organizmlar h’ayotining tashqi muh’it bilan bog’liqligi qadimdan ma’lum. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida
h’ayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o’simliklarning tashqi qiyofasi tuproq va iqlim
Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd etilgan bo’lib, ularning ishlarida biz ekologik
yo’nalishlarni ko’ramiz. Lekin ular «Ekologiya» terminini ishlatishmagan. Aristotel (eramizdan 384 - 322 yil avval), qadimgi yunon
faylasufi Teofrast (371-280 yil) h’ayvon va o’simliklarni yashash sharoitiga bog’liq h’olda ko’rib chiqishgan, Aristotel 500 tur
h’ayvonlarni o’rganib, ularning xulq-atvori, ko’chib yurishi h’aqida, Teofrast – o’simliklarning shakli va o’sishi - iqlim, tuproq
Frantsuz M.Byuffon (1707-1788)ning ishlarida h’ayvonlarning tuzilishiga tashqi muh’itning ta’siri masalasi ko’tarilgan.
J.B.Lamark (1744-1829) dastlabki evolyutsion ta’limotning muallifidir. U o’simlik h’amda h’ayvonlarning evolyutsion
A.Gumboldtiing ishlari o’simliklar geografiyasida yangi ekologik yunalishlarni aniqlab berdi. U fanga landshaft
«fizionomiyasi» o’simliklarning tashqi qiyofasi bilan aniqlanadi kabi tushunchani kiritadi. O’xshash zona va vertikal poyaslarda
h’ar xil taksonomik guruh’larda o’xshash «fizionomik» shakllar ishlab chiqiladi; Bu shakllarning tarqalishi va nisbatiga qarab
Moskva universitetining professori K.F.Rule (1814-1858) zoologiyada o’ziga xos bo’lgan yo’nalishni rivojlantirish
muh’im ekanligini keng targ’ib qiladi. Bu yo’nalish – h’ayvonlar h’ayotini h’ar tamonlama o’rganish, atrof-muh’it bilan ularning
o’zaro murakkab munosabatlarini tushuntirish kabilar edi. Shunday qilib, K.F.Rule h’ayvonlarni o’rganishning keng ekologik
tizimini ishlab chiqdi va ekologik mazmundagi qator ilmiy ishlarni qoldirdi. Uning shogirdlaridan biri N.A.Severtsov (1827-
1885) h’isoblanadi. Uning «Periodicheskie yavleniya v jizni zverey, ptits i gad Voronejskoy gubernii» (1855 y) nomli ishi
Rossiyada ayrim mintaqada h’ayvonot olamida olib borilgan ekologik izlanishlarining eng katta va ah’amiyatlisi edi.
Ch.Darvin «Tabiiy tanlash yo’li bilan turlarning kelib chiqishi» (1859 y) asarida-tabiatdagi yashash uchun kurash,
ya’ni tur bilan muh’it o’rtasidagi h’ar qanday qarama-qarshiliqlarning ko’rinishlari tabiiy tanlashga olib keladi va
6
A.N.Beketov (1825-1902) o’simliklarning ichki va tashqi tuzilishidagi xususiyatlarni ularning geografik tarqalishi
bilan bog’liqligi h’amda fiziologik usullarning ekologiya uchun ah’amiyati katta ekanligini ko’rsatdi. Ana shunday ishlar
h’ayvonlar h’ayoti misolida A.F.Middendorf tamonidan o’rganildi.
1877 yil nemis gidrobiologi K.Myobius biotsenozlar h’aqidagi tasavvurlarni asoslab berdi.
O’simliklar jamoasi h’aqida G.F.Morozov va F.N.Sukachev batafsil fikr yuritib, bu soh’aga asos soldilar.
Rus olimlari - V.N.Sukachev, B.A.Keller, V.V.Alexin, V.G.Ramenskiy, A.P.Shennikov va chet el olimlaridan -
F.Klemente, K.Raunkier, T.Dyu.Rie,
İ.Braun - Blake va boshqalarning fitotsenologiya soh’asidagi ishlari umumiy
biotsenologiyaning rivojlanishiga katta h’issa qo’shdi.
Umumiy ekologiyaning rivojlanishida D.N.Qashqarovning «Muh’it va jamoa» deb nomlangan O’rta Osiyo universitetida
o’qigan ma’ruzalari, keyinchalik «Hayvonlar ekologiyasi asoslari» nomi bilan yozilgan darsligi katta ah’amiyatga ega bo’ldi.
Hayvonlarning morfologik va evolyutsion ekologiyasini rivojlantirishda M.S.Gilyarov, S.S.Shvartslar katta h’issa
qo’shdilar.
İ.G.Serebyakov tamonidan gulli o’simliklarning h’ayot shakllari tasnifoti ishlab chiqildi.
1940 -yillarning boshlarida tabiiy tizimlarni o’rganish jarayonida yangi yo’nalish kelib chikdi.
1935 yili ingliz olimi A.Tensli - ekotizimlar, 1942 yili esa V.N.Sukachev - biogeotsenozlar h’aqidagi ta’limotni ilgari
surdilar.
1950 yillarning boshida G.Odum, Yu.Odum, R.Untekker, R.Margalef biologik mah’suldorlikning nazariy
asoslarini yaratish borasida ish olib bordilar.
O’rta asrlarda O’rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy,
İbn Sino va boshqalar tabiiy
fanlarining rivojlanishiga katta h’issa qo’shganlar. Ular xali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat,
o’simlik va h’ayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash h’aqidagi o’zlarining qimmatli fikrlarini aytganlar.
Buyuk alloma Muh’ammad Muso Al - Xorazmiy (782 - 847 y) risolalaridan birida shunday deb yozadi: «Bilingki, daryoning
ko’zlari yoshlansa, uning boshiga g’am, kulfat tushgan bo’ladi. Odamlar, daryodan mexringizni darig’ to’tmanglar». Bunda u
nimani nazarda tutdi? Eh’timol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo’lishini nazarda tutgandir. Vaxolanki u zot eng avvalo daryo
bilan odamlarning bir - birini tushunishlari va til topishlari, o’zaro mexr - muxabbat qo’yishlarini nazarda tutgan. U o’zining «Kitob
surat al-arz» asarida dunyo okeanlari, chuqurlikdagi kit’alar, kutblar, ekvator, cho’l, tog’, daryo va dengizlar, ko’llar va o’rmonlar,
ulardagi o’simlik, h’ayvonot dunyosi, shu bilan boshqa tabiiy resurslar - erning asosiy boyliklari h’aqida ma’lumotlar keltirilgan.
Abu Nosir Forobiyning (870 - 910) ilmiy - falsafiy merosi nixoyatda boy bo’lib, asarlari xozirgacha to’liq aniqlanmagan.
Nemis olimi M.K.Brokelmanning ro’yxatida Forobiyning turli soxaga oid 180 ta asarining nomi keltiriladi. Bu asarlar bir necha
guruh’larga bo’linib, 11-guruh’iga uning tabiatshunoslik ilmi, amaliy faoliyat va xunarmandchiliq masalalariga oid asarlari
kiritilgan.
Tabiatshunoslikka oid «Odam a’zolarining tuzilishi», «Hayvon a’zolari va ularning vazifalari h’aqida» nomli asarlarida
odam va h’ayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari, vazifalari h’aqida, ularning o’xshashligi va farqlari keltirishi
bilan birga asosiy anatomik - fiziologik tushunchalar berilgan.
U tabiiy va inson qo’li bilan yaratiladigan sun’iy narsalarni ajratgan. Tabiiy narsalar tabiat tamonidan yaratilgan, degan
xulosaga keladi.
Abu Rayxon Beruniy koinotdagi h’odisalarni taraqqiyot qonunlari bilan, narsa va xodisalarning o’zaro ta’siri bilan
tushuntirishga urinadi. Uning asarlarida o’simlik va h’ayvonlarning biologik xususiyatlarini, ularning tarqalish va xo’jalikdagi
ah’amiyati h’aqida ma’lumotlar topish mumkin. U «Saydana» nomli asarida 1 1 1 6 tur dori-darmonlarni tavsiflagan.
Ularning 750 tasi turli o’simliklardan, 101 tasi h’ayvonlardan, 107 tasi minerallardan olinadi. Har bir o’simlik, h’ayvon va
minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan.
Beruniy asarlarida o’simlik va h’ayvonlarning tuzilishi h’amda ularning tashqi muh’it bilan o’zaro aloqasi h’aqida h’am
qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi. U o’zining tabiiy-ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi h’odisalar ma’lum tabiiy
qonuniyatlar asosida boshqariladi, degan xulosaga keladi.
Abu Ali ibn Sino (980 - 1037) jah’on madaniyatiga buyuk h’issa qo’shgan yirik entsiklopedist olim. Turli yozma
manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha uning 240 ta asari etib kelgan.
Uning «Tib qonunlari» asari tibbiyot ilmining komusi bo’lib, o’rta asr tibbiyot ilmi taraqqiyotining oliy cho’qkisi
h’isoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muh’it ta’siri muh’imligini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va h’avo orqali
tarqalishi h’aqida fikr bayon etgan.
İbn Sinoning torlarning vujudga kelishi, er yuzining davrlar o’tishi bilan o’zgarib borishi tabiiy jarayonlar h’aqidagi fikrlari
geologiya ilmining rivojlanishiga katta ta’sir qildi.
Zaxriadin Muh’ammad Bobur (1483 - 1530). Biz Boburni podshoh’ va shoir sifatida bilamiz. Ammo Bobur faqat shoirgina
emas, balki sarkarda, tarixchi va mashshoq, ovchi va bog’bon, sayyox va tabiatshunos h’am bo’lgan. Uning «Boburnoma» asari eng
yirik asari h’isoblanadi. Bu asarida h’ar bir xududni ma’lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo joyning geografik o’rni, so’ngra qaysi
iqlimga mansubligi, h’ar xil shifobaxsh joylari, o’simliklari, qazilmalari, h’ayvonoti va ah’olisi beriladi. U ajoyib geobotanik
bo’lgan, o’simliklarni sevgan va yaxshi bilgan. O’zbekistondagi juda ko’p giyox va dorilarni, ularning xosiyatini va
ah’amiyatini shunday ta’riflaydiki, buni mirishkor bog’bon bo’lgan kishi, asl tabiatshunosgina buning uldasidan chiqa oladi.
Bobur bir necha bor er qimirlashi, oy va quyosh tutilishi kabi tabiiy xodisalar guvoh’i bo’lgan. Ushbu xodisalarning
tabiat qonunlaridan boshqa narsa emasligiga ishonch h’osil qilgan.
O’rta Osiyoni o’rgangan olimlardan
İ.A.Severtsov, A.N.Krasnovlarning asarlari va Qashqarov - Korovin maktabining
shakllanishi O’rta Osiyoda tabiiy - geografik g’oyalarni rivojlanishida muh’im ah’amiyatga ega bo’ldi.
1930 - yillarda ekologiya - geografiya yo’nalishiga asoslangan O’rta Osiyo ekologiya maktabi h’ozirgi O’zbekiston Milliy
universiteta qoshida shakllandi. Ekolog mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani rivojlantirishda, ekologiyaga oid adabiyotlarning
namunalari ni yaratishda bu maktabning xizmatlari kattadir. Maktab ekologlari bergan g’oyalar o’lkaning tabiati va tabiiy
resurslarni aniqlash va o’rganishda h’amda O’rta Osiyoda ekologik va geografik g’oyalarning rivojlanishiga katta h’issa qo’shdi.