekrani tomonidan to’liq yutiladi. To’lqin uzunligi uzun bo’lgan ultrabinafsha nurlar yuqori
kimyoviy faollikga ega. Uning katta miqdori organizmlar uchun zarar bo’lib, kamroq miqdordagisi esa ko’pchilik nurlar uchun
zarur h’isoblanadi.
Demak, yorug’lik manbai Quyosh radiatsiyasi h’isoblanadi. Butun tushayotgan quyosh radiatsiyasining – 2 foizi
atmosfera orqali qaytariladi, 15 foizi atmosferani isitishga ketadi, faqatgina 43 foizi er yuziga kelib tushadi. O’simliklar
tamonidan yil bo’yi qabul qilinadigan yorug’lik – faqatgina yorug’lik tezligiga bog’liq bo’lib qolmasdan, u kunning uzunligiga
h’am bog’liq bo’ladi.
Kunning uzunligi ekvatordan kutblarga tomon oshib boradi. O’simliklar qoplami uchun butun yil bo’yi qabul qilinadigan
radiatsiya yig’indisi emas, balki yil davomida o’simliklar o’sish mavsumidagi yorug’lik miqdori ah’amiyatga egadir.
O’simliklar faqat o’ziga bevosita to’g’ri tushadigan yorug’likdan emas, balki tarqoq h’olda tushadigan yorug’likdan h’am
foydalanadi.
To’g’ri tushadigan quyosh nurlari ko’pincha o’simliklar uchun xavfli bo’ladi. Chunki nurning ta’siri natijasida o’simliklar
tsitoplazmasi va xlorofilllari nobud bo’ladi. Tarqoq h’olda tushadigan yorug’lik o’simliklar tamonidan to’la o’zlashtiriladi. U
foydaliroq bo’lib, uning 50 – 60 % fotosintez jarayoni uchun muh’im bo’lgan zangori - qizil nurlardan iboratdir. To’g’ri
tushadigan yorug’likda bu xildagi nurlar miqdori 30 – 35 % dan oshmaydi.
Yorug’lik sezuvchi o’simliklarda barglar asosan kunning eng xavfli soatlarida radiatsiyani kam qabul qilishga moslashgan.
Barglar gorizontal tekislikka nisbatan katta burchak bilan joylashgan, barglarning bunday joylanishini daraxtlardan evkalipt,
mimozada ko’rishimiz mumkin, juda ko’p o’tchil o’simliklarda uchraydi. Masalai, yovvoyi lagun o’simligida h’amma
barglari shimoldan janubga tomon qaratilgan. Buning natijasida tush paytlaridagi kuchli quyosh nurlari oz miqdorda qabul qilinadi.
Bunday o’simliklarga kompas o’simliklar deyilali. Quyosh yorug’ligi - turli xil to’lqin uzunligidagi, turli xil rangli nurlardan tashkil
15
topadi. Masalan, qizil, sariq-h’avorang, ko’k, zangori, binafsha rang. O’simliklar uchun yorug’lik spektrining zangori - qizil,
ko’k-binafsha nurlari muh’imdir. Sariq-yashil nurlar, h’ammasidan h’am kam yutiladi.
İnfraqizil nurlar deyarli yutilmaydi.
Yuqori h’arorat sharoitida infraqizil nurlar o’simlikka salbiy ta’sir qiladi. Sababi, bu nurlar barg pigmentlari tamonidan
yutilmasdan, balki to’qimalardagi suv tamonidan yutiladi, bu esa o’simliklarning qizib ketishini vujudga keltiradi.
Yorug’lik yashil o’simliklar uchun juda zarur: fotosintez natijasida yutilgan yorug’lik energiyasi kimyoviy
energiyaga aylanadi. O’simliklarning o’sishi, rivojlanishi uchun zarur h’isoblangan organik moddalar h’osil bo’lishida ishtirok
etadi. Yorug’likka bo’lgan talabiga qarab o’simliklarning quyidagi ekologik guruh’lari farq qilinadi:
1. Yorug’sevar o’simliklar (geliofitlar).
2. Soyasevar o’simliklar (stsiofitlar).
3. Oraliq o’simliklar (fakultativ geliofitlar).
1. Yorug’sevar o’simliklar - yorug’lik etarli bo’lgandagina normal o’sishi, rivojlanishi mumkin. Bular soyaga chidamsiz
bo’ladi. Bu guruh’ga dasht va cho’l zonalari o’simliklari, o’tloqlarda o’suvchi yaltirbosh, ariq bo’yi va o’rmonlarning birinchi
yarusini tashkil qiluvchi baland bo’yli daraxtlar, qirg’oq va suv o’tlari, ochiq erlardagi ko’pchilik izdaniy o’simliklar kiradi.
Ko’p yillik o’t o’simliklarining efemeroid tipidagi h’ayot shakllari h’am kiradi.
2. Soyasevar o’simliklar yoki soyada o’suvchilar - yorug’lik kuchsiz tushadigan joylarda o’sadi. Ular kuchli
yorug’likni yoqtirmaydi. Bularga, o’simlik qoplamining pastki yaruslarida o’suvchi turlar, moxlar, paporotniklar, tog’
binafshasi misol bo’ladi. Undan tashqari ko’pchilik xona va o’simlik jamoasining pastki yarusidagi o’simliklar h’am.
Yorug’sevar va soyasevar o’simliklarni solishtirib qaraganda ularning anatomiya, morfologiya, fiziologiyasida sezilarli farq
borligini ko’rish mumkin (jadval-1).
3. Fakultativ geliofitlar - yaxshi yorug’lik tushib turganda yashaydi, lekin soyaga h’am chidamli bo’ladi. Bu guruh’ga
asosan o’rmon o’simliklari kiradi. Bu 3 ta ekologik guruh’ aniq bir chegaraga ega emas, chunki ularning orasida bir-
biriga o’tadigan shakllari bor.
Jadval -1
Yorug’lik va soyasevar o’simliklarning asosiy xarakterli belgilari
Do'stlaringiz bilan baham: |