Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/70
Sana17.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#68512
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70
Bog'liq
leksiy ekalogiya

,MA’RUZA  –  4  

Mavzu: Muh’it va ekologik omillar 

Reja: 

 

1.  Muh’it va moslanish tushunchalari. 



2.  Ekologik omillar va ularning klassifikatsisi. 

3.  Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’sir etishining umumiy qonuniyatlari. 

 

Mavzuga  oid  tayanch  tushuncha  va  iboralar:  Muh’it,  moslanish,  h’ayot  muh’itlari,  ekologik  omil,  abiotik,  biotik, 

antropogen, fitogen, zoogen, mikrobogen, optimal, maksimum, minimum, kritik nuqta, ekologik valentlik, cheklovchi omil. 

 

1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maksadi:  Muh’it, h’ayot muh’itlari, moslanish, uning xillari h’aqida talabalarga 

tushuncha berish.  

Muh’it  tevarak  -  atrofdagi  o’zaro  bog’lanishlardagi  shart  -  sharoitlar  va  ta’sirlar  majmuidir. Soddaroq  qilib  aytganimizda, 

organizmlarni o’rab olgan barcha omillar yig’indisini tushunamiz. 

Odatda tabiiy va sun’iy muh’itlar mavjud. 

Tabiiy  muh’itni  suv,  quyosh,  shamol,  h’avo,  er,  o’simlik  va  h’ayvonot  dunyosi  kabi  tabiiy  omillar  majmui  tashkil  etadi. 

Sun’iy muh’it inson tamonidan yaratilgan bo’lib, bunda insonning mexnat maxsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muh’itlar bir-biri bilan 

chambarchas bog’liqdir. Ularning bog’liqligini ekologik muh’it tushunchasi ifodalaydi. 

Tirik  organizmlarning  h’ayoti  o’zgarmagan  shart  -  sharoitlar  va  ta’sirlar  barqaror  h’olatida  muvozanat  o’zgarmaydi, 

aksincha, muh’itning shart - sharoitlari va ta’sirlar buzilganda muvozanatsiz h’olat kelib chiqadi. 

Ekologik muh’itning buzilishi atmosferaning er osti suvlarining ifloslanishi, qattiq chiqindi moddalarining to’planishi va 

ozuqaning  zah’arlanishi,  shovqinlarning  ko’payishi,  radiaktiv  moddalar  va  boshqalarning  ta’sirini  ortib  borishida  ko’rinadi. 

İnson tabiat qonunlarini chuqurroq o’rganish o’rniga h’ayot muh’itini tezkorlik bilan buzib ifloslantira boshladi. 

Tirik organizmlar to’rtta asosiy muh’itlarda tarqalgan. Ulardan ikkitasi, ya’ni suv va h’avo muh’itlari o’lik, tuproq muh’iti 

oraliq  va  organizm  (muh’it  sifatida)  tirik  xususiyatlarga  ega.  Har  bir  h’ayot  muh’iti  o’z  navbatida  organizmlar  yashashi  uchun 

h’ar xil yashash joylaridan iborat. Masalan: suv muh’iti quyidagi yashash joylari sifatida uchrashi mumkin: chuchuk va sho’r 

suv, ko’lmak va oqar suv, chuqur va sayoz, iliq va sovuq va h’. 

Tirik  organizmlar  bir  -  birlaridan  farq  qiluvchi  o’ziga  xos  4  ta  muh’itda  tarqalgan  ekan,  ulardan  biri  h’isoblangan  suv 

muh’itda dastlab h’ayot kelib chiqqan. Keyinchalik tirik organizmlar quruqlikga chiqib, tuproq h’osil bo’lishida qatnashaganlar va 

uni  egallaganlar.  Shuningdek,  h’avo  va  boshqa  bir  tirik  organizmni  ichida  yoki  sirtida  h’am  tarqalgandir. Demak, bizga  ma’lum 

bo’lgan tirik tabiat va uning tarkibiy qismlari h’isoblangan zamburug’lar, o’simliklar va h’ayvonlar ana shu muh’itlarda yashashga 

moslashganlar.  Moslashish  turli  darajalarda  va  ko’rinishlarda  namoyon  bo’ladi.  Ko’pchilik  o’simliklar  ortiqcha  qizib  ketishdan 

saqlanish  uchun  boshqa  o’simlik  turining  soyasida  o’sadi.  Bu  erda  moslashish  biotsenotik  darajada  namoyon  bo’lmoqda. 

Asalarilarning  uyalari  xaddan  tashqari  qizib  ketganda  qanotlarini  qoqib  uyani  sovutish  jamoa  darajasidagi  moslashishga 

misol bo’ladi. Hayvonlarning teri bezlari orqali tanasini sovutishi yoki o’simliklarni transpiratsiya orqali barg yuzasini sovutishi 

kabilar organizm darajasidagi moslanishlardir. 

Moslashishning ko’rinishlariga kelsak morfologik, fiziolrgik va xulqiy moslashishlarga ajratiladi. 




 

13 


Morfologik  moslashishlarga  misol  qilib  -  suv  muh’itida  gidrobiontlarning  suvni  qarshiligini kesib yurishga mos tana 

tuzilishi,  plankton  organizmlarning  suvda  osilgan  h’olda  yashashi  kabilar  h’isoblansa,  o’simliklar  dunyosida  cho’l  sharoitida 

minimum suv sarflashga moslashish sifatida barglarning reduktsiyalanishi yoki butunlay bo’lmasligi kabilarni ko’rsatish mumkin. 

Fiziologik  moslanishlar  h’ayvonlarda  ozuqa  tarkibiga  ko’ra  ovqat  xazm  qilish  tizimida  fermentlarining  ma’lum  turlarini 

uchrashi  yoki  cho’lda  yashovchi  h’ayvonlarning  suvga  bo’lgan  talabini  qondirish  uchun  yog’larning  biokimyoviy 

oksidlanishidan foydalanish kabilar kiradi. 

Xulqiy  yoki  etologik  moslashishlar  -  h’ayvonlar  uchun  xos  bo’lib,  turli  shakllarda  namoyon  bo’ladi.  Masalan,  tashqi 

muh’it bilan h’ayvon tanasi o’rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish (boshpana topish), qulay h’aroratli joyni izlab 

topish, shuningdek, qushlar va sut emizuvchilarda sutkalik va mavsumiy ko’chib yurishlari ma’lum. 

Hayvonlar  faqat  h’arorat  omiliga  xulqpy  tomondan  moslashib  qolmay,  balki  namlik,  yorug’lik  va  boshqa  ko’pchilik 

ekologik omillariga h’am moslashadi. 

Xulqiy  moslanishlar  yirtqichlarning  o’ljani  izidan  yurish,  kuzatish  kabilarda  h’amda  o’ljaning  javob  reaktsiyalarida 

ko’rinadi. 

 

2 - asosiy savol bo’yicha O’qituvchi maqsadi: Ekologik omillar va ularning xillarini talabalarga tushuntirish. 



Omil tirik organizmlarga to’g’ridan – to’tri ta’sir etuvchi muh’itning ayrim bir tarkibiy qismidir. Ekologik omillar xilma-

xildir. Shuning uchun ularni tasniflash zarur bo’ladi. 

Ekologik omillarni abiotik (o’lik tabiatning ta’siri), biotik (tirik organizmlar bilan bog’liq  bo’lgan  ta’sir)  va  antropogen 

(inson faoliyati natijasida kelib-chiqadigan ta’sir) omillarga bo’lib o’rganamiz.  

Abiotik omillarga quyidagilar kiradi: 

1. 


İqlim - h’arorat, yorug’lik, h’avo, namlik, radiatsiya, gravitatsiya. 

2.  Edafik - tuproq. Tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, tuproqning fizik xossalari. 

3.  Topografik - orografik - relef sharoiti.  

Biotik omillarga esa quyidagilar kiradi: 

 

1.  Fitogen - o’simliklarning o’simliklarga, o’simliklarning h’ayvonlarga; 



2.  Zoogen - xayvoilarning o’simliklarga, h’ayvonlarning h’ayvonlarga; 

3. Mikrobogen   -    mikroorganizmlarning o’simlik va h’ayvonlarga, o’simlik, h’ayvon, mikroorganizmlarning o’zaro bir-

biriga ta’sirida yaqqol namoyon bo’ladi. 

O’simliklarning  o’simliklarga  ta’siri  deganda  -  bir  turning  ikkinchi  turga  ko’rsatgan  ta’siri  kiradi.  Bunday  ta’sir 

natijasida  ular  o’sadi,  rivojlanadi,  urug’-meva  h’osil  qilib,  unada  kengroq  tarqaladi.  Demak,  h’ar  bir  o’simlik  yashash  uchun 

kurashadi.  Buning  natijasida  o’simliklar  h’ayotida  parazitlik,  simbiozlik  (o’zaro  h’amjixatlik)  neytrallik  kabi  munosabatlar  kelib 

chiqadi. 

O’simliklarning  h’ayvonlarga  ta’siri  -  ba’zi  bir  zah’arli  o’simliklar  va  h’asharotxo’r  o’simliklar  misolida 

ko’rinadi. 

Bizga  tarkibida  zah’arli  modlalar  bor  bo’lgan  o’simliklar  (zah’arli  ayiqtovon,  kampirchopon,  kakra,  bangidevona, 

mingdevona  va  h’.)  h’amda  500  ga  yaqin  o’simliklar  (aldrovanda,  venerina  pashshatutari,  nepetenis,  puzirchatka  va  b.)ning 

h’ayvonlar  bilan  oziqlanishi  fanga  ma’lum.  Bunday  o’simliklar  xasharotxo’r  o’simliklar  deyiladi.  Ular  asosan  botqoqlarda 

o’sadi. Botqoq erlarda azotli moddalar kam bo’lganligi sababli, h’asharotxo’r o’simliklar bu moddalarga bo’lgan talabini shu erda 

yashaydigan h’asharotlar bilan oziqlanishi orqali qondiradi. Buning uchun xasharotxo’r o’simliklar uzoq evolyutsiya davomida 

maxsus moslanishlarga (xasharotlarni tutib h’azm qiluvchi)  egadirlar.  Ularning tuklaridan ferment (suyuqliklar)  ajraladi 

va suyuqlik xasharotlarni parchalab xazm bo’lishiga imkon beradi. 

Hayvonlarning  o’simliklarga  ta’siri  -  ko’pchilik  h’ayvonlar  o’simliklar  bilan  oziqlanganda  o’simliklarning 

spora,  urug’  va  mevalarining  tarqalishiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Ba’zi  zararkunandalarning esa o’simliklar h’ayotiga salbiy 

ta’siri  h’ammamizga  ma’lum.  Masalan:  karam  kapalagi,  g’o’za  qurti,  kartoshka  qo’ng’izi,  donli  ekinlarning  zararkunandalari 

kabilar. 

Hayvonlarning h’ayvonlarga ta’siri - buni tabiatda yirtqich o’lja o’rtasidagi munosabatda aniq ko’rish mumkin. Bunda o’lja 

dushmanidan h’imoyalanishiga intiladi. 

Mikroorganizmlarning  o’simlik  va  h’ayvonlar  ta’sirini  -  ba’zi  kasallik  tug’diruvchi  mikroblarning  o’simlik  va 

h’ayvonlarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishda ko’rish mumkin. O’simlik, h’ayvon, mikroorganizmlarning o’zaro ta’siri - 

avvalo  ularning  tuproqda  birgalikda  yashashida  seziladi.  Natijada  ular  o’zaro  murakkab  munosabatlarda  bo’ladilar.  Bunday 

munosabatlar oziqa zanjiridagi biotik munosabatlarda yaqqol ko’rinadi. 

 

3 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Omilning organizmga  ta’sir kuchini,  kritik nuqta,  ekologik valentlik 



h’aqida ma’lum tushuncha berish. Cheklovchi omillar ta’sirini yoritib berish.  

Ekologik  omillar  qanchalik  xilma-xil  bo’lmasin,  ularning  tirik  organizmlarga  ta’sir  etishi  xarakteri  nuqtai  nazaridan 

ular  uchun  umumiy  bo’lgan  qonuniyatlar  mavjud.  Omillarning  qulay  ta’sir  etuvchi  kuchi  optimum  zona  deb  qaraladi  yoki 

optimum deyiladi. Ekologik omil organizmga xaddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli (maksimum) ta’sir etishi mumkin. 

Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta’sirida organizm nobud bo’ladi. 

Muh’itning  biror  omiliga  keng  doirada  moslashgan  zkologik  turlarga  evri  old  ko’shimchasini  ko’shib,  tor  doirada 

moslashganlarga  steno  old  ko’shimchasini  ko’shib  nomlanadi.  Haroratga  nisbatan  evriterm,  stenoterm;  namlikga  nisbatan 

evrigidrid,  stenogidrid;  sho’rlanishga  nisbatan  evrigal,  stenogal,  bosimga  nisbatan  evribat,  stenobat,  yorug’likga  nisbatan 

evrifot, stenofot kabi ekologik guruh’larga ajratiladi. 

Kritik nuqtalar orasidagi chidamlik chegarasi mavjudodlarning muh’it omillariga nisbatan ekologik valentligi h’isoblanadi. 

Tashqi muh’itning turli omillariga nisbatan ekologik valentliklar yig’indisi turning ekologik spektrini tashkil etadi. 



 

14 


Organizmlarning normal h’ayoti uchun ma’lum darajada sharoit talab etiladi. Agar barcha sharoitlar qulay bo’lib, ulardan 

biri etarli miqdorda bo’lmasa, uni cheklovchi omil deb ataladi. Cheklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi yoki yashay 

olmasligini belgilab beradi. 

1840  yilda  ximik-organik,  agrokimyo  asoschilaridan  biri  Yu.Libix  o’simliklarning  mineral  oziqlanish  nazariyasini 

ilgari  suradi.  U  shu  narsani  aniqladiki,  o’simliklarning  rivojlanishi  faqat  organizm  uchun  etarli  miqdorda  bo’lgan  kimyoviy 

elementlar yoki moddalarga bog’liq bo’lib qolmasdan, balki etishmaydiganlarga h’am bog’liq bo’ladi. Masalan: ortiqcha suv yoki 

azot-tuproqda  mikromiqdorda  uchraydigan  temir  va  bor  etishmasligining  o’rnini  bosa  olmaydi.  Libix  o’zining  «minimum 

qonuni»ni  shakllantirdi.  Bunga  asosan  -  tuproqdagi  minimum  miqdorda  uchraydigan  oziq  moddalarning  miqdorini  albatta 

oshirish kerak. 

«Minimum  qonuni»  faqat  o’simlik  uchungina  xos  bo’lmasdan,  balki  insonga  h’am  xosdir. 

İnson  salomatligi  o’ziga  xos 

moddalar  bilan  aniqlanadi, odatda  bu  moddalar  organizmda  judayam  kam  miqdorda  uchraydi. Agarda  bu  moddalarning  miqdori 

mumkin  bo’lgan  minimum  chegarasidan  h’am  pastga  tushib  ketsa,  inson  uning  etishmasligini  vitamin  yoki  mikroelement 

iste’mol qilishi bilan to’ldiradi. 

Amerikalik olim V.Shelfordning ko’rsatishicha, - faqat minimumdagina uchrovchi moddalar emas, balki ortiqcha element 

h’am h’osildrrlik yoki organizmlarning h’ayotiyligini aniqlashi mumkindir. 

V.Shelford  bo’yicha  -  ortiqcha  yoki  etishmaydigan  omillar  -  chegaralovchi  bo’lib,  bunga  chegaralovchi  omil,  yoki 

«tolerantlik qonuni» deb ataladi. 

Minimum va maksimum chegaradan tashqariga chiqadigan omillar - cheklovchi omillardir. 

Turlarning  shimolga  tomon  siljishiga  h’arorat  omilining  etishmasligi  ta’sir  etsa,  qurg’oqchil  rayonlarda  (janubda) 

namlik  yoki  yuqori  h’aroratning  ta’siri  cheklovchi  h’isoblanadi. Demak,  cheklovchi  omillar  turlarning  geografik  tarqalishni  h’am 

belgilaydi.  Cheklovchi  omillar  faqatgina  abiotik  omil  bo’lib  qolmasdan,  balki  biotik  omillar  h’am  bo’lishi  mumkin.  Gulli 

o’simliklar  turlarini  biror  joyga  iqlimlashtirishda  ularni  changlatuvchi  h’asharotlar  cheklovchi  omil  bo’ladi.  Cheklovchi 

omillarni aniqlash amaliy jih’atdan muh’im ah’amiyatga ega. 




Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish