Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


  Gidatofitlar - h’ayoti doimo suvda o’suvchi o’simliklar bo’lib, bu guruh’ asosan suv o’tlaridan iboratdir.  2



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/70
Sana17.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#68512
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
Bog'liq
leksiy ekalogiya

1.  Gidatofitlar - h’ayoti doimo suvda o’suvchi o’simliklar bo’lib, bu guruh’ asosan suv o’tlaridan iboratdir. 

2. Gidrofitlar - tanasining bir qismi suvdan tashqarida,  qolgan  qismi  suv  qavatida joylashgan bo’ladi. Bu guruh’ga 

suv nilufarlari, gichchak, sagittariya, suv ayiqtovoni, o’qbarg va boshqa suvda o’suvchi gulli o’simliklar kiradi. 

Gidrofitlar  suzib  yuruvchi  yuzasining  katta  va  vegetativ  organlarining  shilimshiq  bo’lishi,  mexanik  to’qimasining  sust 

rivojlanganligi,  h’avo  bo’shliqlarining  mavjudligi,  qoplag’ich  to’qimasining  sust  rivojlanganligi,  suv  qatlamida  yashaydigan 

turlarida  og’izchalarning  bo’lmasligi,  suzuvchi  barglarining  ustki  tomonida  ko’p  sonda  og’izchalar  joylashganligi,  ildiz 

tizimining kuchsiz rivojlanganligi h’amda vegetativ ko’payishning ustun turishi kabi moslanish xususiyatlari bilan ajralib turadi. 



3.  Gigrofitlar - sernam tuproqda va suv etarli bo’ladigan muh’itda yashovchi o’simliklar guruh’idir. Ularni daryo, 

ko’l  bo’yidagi  botqoqliklarda  va  boshqa  joylarda  uchratish  mumkin.  Gigrofitlar  o’rmonning  sernam  soya  kismnda  va 

tog’li  rayonlarda  h’am  ko’p  uchraydi.  Ularga  savag’ich,  qamish,  kiyok,  sholi,  kuga,  xiloldoshlarning  ba’zi  turlari  va 

boshqalar kiradi.  

Bu  ekologik  guruh’  o’simliklar  h’am  gidrofitlar  kabi  ortiqcha  namlik  sharoitiga  moslashgan  anatomo  -  morfologik 

belgilarga ega bo’ladilar. 



4.  Mezofitlar - o’rtacha namlik sharoitida o’suvchi o’simliklar h’isoblanib, bu ekologik guruh’ga ko’pchilik madaniy 

va  yovvoyi  o’simliklar  kiradi.  Madaniy  turlariga  g’o’za,  beda,  makkajo’xori,  qovun,  tarvuz  va  ko’pchilik  daraxtlar  kirsa, 

yovvoyi h’olda o’suvchilarga sebarga, bug’doylik, oqsuxta, marvaridgul va o’tloq o’simliklari kiradi. 

Mezofitlarning  ildiz  tizimi  yaxshi  rivojlangan,  barglari  ko’pincha  yirik,  yassi,  yumshoq,  etsiz,  to’qimalari  o’rtacha 

rivojlangan  bo’ladi.  Barg  mezofili  bulutsimon  va  ustunsimon  to’qimalarga  ajralgan.  Barglari  ko’pincha  tuksiz,  og’izchalari 

odatda bargning ostki qismida joylashgan. Suv sarfi og’izchalar orqali boshqariladi.                              Hujayra shirasining 

osmotik bosimi  2, 10 -2,5 -10 Pa ga teng. 

5.  Kserofitlar  qurg’oqchil  sharoitda  o’sishga  moslashgan  o’simliklardir.  Ular  odatda  dasht,  cho’l  va  chala  cho’l 

zonalarida keng tarqalgan. Barcha kserofitlar sukkulent va sklerofitlarga bo’linadi. 

Sukkulentlar  tanasi  sersuv,  etli  poyasi  yoki  bargida  suvni  zah’ira h’olda  to’playdigan ko’p nillik  o’simliklardir.  Ular 

h’am o’z navbatida poyasida va bargida suv saqlovchi guruh’larga bo’linadi. Poyasida suv saqlovchilarning barglari tikanlarga 

yoki tangachalarga aylangan, bargning funktsiyasini  yaxshi  rivojlangan  yashil  etdor  poyalar  bajaradi  (kaktus,  ba’zi  sutlamalar, 

qorasho’ralar).  Bargida  suv  saqlovchi  sukkulentlarning  poyalari  kuchsiz  rivojlangan,  barglari  etli, sersuv bo’ladi (agava, aloe, 

semizak). Sukkilentlarning sersuv organlarida suv saqlovchi parenxima to’qimasi kuchli rivojlangan va unda suv zah’ira h’olda 

to’planadi. Mexanik to’qima yaxshi taraqqiy etmagan. 

Sklerofitlar  qurg’oqchiliqga  chidamli,  ko’p  yillik  poyasi  dag’al,  ko’pincha  barglari  kuchli  reduktsiyalangan  yoki 

tikanlarga,  tangachalarga  aylangan,  qalin  kutikula  qavati  va  yaxshi  rivojlangan  mexanik  to’qimaga  ega.  Ularga  betaga, 

chalov, saksovul, yantoq, astragallar va boshqalar kiradi. 

Shimoliy  kenglikda  yoki  yuqori  tog’da  ko’pgina  o’simliklar  sovuq  davrida  h’am  namlik  etishmasligini  sezar  ekan. 

Bunga  sabab  past  h’aroratda  tuproqdagi  suvni  ola  olmas  ekan,  fiziologik  jixatdan  mumkin  bo’lmaydi.  Bundan  kelib 

chiqib sovuq va nam joyda o’suvchi o’simliklarga – psixrofitlar, sovuq va quruq joyda o’suvchilarga esa kriofitlar deb ataladi. 

Ayrim vaqtlarda o’ziga xos ekologik guruh’ - tropofitlarni h’am ajratishadi. Bularga namlik aa qurg’oqchilik mavsumlari 

almashinib turadigan mintaqalarda o’suvchi daraxtlar, butalar kirib, noqulay sharoitda barglarini to’kadi. 

 

2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Hayvonlar h’ayotida suvning rolini tushuntirish. Ularning suvga bo’lgan 

talabini qoniqtirish yo’llari bilan tanishtirish. Suv rejimiga nisbatan ularning ekologik guruh’lari h’aqida ma’lumot berish. 

Hayvonlar  h’ayotida  h’am  suv  muh’im  rol  o’ynaydi.  Ular  suvga  bo’lgan  talabini  uch  xil  yo’l  bilan  qondiradi: 1. 

Bevosita  suvni  ichish  orqali. 2. O’simliklar  bilan  ovqatlanish. 3. Metabolizm xodisasi, ya’ni tanasidagi moylar, oqsillar va 

karbon suvlarining parchalanishi orqali. 

Suvni  bug’lantirish  esa  -  asosan  nafas  olish,  terlash,  siidik  orqali  bajariladi. 

İssiq kunlari ayrim sutemizuvchilar suvni 

xaddan tashqari ko’p sarflashi mumkin. Masalan: odamlar yoz oylarida bir kunda 10 litrgacha suvni terlash orqali sarflashi mumkin 

ekan. Yulbars, jayron, fil, sherlar h’ar kuni suv izlab uzoq masofalarga ketadilar. Suv axtarib uzoq joylarga ketadiganlar uchun 

ovqat tarkibidagi suv etarli emas. Ba’zi h’ayvonlar uchun esa shu ozuqa tarkibidagi suv bilan qanoatlanishga moslashuv bor. 

Bunday moslanishlar h’am odatda 3 xil bo’ladi: yurish-turish h’arakati orqali, morfologik, fiziologik moslanish. 

Yurish-turish orqali moslanishda - h’ayvonlar albatta suvni izlab topish, yashaydigan joyni tanlash, in qazib, unda yashash 

orqali moslashadilar. 

Morfologik  moslanish  -  tanasining  ustida  chig’anoqlar,  sovutlar,  qalqon  va  tangachalar  h’amda  kutikulalar  h’osil  qilish 

orqali amalga oshirnladi. Shillikqurt, toshbaqa, kaltakesak, qo’ng’izlar ana shunday moslashadi. 

Fiziologik moslanish esa metabolitik suv h’osil qilish orqali amalga oshadi. Odamlar tanasidan vazniga nisbatan 10 % 

gacha suv yo’qotishi mumkin. Undan ortiq suv yo’qotilsa organizm xalok bo’ladi. Suvsizlikga chidamlilik h’ayvonlarda yuqori. 

Ochlikdan 40 % gacha tana og’irligini yo’qotish mumkin. (organizm h’alok bo’lmaydi). Ochlikdan ko’ra suv yo’qotish o’limga 

tezroq olib keladi. Yuqorida aytilgan ko’rsatkich turli h’ayvonlarda turlicha bo’ladi. Masalan: tuyalar - 27 foiz, qo’ylar - 23 foiz, 

itlar - 17 foiz suv yo’qotishga chidaydi. Agar shundan oshsa, xalokat yuz beradi.  Shuning uchun h’am quruqlikda yashovchi 

ayrim  h’ayvonlarda  bir  qator  fiziologik  moslanishlarni  ko’rish  mumkin.  Masalan,  ayrim  uy  h’ayvonlari  ichagida  suv  suriladi, 



 

22 


ovqat qoldiqlari tezak xolida tashqariga chiqariladi. Ayrim xasharotlarda (qo’ng’iz, xonqizi, chumolilarda) chiqaruv organi (malpigi 

naylari) ning bir uchi ichakning orqa devoriga tutashgan bo’lib, undagi suv surilishi orqali organizm tamonidan qayta sarflanadi, 

ya’ni  reabsorbtsiya  xodisasi  yuz  beradi.  Suyuq  ozuqa  bilan  oziqlanuvchi  asalari,  kapalak  va  pashshalarda  esa  reabsorbtsiya 

xodisasi kuzatilmaydi. Ular siidik orqali tashqariga h’ar xil ortiqcha tuzlar va mochevina chiqaradi. Natijada suv tanada birmuncha 

tejab qolinadi. Sudralib yuruvchilar, toshbaqalar, qushlar va ko’pgina h’asharotlar o’zlaridan yaxshi erimagan siidik kislotasini, 

o’rgimchaklar esa guanin moddasini chiqaradi. Buning uchun esa uncha suv ko’p sarflanmaydi. Ter chiqarib turish, suvni tejash, 

organizmlarning suvsizlanishiga chidamliligi, suvni shilliq pardalar orqali bug’latib turish h’am fiziologik moslanishlarga kiradi. 

Ayrim suvda yashovchi h’ayvonlar (gidrobiont) suvni yutishi yoki filtratsiya qilish orqali yashashga moslashgan. Natijada 

suv h’avzalarida biologik tozalanish sodir bo’ladi. Masalan, lixet, mshanka, astsidiy, plankton, qisqichbaqasimonlar, mideyalar bir               

sutkada 150 - 280 m

3

 suvni tindiradi va tozalaydi. 



Qurg’oqchiliq  sharoitida  yashovchi  suv  o’tlari,  lishayniklar  va  moxlar  poykilokserofitlar  deb  ataladilar.  Ular  qurg’oqchil 

davrda qurib qolib anabioz h’olatiga o’tadilar va yog’ingarchiliq boshlanishi bilan yana h’ayotini tiklab davom ettiraveradilar. 

Hayvonlarning kurg’oqchiliq sharoitiga  moslanishlari h’am  juda xilma-xildir. Galopagos orollaridagi  toshbaqalar  suvni 

siydik  qopida  jamg’argan  h’olda  saqlaydi.  Avstraliya  cho’llaridagi  qurbaqalarda  h’am  shunday  h’olat  kuzatiladi. 

Kemiruvchilar  va  h’asharotlar  odatda  suvga  bo’lgan  talabini  oziq  tarkibidagi  suv  h’isobiga  qondiradi.  Yumronqoziq  kabi 

h’ayvonlarda qurg’oqchilik sharoitiga uyasining ancha chuqurda bo’lishi, tanasida ma’lum miqdorda yog’ jamg’arib, yozgi uyquga 

(tinimga)  ketishi  bilan  moslashadi.  Tuyalar  esa  to’plangan  yog’  miqdorini  metabolik  parchalash  yo’li  bilan  organizmlarining 

suvga  bo’lgan  talabini  qondiradi.  Tez  yuguradigan  h’ayvonlar  (antiloplar)  yoki  uchadigan  qushlar  suv  ichish  uchun  uzoq 

masofalarga borib keladilar. 

Umurtqasiz h’ayvonlar qurg’oqchil davrini tsista (yoki qalin po’stli sporalar) h’olatida o’tkazadilar yoki ba’zi birlari ancha 

qulay bo’lgan joylarga ko’chib ketadilar. 

Shunday qilib, qurg’oqchil sharoitida yashovchi h’ayvonlar tanasidan yo’qotgan suvni butun tanasi - teri qatlami orqali 

shimishi yoki ozuqa orqali, ancha murakkab yo’l h’isoblangan oqsil, yog’ va uglevodlarning parchalanishi vaqtida ajralib chiqqan 

suv h’isobiga qondiradi. 

Er  yuzasida  yashovchi  h’ayvonlarni  suv  rejimiga  nisbatan  h’am  3  ta  ekologik  guruh’ga  ajratish  mumkin,  lekin  ular 

o’simliklarga qaraganda aniq ifoda etilmagan. 

1.  Gigrofilllar  –  namlikni  sevuvchi  h’ayvonlar.  Ular  uchun  muh’it  yuqori  namlikga  ega  bo’lishi  kerak.  Ularda  suv 

almashinuvini boshqarib turuvchi mexanizm kuchsiz taraqqiy etgan yoki umuman yo’qdir. Suvni tanasida ko’p miqdorda to’plash 

va uzoq vaqt saqlab turish qobiliyatiga ega emas. Bunday h’ayvonlar namli muh’itda yashaydi va doimo suv zaxirasini to’ldirib 

turishga majburdir. Bu guruh’ning tipik vakili molyuskalar, amfibiyalar h’isoblanadi. 

2.  Mezofillar  –  o’rtacha  suv  talab  qiladigan,  ya’ni  evrigil  organizmlar  h’isoblanib,  namlikning  o’zgarishiga  yaxshi 

bardosh  beradilar.  Ular  gigrofil  va  kserofillarning  o’rtasida  oraliq  h’olatni  egallaydilar.  Ko’pchilik  h’asharotlar,  qushlar,  sut 

emizuvchilar tipik mezofillar h’isoblanadi. 

3.  Kserofillar  –  qurg’oqchilikni  yaxshi  ko’radigan  h’ayvonlar  bo’lib,  cho’lda  yashovchilar-tuyalar,  cho’l  kemiruvchilari 

bu guruh’ga kiritiladi. Ularda suv almashinuvini boshqarish mexanizmi yaxshi rivojlangan. 

 

3  –  asosiy  savol  bo’yicha  o’qituvchining  maqsadi:  Edafik  –  tuproq  omili  h’aqida,  uning  tabiat  va  insonlar  h’ayotidagi 



ah’amiyatini  yoritib  berish.  Sho’rlanish,  eroziya  uning  turlari,  o’simliklarning  sho’rlanishga  chidamliligi  bo’yicha  Genkel 

klassifikatsiyasi moxiyatini ochib berish va tushuncha h’osil qilish. 

Har  xil  iqlim  omillari  bilan  bir  qatorda  tirik  organizmlar  h’ayotida  tuproq  h’am  muh’im  rol  o’ynaydi.  Tuproq  – 

yunoncha «Edafos» so’zidir. Edafik omil – deganda  tuproq omilini tushunamiz. Tuproq deganda erning g’ovak, unumdor yuza 

qavatini tushunamiz. 

Tuproqda  uchrovchi  barcha  tirik  organizmlar  yashash  jarayonida  bir-biriga  nisbatan  turli  xil  munosabatda  bo’lib  ta’sir 

ko’rsatadi, ya’ni o’simlik, h’ayvon va mikroorganizmlar o’rtasidagi murakkab munosabatlar natijasida tuproqda gumus va mineral 

moddalar to’planadi. 

Tuproqning ekologik omil sifatida o’simliklarga ta’siri h’aqida gapirganda, shuni aytish kerakki,  tuproq o’simlikni o’zida 

tutib turadi va uni ozuqa bilan ta’minlaydi. O’simlik  tuproqdan suv va unda erigan mineral va organik moddalarni oladi. 

O’simlikga  tuproqning  xususiyatlari  va  kimyoviy  tarkibi  h’amda  mikroflorasi  juda  katta  ta’sir  qiladi. (Zamburug’lar, 

bakteriyalar, yashil o’simliklarning ildizlari). 

Tuproqning  kimyoviy  xossalaridan  biri  uning  kislotaligi  bo’lib,  bu  vodorod  ionlarining  kontsentratsiyasini  bilan 

ifodalanadi. Tuproq eritmasida musbat zaryadlangan (N

+

) vodorod ionlari ko’p bo’lsa,  tuproq kislotali,  agar manfiy (ON



-

zaryadlangan gidroksil ionlar ko’p bo’lsa, tuproq ishqorli bo’ladi. Tuproqdagi bu nisbatlar teng bo’lsa, tuproq eritmasi neytral 



reaktsiyada bo’ladi. 

O’simlikda  er  osti  organlarining  rivojlanishi  tuproqning  vodorod  ionlari  kontsentratsiyasiga  bog’liq  bo’ladi. 

Braun – Blanke klassifikatsiyasi bo’yicha: kislotali tuproqda yaxshi o’sadigan o’simlik turlariga - atsedofil, ishqoriy tuproqlarda 

o’suvchi o’simlik turlariga atsedofillar, neytral tuproqda o’suvchi turlarga esa - neytrofillar deb ataladi. 

O’simliklarning  tuproqda  bo’ladigan  turli  tuzlarga  munosabati  h’am  h’ar  xildir.  Ba’zi  o’simliklar karbonat  tuzlari 

ko’p tuproqlarda yaxshi o’sadi va ularga                            k a l  ts e - fillar deyiladi. (Sibir tilog’ochi, qoraqayin, shumtollar va 

boshqalar kiradi). 

Kislotali  muh’itga  ega  bo’lgan  tuproqda  o’suvchi  o’simlik  kaltsiy  tuzlarini  yoqtirmaydi  va  ular  kaltsefoblar  deb 

ataladi. (Torf moxlari, otquloq, choy, kashtan kabilar kiradi). 

Oson eruvchi tuzlarga boy bo’lgan tuproqlarda (sho’r erlarda) o’suvchi o’simliklar - galofitlar deyiladi. Qumli tuproqlarda - 

psammofitlar  deb  atalgan  o’simliklarning  ekologik  guruh’lari  tarqalgan.  Psammofit  o’simliklarning  barglari  ensiz,  qattiq  yoki 

odatda  reduktsiyalashgan,  meva  va  urug’lari  qumda  o’rmalab  yoki  shamol  yordamida  tarqaladi  va  sharsimon  ko’rinishda 




 

23 


bo’ladi.  Sho’rsiz  joylarda  o’suvchi  o’simliklar  -  glikofitlar  deyiladi.  O’simliklar  morfofiziologik  tuzilishi  va  sho’rlikga 

chidamliligi bo’yicha P.A.Genkel klassifikatsiyasiga asosan quyidagi guruh’larga bo’linadi: 

1.  Eugalofitlar.  Sho’r  erda  o’suvchi  o’simliklar  bo’lib,  asosan  sho’ralar,  saleros,  sarsazan  kabilar  kiradi.  Bu  sukkulent 

o’simliklar  bo’lib,  barg  sath’i  qisqargan,  bo’g’inlidir,  go’shtdor.  Ularning  h’ujayralari  yuqori  o’tkazuvchanlik 

xususiyatiga ega. Eugalofitlar tuzga chidamli bo’lib, tanasida tuz to’plash xususiyatiga egadir, «tuz yig’uvchi» o’simliklar 

h’isoblanadi. Ularning barg va poyalari tushishi natijasida erlar sho’rlanadi. 

2.  Krinogalofitlar. «Tuzni  tashqariga  ajratib  chiqaruvchi»  o’simliklar  h’isoblanadi.  Bunga  tamariks  va  kermeklar  misol 

bo’ladi. Bunda tuzlar tuz ajratuvchi maxsus bezlar orqali barglar yuzasiga ajralib chiqadi,  sho’rlanish qanchalik yuqori 

bo’lsa, bezlar soni h’am ko’payib boradi. Ba’zan o’simliklar barglarini to’kish yo’li bilan tuzlardan ko’tiladi. 

3.  Glikogapofitlar. Bu kseromorf qiyofadagi o’simliklar bo’lib, ularning h’ujayralari tuzlarni o’tkazmaydi,  shuning uchun 

ular kuchli sho’r tuproqlarda o’sishiga qaramasdan,  tuzni to’qimalarida to’plamaydi. Bunga shuvoqlar misol bo’ladi. 

Undan tashqari oq saksaul, chingil, jiyda, buyurg’unlar h’am kiradi. 

4.  Galomezofitlar. Bu o’tloqlarda, kamroq sho’rlikga ega bo’lgan tuproqlarda o’suvchi o’simliklardir.  

Qumli joyda o’suvchi o’simliklarga - psammofitlar deyiladi. Hayvonlarga – psammofillar deb ataladi. 

Tosh va qoyalarda o’suvchi o’simliklar – litofitlar deyiladi. Bularga avtotrof suv o’tlari, qoyalardagi lishayniklar misoldir. 

Tuproqning  ma’lum  kimyoviy  elementlarga  boyligini  ko’rsatuvchi  o’simliklar  -  indikator  turlar  deb  ataladi.  Buni 

o’rganadigan  fanga  fitoindikatsion  botanika  deb  ataladi.  Plaunlar  alyuminiyga  boy  tuproqlarda,  astragal  selenga,  itqo’noq  ruxli, 

shuvoq, oldiy qarag’aylar oltinga boy bo’lgan tuproqlarda o’sadi. Tuproq, organizmlarining ekologik guruh’i. 

Tuproqda  organizmlar  miqdori  judayam  ko’pdir.  Ular  –  yashash  muh’iti  bilan  bog’liqligi  darajasiga  qarab  3  ta  asosiy 

ekologik guruh’ga bo’linadi: 

1.  Geobiontlar – Tuproqda doimiy yashovchilar. Ularning h’amma taraqqiy etish (rivojlanish) tsikli tuproq muh’itida o’tadi. 

Tipik vakillari bo’lib – yomg’ir chuvalchangi, ko’pgina birlamchi kanotsiz h’asharotlar h’isoblanadi. 

2.  Geofillar – rivojlanishining bir qismi yoki biron - bir fazasi albatta tuproqda o’tadi. Bu guruh’ga – ko’pchilik h’asharotlar: 

sarancha, ko’ng’izlar kiradi. Lichinkalari tuproqda rivojlanadi,  katta h’oldagilari tipik er yuzida yashaydi. 

3.  Geoksenlar  –  bu  guruh’ga  ayrim  vaqtlarda  vaqtincha  yashirinish  uchun  tuproqda  yashovchilar  kiradi.  M:  ko’pgina 

yarim  qattiq qanotlilar,  qo’ng’izlar,  kemiruvchilar  kiradi, yana inlarda yashovchi sutemizuvchilar h’am kiradi. 

Bu  klassifikatsiya  h’ayvonlarning  tuproq  h’osil  bo’lishidagi  rolini  aniqlab  bera  olmaydi,  chunki  h’ar  bir  guruh’da  aktiv 

h’olda  h’arakat  qiluvchi  va  oziqlanuvchi,  undan  tashqari  passiv  -  qaysiki  tuproqda  rivojlanishining  ayrim  fazalaridagina 

(lichinka, tuxum qo’yish kabi) bo’ladi.  

 

Shuning uchun tuproqda yashovchilarni h’arakatlanishlariga qarab 3 ta guruh’ga bo’lishadi: 



1.  Mikrobiotip – tuproq mikroorganizmlari. Bular o’simlik qoldiqlari va tuproq h’ayvonlari   orasidagi oraliqni tashkil qiladi. 

Bularga yashil, ko’k-yashil suv o’tlari, bakteriyalar, zamburug’lar va sodda organizmlar kiradi. 

2.  Mezobiotip – bu guruh’ga tuproq nematodalari, h’asharotlarning mayda lichinkalari, kanalar va boshqalar kiradi. 1 m

2

 



tuproqda yuz mingdan - milliongacha bo’ladi. 

3.  Makrobiotip  –  yirik  h’asharotlar,  yomg’ir  chuvalchanglari  va  boshqa  h’ayvonlardan  tortib  to  er  kovlovchi 

umurtqalilargacha kiradi. Bu tipga o’simlik ildizlari h’am kiradi. Eng ah’amiyatlisi yomg’ir chuvalchanglari h’isoblanadi. 

Tuproqlarniig  tabiatdagi  va  jamiyat  h’ayotidagi  roli  g’oyat  kattadir.  Tuproq  organizmlar  uchun  xdyot  muh’iti,  ozuqa 

manbai h’isoblanadi. Modadlarning kichik biologik va katta geologik aylanma, h’arakatida muh’im rol o’ynaydi. 

Tuproq  -  qattiq,  suyuq,  gazsimon  komponentlardan  iborat  bo’lib,  iqlim  tog’  jinslari,  o’simliklar  va  h’ayvonlar 

mikroorganizmlarning o’zaro murakkab ta’siri natijasida h’osil bo’ladi. 

Tabiatda moddalarning almashinuvida tuproq h’am ishtirok etadi. Buni olim V.R.Vilyams biologik aylana deb atagan. Bu 

jarayonlar  tufayli  tuproqning  unumdorlik  xususiyati  doimo  saqlanib  turadi.  Tuproq  eng  avvalo  o’simlik,  h’ayvonlar  va 

mikroblar  bilan  birga  murakkab  ekotizimni vujudga keltiradi va sayyoramiz biosferasida xayotning yashashini ta’minlashdek 

muxim vazifani bajaradi. 

Tuproqning  inson  h’ayotidagi  ah’amiyati  shundan  iboratki,  u  o’zi-o’zini  tozalash  xususiyatiga  ega  ekanligi  tufayli 

tabiatdagi  iflos  moddalarni  biologik  yo’l  bilan  o’ziga  singdiruvchanlik  adsorbent),  tozalovchanlik  (purifikator)  va 

neytrallashtiruvchanlik xususiyatiga egadir. 

Tuproq  xalqning  bebaxo  boyligi  va  insonning  yashashi  uchun  h’ayot  manbaidir. 

İnson  o’zi  uchun  zarur  bo’lgan  ozuqa 

resurslarini, kiyim-boshni tuproqdan oladi. Chunki tuproq qishloq xo’jalik ekinlarining asosiy manbai h’isoblanadi. 

Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko’ra tuproqda 3 asosiy qatlam ajratiladi: 

A – eng ustki gumus (chirindili) qatlam; 

V – yuqori  qatlamdan mineral va organik birikmalar to’planadigan gorizont; 

S – tuproq vujudga keladigan ona jinsi, tuproqning h’ar bir gorizonti organik va mineral brikmalar aralashmasidan iborat. 

Tuproq – tarixiy tarkib topgan murakkab mustaqil tabiiy jism bo’lib, o’zgaruvchan dinamik h’osiladir. Er yuzi turli qobiqlari 

o’rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy manfaatlarning asosi h’isoblanadi. 

Biosferada bajaradigan faoliyatiga qarab tuproqni organik h’ayot zanjirining eng muh’im xalqasi deb yuritsa bo’ladi. 

Tabiat  komponentlari  -  tog’  jinslari,  suv,  h’avo,  tuproq,  o’simlik  va  h’ayvonlar  o’ziga  xos  xususiyatlari  bilan 

rivojlansa  h’am  o’zaro  uzviy  bog’langan.  Ular  o’rtasida  to’xtovsiz  modd  almashinuvi  amalga  oshadi  va  natijada  tabiiy  xududiy 

komplekslar  –  landshaftlar  h’osil  bo’ladi.  Cho’l,  o’rmon,  dasht,  to’qay  va  boshqa  landshaftlarni  ajratish  mumkin.  O’zaro  ichki 

aloqalari va birligiga ko’ra boshqa joylardan farq qiluvchi, tabiiy chegaralariga ega bo’lgan xududiy komplekslarga landshaftlar 

deyiladi. 

Tuproqda  u  yoki  bu  mikroelementlarning  etishmasligi  yoki  ortiqchaligi  organizmlarning  rivojlanishi  va  insonning 

sog’ligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Tuproqda sil, vabo, bryutsellyoz va boshqa kasalliklarning qo’zg’atuvchilari bo’lishi mumkin. 



 

24 


Biosferada  tuproqning  eng  muh’im  roli  shundaki,  barcha  organizmlarning  qoldiqlari  tuproqda  parchalanadi  va 

yana mineral birikmalarga aylanadi. Tuproq qatlamisiz er yuzida h’ayotni tasavvur h’am qilib bo’lmaydi. 

Er  yuzining  h’ozirgi  mavjud tuproq qatlami  -  jamiyat  taraqqiyoti  natijasida  kuchli  o’zgargan. 

İnsoniyat tarixi davomida 2 

mlrd  dan  ortiq  unumdor  tuproqli  erlar  yaroqsiz  xolga  keltirilgan.  xar  yili  sayyoramizdagi  qishloq  xo’jaligi  uchun  yaroqli  erlar 

maydoni sho’r bosishi, cho’llanishi, emirilishi natijasida 5 - 7  mln ga kamaymoqda. 

Er yuzida deh’konchiliq maqsadlarida ishlatiladigan erlar mavjud erlar xududning 80 % ni tashkil qiladi va dunyo ah’olisi 

son boshiga 0,5 ga dan to’g’ri keladi. 

L.

İ.Kurakova (1983) ma’lumotiga ko’ra xozir er yuzidagi quruqlikning 1,9 mlrd ga xaydab ekin ekiladigan maydonlarga 



to’g’ri  keladi,  Hali  dunyoda  xaydab  dexqonchilik  qilishga  yaroqli  erlar  maydoni  ko’p.  Masalan:  faqat  Janubiy  Amerikada 

xozir umumiy er maydonining 5 % dangina qishloq xo’jaligida foydalanishmoqda. Vah’olanki bu joyda qishloq xo’jaligiga 

yaroqli  erlar  maydoni  25 % ni  tashkil  qiladi  yoki  Afrikada  jon  boshiga  12  ga  qishloq  xo’jaligiga  yaroqli  erlar  to’tri  kelsa,  h’ozir 

shundan faqat 1 ga dan xaydab foydalanilmoqda xolos. 

Yuqorida  aytib  o’tildi, er  yuzasida  o’rtacha  h’ar  bir  kishiga  0,5 ga  xaydaladigan  er  to’g’ri  keladi  deb, bu  ko’rsatkich  yana 

L.

İ.Kurakova (1983) ma’lumotiga ko’ra: Yaponiyada - 0,7 ga, Misrda - 0,10 ga, AQShda - 2 ga dan ko’p, Argentinada - 6 ga, 



Avstraliyada - 40 ga dan ko’p ekan. 

Respublikamizda h’ar bir odamga 0,17 ga ekin maydoni to’g’ri keladi. Qozog’istonda - 1,54 ga, Qirg’izistonda -  0,26 ga, 

Ukraina - 0,59,  Rossiya - 0,67 ga ekin maydoni to’g’ri keladi. 

Er  yuzi  tuproq  qatlamining  h’ozirgi  h’olati  kishilik  jamiyatini  ko’p  asrlik  ta’siri  natijasida  o’zining  dastlabki  tabiiy 

xususiyatini ancha o’zgartirgan. 

İnsonning tuproqlarga ijobiy va salbiy ta’siri ajratiladi. 

İnson  tuproq  h’osildorligini  oshirishi,  erlarning  h’olatini  yaxshilashi  mumkin.  O’rmonlarni tashkil qiladi, tuproq 

flora va faunasini muh’ofaza qiladi. Shuning bilan birga shah’ar  qurilishi,  atrof  -  muh’itni  ifloslanishi,  agrotexnik  tadbirlarni 

talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo’q qilinishi, yaroqsiz xolga kelishi, emirilishi mumkin. 

Hozirgi kunda tuproqlar maydonning kamayishi uning tiklanishidan minglab marta tezroq amalga oshmoqda. 

İnson o’zining 

xo’jalik faoliyatida tuproqdan foydalanish jarayonida ijobiy ta’sir etib, tuproqga h’ar xil o’g’itlar soladi, sug’oradi, zaxini qochiradi, 

almashlab  ekin  ekadi,  tuproqni  ustki  unumdor  qismini  yuvilib  ketishdan  saqlaydi.  Erni  agrotexnika  qoidalariga  rioya  qilib 

xaydaydi va unda namni uzoq vaqt saqlanishini ta’minlaydi. 

O’rmonlarni noto’g’ri kesishga chek qo’yadi, o’rmonlar barpo etiladi, tuproq flora va faunasini muh’ofaza qiladi va boshqa 

choralar ko’rishi orqali tuproqning tarkibini yaxshilaydi, natijada tuproq h’osildorligi oshadi. 

İnson o’zining xo’jalik faoliyatida tuproqqa salbiy ta’sir h’am qiladi.  Uning unumdorligini pasaytirib h’osildor 

erlar  maydonining  qisqarishiga  sababchi  bo’ladi.  Agrotexnika  qoidalariga  rioya  kilmasligi  tufayli  tuproq  eroziyasi  kuchayadi: 

sug’orish  qoidasi  va  me’yoriga  amal  qilmaslik  oqibatida  tuproq  qayta  sho’rlanadi,  botqoqlashadi,  mineral  o’g’itlardan  noto’g’ri 

foydalanish va zah’arli ximikatlarni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik natijasida tuproq kimyoviy  moddalar  bilan  zah’arlanadi: 

almashlab  ekishga  e’tibor  bermaslik  tufayli  tuproqda  ozuqa  moddalar  miqdori  kamayadi,  shamol  eroziyasiga  qarshi  ixota 

o’rmonlar tashkil etilmasa, tuproqning ustki h’osildor qismi uchirilib ketadi, yonbag’irlarni, tik erlarni noto’g’ri xaydash oqibatida 

suv  eroziyasi  kuchayadi.  Bunday  salbiy  oqibatlar  natijasida  h’ozir  dunyoda  yiliga  6 - 7   mln  ga  qishloq  xo’jaligi 

aylanmasidagi er ishdan chikmoqda. Tuproq sifatini buzilishida injenerlik kommunikatsiyaning ta’siri h’am bor bo’lib, gaz, neft, 

issiqlik, kanalizatsiya, suv quvurlari atrofdagi tuproqning biologik va issiqlik rejimining buzilyshiga sabab bo’ladi. So’ngi yillarda 

75 - 80 % shaxtalarda ochish usulda ma’danlar qazib olinishi natijasida qishloq xo’jaligi aylanmasidagi er maydoni qisqarmoqda. 

Erlarning  ustki  h’osildor  qismini  suv  va  shamol  ta’sirida  yuvib  yoki  uchirib  ketishiga  eroziya  deyiladi.  Eroziya 

dexqonchilik  uchun  juda  katta  zarar  keltiruvchi  ofat  h’isoblanib,  lotincha  «erosia»  degan  so’zdan  olingan  bo’lib  «kemirish»  yoki 

«emirilish» degan ma’noni bildiradi. Tuproq eroziyasi – tabiiy  va sun’iy bo’lishi mumkin. 

Tuproqlarni  kishilarni  xo’jalik  faoliyati  ta’sirisiz  tabiiy  h’olda  eroziyaga  uchrashi  tabiiy  eroziya,  kishilarning  ta’siri 

natijasida eroziyaga uchrashi esa – sun’iy (antropogen) yoki tezlashtirilgan eroziya deb ataladi. 

Eroziyaga uchragan tuproqda h’osildorlik 5 – 10 marta kamayib, h’ar yili begona                o’tlar 2 - 4 marta ko’payadi. Shu 

sababli dunyo bo’yicha eroziya natijasida yiliga 1000 mlrd dollar zarar ko’rilmoqda. 

Tabiatda  tuproqning  tabiiy  h’olda  eroziyaga  uchrashi  jarayonlari  bo’lib,  uni  geologik  eroziya  deb  yuritiladi.  Demak, 

geologik eroziya bu insonning ta’sirisiz ro’y beradigan jarayon bo’lib, bu jarayon tuproq h’osil bo’lishi jarayoni tezligiga tengdir. 

Geologik eroziya Er evolyutsiyasining bir qismi h’isoblanib, uni oldini olish mumkin emas. U butun geologik davrda davom etadi. 

Geologik  eroziya  tektonik  jarayonlar  tufayli  ro’y  beradi.  Tektonik  jarayonlar  ta’sirida  tog’lar  ko’tariladi,  muzlar 

h’arakat qiladi, daryo vodiylarida qator qayirlar vujudga keladi. Vaqt o’tishi bilan nurash tufayli baland tog’lar (Qozog’iston past 

toglari) pasayadi, muz qaytadi, dengiz chekinadi. Ular urnida asta-sekin tuproq vujudga kelib, o’simliklar o’sadi, tuproqni ustki 

qismida yana h’osildor qatlam vujudga kela boshlaydi. 

Tuproqning  sun’iy  yoki  tezlashtirilgan  eroziyasi  h’am  bor.  Bu  eroziya  Er  yuzida  inson  paydo  bo’lganidan  beri  erlardan 

noto’g’ri foydalanish tufayli ruy bera boshlagan bo’lib, uning asosiy sabablari o’rmon va to’qaylarni kesib yuborish, yaylovlarda 

chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, deh’konchiliq yuritishning noto’g’ri metodlaridan foydalanish va h’.  

Turli ma’lumotlarga ko’ra h’ar kuni Er yuzida eroziya natijasida 3500 ga unumdor tuproqli erlar ishdan chiqadi. 

O’simliklar  tuproqda  chirindi  miqdorini  ko’paytirishdan  tashqari  qor  va  yomg’ir  suvlarining  er  sirtidan  oqib  ketishni 

kamaytiradi, aksincha ularning tuproq orasiga singishiga yordam beradi, natijada tuproqda nam saqlanib qolishiga imkon beradi. 

F.K.Kocherga ma’lumotiga ko’ra O’rta Osiyo tog’li rayonlarida o’rmonlar er usti oqimini kamaytirib, tuproqqa singdirish 

orqali yog’in suvlarini 50 % tutib qoladi. Aksincha, o’rmon va butalarni ko’plab kesish natijasida yoqqan yog’inning 90 % i tog’ 

yonbag’irlari orqali oqib ketadi. 

O’simliklar qoplami qanchalik zich bo’lsa, tuproq eroziyasi shunchalik sustlashadi. 

Eroziya  jarayonining  tezlashishida  yaylovlardan  noto’g’ri  foydalanish  h’am  muh’im  omil  h’isoblanadi.  Bir  rayonda 

doimo mol boqilishi natijasida, o’sha joyning o’simlik qoplami siyraklashadi,  tuyoqlari  bilan  o’simliklarni  kesib,  bosib  tuproqni 

bo’shatib yuboradi. So’ngra yog’in suvlari yoki shamol tufayli u erlarda tuproq eroziyasi boshlanadi. 



 

25 


Yonbag’irlari  tik  bo’lgan  erlarni  noto’g’ri  h’aydash  suv  eroziyasi  jarayonini  juda  h’am  tezlashtiradi.  Bunday  erlarni 

ko’ndalangiga h’aydash, iloji boricha bir yillik ekinlarni kamroq ekish kerak. 

Suv eroziyasi – tuproq h’osildor ustki qavatining yomg’ir, jala va qor suvlaridan h’osil bo’lgan oqimlari bilan yuvilishidir. 

Bu xodisa natijasida er yuzasida chuqurchalar, jarlar h’osil bo’ladi. 

Suv  eroziyasining  xavfli  turlaridan  biri  sel  h’odisasidir.  Kuchli  jala  natijasida  vujudga  keladigan  oqim  bo’lib,  tuproqni 

yuvish bilan birga o’z yo’lida uchragan h’amma narsani olib ketadi, juda ko’p erlarni ishdan chiqaradi. Natijada qishloq xo’jaligi 

katta zarar ko’radi. Shamol eroziyasini - defalyatsiya deb h’am ataladi, yunon tilidan olingan bo’lib – puflayman  degani. 

Bunda er yuzasidagi tuproq va jinslarning mayda, kuruq zarrachalari shamol ta’sirida emirilib, uchirilib, boshqa joylarga 

ko’chiriladi.  Shamol  tuproqning  chirindili  ustki  h’osildor  qismini,  ba’zan  esa  xaydalgan  qismini  butunlay  uchirib  ketadi, 

natijada  tuproqdagi  o’simlikning  o’sishi  uchun  zarur  elementlar  kamayib,  tuproqning  h’osildorligi  juda  h’am  pasayib  ketadi  va 

ishdan  chiqadi.  Shamol  eroziyasi  O’rta  Osiyo  tekislik  qismida  Qozog’iston,  Shimoliy  Kavkazda,  Rossiya  va  G’arbiy  Sibir 

tekisliklarining janubida keng tarqalgan. 

Shamol  eroziyasining  vujudga  kelishnga  ma’lum  rayonda  kuchli  shamollarning  esishi,  iqlimning  qurg’oqchiligi, 

tuproqning  mexanik  tarkibi  va  chirindining  kamligi,  o’rmonlarni  plansiz,  kesilishi  chorva  mollarini  surunkasiga  bir  joyda 

boqish va boshqalar asosiy sababchidir. 

Agar  Qizilqum  va  Qoraqumda  mollar  surunkasiga  bir  joyda  boqilsa  3  -  4  yil  ichida  qum  ko’chib  barxanlar  vujudga 

keladi. O’sha barxanlarni to’xtatish uchun o’simliklar ekilsa, 15 - 20 yil  kerak bo’ladi. 

Shamol eroziyasi maxalliy va chang bo’ronli kabi ikki turga bo’linadi: 

  Maxalliy  shamol  eroziyasi  -  chang  bo’ronli  bo’lmasdan  shamolga  ro’para  karagan  erlarni  asta  -cekinlik  bilan  emirilib, 

uchirib boradi.  Natijada,  ma’lum  vaqtdan so’ng o’sha joylardagi tuproq kam h’osilli erlarga aylanadi. 

  Chang  bo’roili  eroziya  -  juda  kuchli  shamol  natijasida  sodir  bo’ladi.  Bunda  nuragan  chang  to’zonli  zarrachalar 

h’avoga  ko’tarilib,  h’avo  tarkibini o’zgartirib,  qorong’ulashtirib  yuboradi.  Bunday shamol eroziyasi h’ar 3 - 5,  10 - 20 

yilda qaytarilishi mumkin. 

  

Bu ko’rinishdagi eroziya tufayli 1 - 2 va h’atto 2 - 25 sm qalinlikdagi ustki qismi uchib ketadi. Natijada qishloq xo’jalik 



ekinlari nobud bo’ladi. 

Orol  sath’ining  pasayishi  tufayli  anchagina  maydonni  tuz  bosgan.  Chang  bo’ronlar  sho’r  tuzlar  va  qumlarni  uzoq 

masofalarga, jumladan quyi Amudaryoga olib borib, sug’oriladigan erlarning sho’rligini oshirmoqda. 

O’rta  Osiyoda  shamol  eroziyasi  natijasida  qumlar  ko’chib,  barxanlar  vujudga  kelgan,  h’osildor  vodiylarga  qum  bostirib 

kirishi  h’ollari  h’am  bor.  Qumlarning  voxaga  bostirib  kirishi  natijasida  qadimda  obod  bo’lgan  Quyi  Zarafshon  va  Quyi 

Amudaryodagi sug’oriladigan erlarning bir qismi h’ozir h’am qum ostida qolgan. 

Suv  eroziyasi  –  ko’proq  tog’  oldi  va  tog’li  mintaqalarda,  shamol  eroziyasi  -  tekisliklarga  imatiladi.  Eroziya 

jarayonining  oldini  olmsh  va  unga  qarshi  kurash  uchun:  o’simliklar  qoplamini  tiklash,  agrotexnik  tadbirlarni  to’g’ri  olib 

borish, yashil h’imoya zonalarini barpo qilish, agrotexnik tadbirlarni rejali o’tkazish va boshqalar kiradi. 

Sug’oriladigan  dexqonchilik  rayonlarida  tuproqlarning  sho’rlanishi  asosiy  ekologik  muammolardan  h’isoblanadi. 

Tuproqlarning sho’rlanishi - sug’orishni noto’g’ri olib borganda er osti suvlari sath’ining ko’tarilishi natijasida ro’y beradi. 

Birlamchi va ikkilamchi sho’rlanish kuzatiladi. 

İkkilamchi sho’rlanishda suv kapilyar orqali ko’tarilib, tuzi tuproqda qoladi 

yoki ortiqcha sug’orish natijasida grunt suvlari erigan tuzlar bilan sho’rlanadi. 

İkkilamchi sho’rlanish ko’proq zarar etkazadi. 

O’zbekistonda  mavjud  sug’oriladigan  erlarning  50  %  dan  ortiqrog’i  sho’rlangan.  Ayniqsa,  Qorakalpog’iston 

Respublikasi,  Buxoro,  Sirdaryo,  Xorazm  viloyatlari  tuproqlari  kuchli  sho’rlangan.  Tuproqda  chirindi  miqdori  30  -  50 % 

gacha kamaygan. 2 mln. ga dan ortiq, erlar eroziyaga uchragan. Bunday erlar Farg’ona, Surxondaryo, Qashkadaryo viloyatlarida 

keng tarqalgan. 

Tuproqlarning pestitsidlar bilan ifloslanish darajasi h’am yuqori. Bunga asosiy sabablardan biri uzoq vaqt davomida 

paxta yakka xukmronligidir. Oxirgi yillarda paxta maydonlarining kamaytirilishi, almashlab ekishning kengroq joriy qilinishi, 

mineral o’g’itlarni ishlatishni me’yorlab sho’rilishi va boshqa tadbirlar tuproqlar h’olatining yaxshilanishiga olib kelmoqda. 

Sho’rlanishning  oldini  olish  uchun  zovurlar  o’tqaziladi,  erlarning  sho’ri  yuviladi.  Tuproqlarning  botqoqlanishi  – 

asosan namlik ko’p joylarda kuzatiladi. Suv omborlari atrofidah’am botqoqlangan uchastkalar vujudga keladi. 

Er  yuzasining  qurg’oqchil  rayonlarida  erlarning  inson  xo’jalik  faoliyatida  noto’g’ri  foydalanish oqibatida uning tabiiy 

xususiyatlari yomonlashib cho’llanish jarayoni boshlanadi. 

XX  –  asr  tarixida  Afrikadagi  Saxroi  Kabirdagi  Soxil  mintaqasida  1968 -  73 yillarda  bo’lib  o’tgan  falokatli  cho’llashish 

xodisasi  o’chmas  iz  qoldirdi.  Shu  yillarda  qurg’oqchilik  nixoyatda  kuchli  bo’lgan.  Tabiiy  yaylovlar  nam  etishmasligi  tufayli 

qurib, mah’suldorlik keskin kamayib ketgan, buta, daraxtlar qurigan. Oqibatda dexqonchilik yaylov chorvachiligi bir necha yillar 

mobaynida katta zarar ko’rdi, ah’oli o’rtasida ochlik va o’lim avj oldi. 

İnson ta’sirida tashkil topgan cho’llarning jami maydoni 9,1 

mln. km


2

 ni tashkil qiladi. 

Cho’llanish Osiyo, Afrika, Avstraliya  mamlakatlarida kuchli darajada sodir bo’lmoqda. Olib borilgan  h’isob  -  kitoblarga 

qaraganda  keyingi  20  yil  mobaynida  butun  dunyoda  cho’llanish  natijasida  etkazilgan  umumiy  zarar  520 mlrd. AQSh  dollarini 

tashkil qiladi. 

Resggublikaning 70 % dan ortiq xududi cho’l va chala cho’l mintaqalarida joylashganligi sababli sug’oriladigan erlarda 

sho’rlanish,  shamol  va  suv  eroziyasi,  yaylovlarda  er  osti  suvlari  sath’ining  ko’tarilishi  kabi  xodisalar  keyingi  vaqtlarda  katta 

maydonlarda ro’y bermoqda. Buning oqibatida qishloq xo’jaligida foydalaniladigan erlarning maxsuldorligi borgan sari pasayib, 

oziq  vqat,  em - xashak, sanoat xom - ashyolarini etarli miqdorda etishtirib berish  murakkablashmoqda.  

Cho’llanish h’odisasi bilan yagona ilmiy dastur asosida barcha joylarda muntazam kurash olib borish shu kunning dolzarb 

masalasiga  aylangan.  Bu  borada  O’zbekistonda  h’ozirgacha  ma’lum  darajada  amaliy  ishlar  bajarilmoqda.  O’zbekistan 

Respublikasi cho’llanishga qarshi kurash Xalqaro konventsiyasiga imzo chekkan. 

Undan  tashqari  respublikada  er  va  er  resurslaridan  foydalanishni  tartibga  solish  maqsadida  «O’zbekiston 

Respublikasida Er to’g’risida»gi qonun qabul qilingan. 




 

26 



Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish