MA’RUZA – 2
Mavzu: O’zbekistoining sotsial - ijtimoiy ekologik muammolari
Reja:
1. Ekologik muammo tushunchasi.
2. O’bekistonning sotsial - ijtimoiy ekologik muammolari xakida
(
İ.Karimov. «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» kitobi asosida).
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: ekologik muammo, ekologik inqiroz, er cheklanganligi, sho’rlanish, suv
tanqisligi, h’avo ifloslanishi.
Hozirgi vaqtda tirik organizmlar - o’simlik, h’ayvonot dunyosi va odamning atrof - muh’it bilan munosabatlari fan va
texnika taraqqiyotining jadallashuvi tufayli borgan sari keng miqyosda sodir bo’lib, avvalgi tabiiy barqaror muvozanat ayrim
joylarda buzilish arafasida, ba’zi o’lkalarda esa u butunlay buzilib, xavfli, h’atto h’alokatli ekologik vaziyat tarkib topmokda.
Binobarin, inson tabiatga, o’z navbatida tabiat insonga aks ta’sir qilmoqdaki, buning oqibatida murakkab, ko’p qirrali
va turli xususiyatli muammolar yuzaga kelib, o’zaro ta’sir kuchaygan sari ular tezlik bilan shakllanib bormokda.
İnson faoliyati ta’sirida biosferaning o’zgarishi katta tezlik bilan bormokda. V.İ.Vernadskiy tomonidan inson er
kurrasining qiyofasini o’zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini ta’kidlab o’tilgan edi.
İnsonning tabiiy
jarayonlarga ana shunday munosabatda bo’lishi natijasida XX asrning o’rtalarida ekologik muammolar juda h’am avj olib ketdi.
Demak, ekologik muammo deganda - insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri bilan bog’lik xolda tabiatning insonga
aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotida, h’ayotida, xo’jalik axammyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog’lik
(stixiyali talofatlar, iqlimning o’zgarishi, h’ayvonlarning yalpi ko’chib ketishi va boshqalar) h’ar qanday xodisani tushunamiz.
Ekologik muammolarni uch guruxga ajratish mumkin:
1. Mah’alliy (lokal).
2. Mintaqaviy (regional).
3. Umumsayyoraviy (global).
Ayrim yirik shah’arlar, sanoat markazlari, aloxida tumanlarda mah’alliy;
Orolbo’yi, Chernobildagi muammolar mintaqaviy;
Ozon tuynuklari muammosi, ishqorli va kislotali yomg’irlar, cho’llanish jarayoni, Dune okeanining ifloslanishi kabilar
umumsayyoraviy ekologik muammolar h’isoblanadi.
Er yuzida ekologik tang vaziyatli xududlarning keskin ko’payishi umumsayyoraviy ekologik inqiroz xavfining real
ekanligini ko’rsatadi. Agar keyingi 30 - 40 yil ichida ekologik muammolarni h’al qilish uchun barcha zarur chora tadbirlar
ko’rilmasa, ekologik inqiroz muqarrardir.
Ekologik inqiroz - insonlar jamiyati va tabiat orasidagi nomuvofiqlik bo’lib, biosfera resurslariga bog’liq bo’ladi.
Ekologik inqirozning belgilari - oziq muammolari, demografik portlash, tabiiy resurslarning tugashi, h’avo va
suvning ifloslanishida, urbanizatsiya jarayonida, tabiiy peyzajlar, dam olish va davolanish jarayonlarining qisqarib ketishida
ko’rinadi. Shuning uchun qam h’ozirgi inson - o’zining butun h’ayoti davomida eng qiyin sinovda turibdi, desak
mubolag’a bo’lmaydi.
O’zbekistonda keyingi 30 - 40 yil mobaynida yangi qazilma boyliklar konlarining topilishi, qulay tabiiy va iqlimiy
sharoitlar h’amda meh’nat boyliklarining ko’pligi tufayli ishlab chiqarish kuchlari nixoyatda tez tarakqiy etdi.
Endilikda O’zbekistonda mashinasozlik, metallurgiya, rangli metallurgiya, energetika, kimyo, qurilish materiallari ishlab
chiqish, gaz va neftni qayta ishlash, shuningdek engil va oziq - ovqat h’amda boshqa sanoat korxonalari keng rivojlangan.
O’zbekistonimiz mustaqil davlat deb e’lon qilingandan so’ng sanoat korxonalarini yangi zamonaviy dastgoxlar: kompyuterlar bilan
boshqariladigan murakkab mexanizmlar bilan jih’ozlash boshlandi, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, to’qimachilik, oziq -
ovqat kabi yangi sanoat korxonalari tez sur’atlarda qurila boshladi.
Fan - texnika taraqiyotining jadallashuvi, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanmaslik, tabiatga nisbatan qo’pol munosabatlar
va boshqalar ekologik muammolarni vujudga keltirdi.
Prezidentimiz
İ.A.Karimovning «O’zbekiston XXI - asr bo’sag’asida» kitobida O’zbekistondagi vujudga kelgan
murakkab vaziyatlar nimadan iboratligini aniq ko’rsatib bergan.
Bular nimalardan iborat:
Birinchidan, erning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog’lik h’avf to’xtovsiz ortib bormokda. Er
odamni boqadi, kiyintiradi. Er ulkan boyligimiz bo’lishi bilan birgalikda kelajakni belgilash omili h’amdir.
Respublikaning 447,4 mint kvadrat km dan ortiq bo’lgan umumiy maydonning 16 % ekin maydonlari tashkil etadi.
O’zbekiston egallab turgan maydonning ancha qismini Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt kabi cho’l va yarim cho’l erlar tashkil
etadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O’zbekistonda ah’olining zichligi ayiiqsa yuqori bo’lib, 1 km
2
ga 51,4 kishi to’g’ri
keladi. Qozog’istonda 6,1; Qirg’izistonda 22,7; Turkmanistonda 9,4 kishini tashkil etadi. Respublikamizda xar bir odamga
0,17 ga ekin maydoni to’g’ri kelsa, Qozog’istonda 1,54 ga; Qirg’izistonda 0,26; Ukrainada 0,59; Rossiyada 0,67 ga ekin
maydoni to’g’ri keladi. Bizda axolining o’sishi nisbatan yuqori bo’lib xosildor erlarni - shah’arlarni rivojlantirishga, uy - joy
qurilishiga, yangi korxonalar, muxandislik h’amda transport kommunikatsiyalari tarmog’ini barpo etishga ajratib berish jarayonlari
jadal bormokda. Shular h’isobga olinsa, XXI - asrda er zaxiralari bilan ta’minlash muammosi yanada keskinlashishi mumkin.
9
Erning nixoyat darajada sho’rlanganligi O’zbekiston uchun ulkan ekologik muammodir. Erlarni ommaviy sur’atda
o’zlashtirish, h’atto sho’rlangan va melioratsiyaga yaroqsiz yirik yaxlit maydonlarni ishga solish ana shunga olib keldi. So’ngi
50 yil mobaynida sug’oriladigan er maydoni 2,46 mln gektardan 4,28 mln ga etdi. Ekin maydonlari tarkibida so’ngi vaqtlarga
(1990) qadar paxta deyarli 75 % maydonni egallagan edi. Dunyoning birorta h’am mamlakatida paxta monopoliyasi bu qadar yuqori
darajaga ko’tarilmagandi. Bu xol erlarning kuchsizlanishiga, tuproq unumdorligining pasayishiga, uning suv - fizikaviy
xossalari yomonlashuviga, tuproqning buzilishiga va nurashi jarayonlari ortishiga olib keldi. O’zbekistonda noorganik mineral
o’g’itlar, gerbitsidlar va pestitsidlarning qo’llanishining eng yuqori miqdorlari h’am o’nlab barobar ortiq edi. Ular tuproqni,
daryo, ko’l, er osti va ichimlik suvlarini ifloslantirdi. Hamma joylarda paxta nazoratsiz sug’orildi. Tuproqning nami kupayib
ketdi. Bu esa uning qayta sho’rlanishiga olib keldi. Tuproqning xar xil sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi
h’am xavf tug’dirmoqda.
Foydali qazilmalarni jadal qazib olish, ularni qayta ishlashning texnologik sxemalari nomukammalligi ko’p miqdorda kul,
shlak va boshqa moddalar to’planib qolishiga olib kelmoqda.
Bular dexkonchilik uchun yaroqli bo’lgan erlarni egallabgina qolmasdan, balki tuproqni, er usti va er osti suvlarini,
atmosfera h’avosini ifloslantirish manbalariga h’am aylanmoqda.
Respublikada zah’arli chiqindilardan foydalanish sanoati esa h’ozircha yaratilgan emas.
O’zbekioton xududida qattiq maishiy chiqindilar tashlanadigan 236 dan ortiq shah’ar va qishloq axlatxonalari mavjud
bo’lib, ularda taxminan 36 mln m kub axlat to’planadi. Ular asosan stixiyali ravishda geografik, geologik - gidrogeologik va
boshqa shart - sharoitlarini kompleks o’rganmay turib tashkil etilgan. Shu chiqindilarni zararsizlantirish va ko’mish ishlari ibtidoiy
usullar bilan amalga oshirilmoqda. Respublikada maishiy chiqindilarni sanoat usulida qayta ishlash endi amalga oshirilmoqda.
Yagona Toshkent maishiy chiqindilar tajriba zavodi 1992 yil ishga tushdi. Radiaktiv ifloslanish, ayniqsa, katta h’avf tug’dirmoqda.
Maylisoy (Qirg’izistonda) daryosining qirg’oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha uran rudasini qayta ishlash
chiqindilari ko’milgan.
Hozirgi vaqtda qoldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu erlarda selni to’sadigan tug’onlarni maxkamlash h’amda
kuchki h’avfi bo’lgan joylardagi kiyaliklarning mustah’kamligini ta’minlash lozim. Navoiy viloyatidagi qoldiqlar saqlanadigan
joy h’am ekologik jih’atdan xavfli ifloslantirish o’chog’i h’isoblanadi. Bu erdagi radiaktiv qumni shamol o’chirish xavfi bor.
İkkinchidan, suv zaxiralarining, shu jumladan, er ustki va er osti suvlarining keskin tanqisligi h’amda ifloslanganligi
katta tashvish tug’dirmoqda.
Respublikaning dare, kanal, suv omborlari, xattoki er osti suvlari h’am h’ar tomonlama inson faoliyati ta’siriga uchramoqda,
Suv zaxiralarining sifati eng muh’im muammolardan biridir. 1960 - yillardan boshlab Markaziy Osiyoda yangi erlar keng
ko’lamda o’zlashtirildi. Sanoat, chorvachilik komplekslari rivojlandi. Urbanizatsiya jarayoni kuchaymokda.
Kollektor - zovur tizimlari qurildi h’amda dare suvlari ekinlarni sug’orish uchun muttasil ravishda yuqori xajmlarda olindi.
Shu sababli h’avzalardagi suvning sifati tobora yomonlasha bordi. Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya, gigiena va
sanitariya - epidemiologiya vaziyatini, ayniqsa, daryolarning quyi oqimlarini yomonlashtirmoqda. Dare suvlarining
tarkibida tuzlarning mavjuddigi esa Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolarning deltalarida tuproqning sho’rlanishini
kuchaytirmoqda.
O’zbekiston va qo’shni mintaqalar sharoitida axolini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash h’am katta axamiyatga ega.
Axolini vodoprovod suvi bilan ta’minlash ko’rsatkichi respublikada faqat keyingi 5 yillikning o’zida taxminan 1,5 barobar
ortdi. Shunga qaramay, bu muammo dolzarbligicha qolmoqda.
İchimlik suv ta’minoti manbalarining ifloslanishi respublikada, ayniqsa Orol bo’yida turli kasallikga chalinishning yuqori
darajaligiga sabab bo’lmoqda.
Uchinchidan, Orol dengizining qurib borishi xavfi, aytish mumkinki milliy kulfat bo’lib qoldi.
To’rtinchidan, h’avo bo’shlig’ining ifloslanishi.
Mutaxassislarning ma’lumotiga qaraganda, h’ar yili respublikaning atmosfera h’avosiga 4 mln t. ga yaqin zararli moddalar
qo’shilmoqda. Shularning yarmi uglerod oksidiga tug’ri keladi, 15 % ni uglevodorod chiqindilari, 14 % oltingugurt qo’sh oksidi, 9 %
ni azot oksidi, 8 % ni qattiq moddalar tashkil etadi va 4 % ga yaqini o’ziga xos o’tkir zaxarli moddalarga to’g’ri keladi.
Atmosferada uglerod yig’indisining ko’payib borishi natijasida o’ziga xos keng ko’lamdagi issiqxona effekta vujudga
keladi. Oqibatda er h’avosining o’rtacha h’arorati ortib ketmoqda.
Respublikada tez - tez chang bo’ronlarini qo’zg’atib turuvchi, atmosferani chang to’zonga chulg’atuvchi Qoraqum va
Qizilqum sah’rolari mavjud. So’ngi 10 yil mobaynida Orol dengizining qurib borishi tufayli chang va tuz ko’chadigan yana bir
tabiiy manba paydo bo’ldi. 80 - yillarning boshlarida qo’shni Tojikistonda alyuminiy zavodi ishga tushishi bilan
Uzbekistonning Surxondaryo viloyatiga qarashli ko’p tumanlarda ekologik jih’atdan tang ah’vodga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |