Hayvonlar populyatsiyasining etologik (xulqiy) xatti - h’arakati tuzilmasi.
Hayvonlar xulqiy xatti - h’arakati qonuniyatlarini o’rganadigan fan - etologiya (yunoncha -«ethos» xarakter) deb ataladi.
Bitta populyatsiya a’zolari orasidagi o’zaro munosabat tizimiga – populyatsiyalarning etologik tuzilmasi deyiladi.
Organizmlarning butunlay yakka h’ayot kechirishi tabiatda uchramaydi. Ayrim turlar juda h’am kuchsiz bo’lsa h’am
kontaktda (birga yashashida) bo’lishi mumkin. Masalan: xon qizi faqat urug’lanish oldidan erkak va urg’ochisi (qarama -
qarshi jinslar) uchrashadi, boshqa vaqtlarda bir - biridan aloh’ida yashaydi.
Hayvonlarning h’ulqi ularning h’ayot kechirish tarzi bilan bog’liq bo’ladi. Hayvonlarning birgalikda yashashining qator
shakllari mavjuddir. Birgalikda yashash - qisqa, uzoq, umrining oxirigacha bo’lish mumkin.
Nasl qoldirish uchun qayg’urish natijasida oila deb atalmish h’ayvonlarning birgalikda yashash shakli kelib chiqadi.
Ularning birmuncha yirik birlashmalariga poda, gala va koloniya bo’lib yashash kiradi.
Koloniya – o’troq h’ayot kechiruvchi h’ayvonlarning birgalikda yashashidir. Ular uzoq vaqt yoki ko’payish oldidan birga
yashashi mumkin. Koloniya bo’lib h’ayot kechirish - oilaviy guruh’larning kengayishi h’isobiga kelib chiqadi va birgalikda
ko’payish, h’imoya, o’zini va bolasini boqish va boshqa funktsiyalarni bajaradilar.
Galalar – bir turga kiruvchi ba’zi guruh’ h’ayvonlarining biron - bir biologik jih’atdan foydali h’arakatni amalga
oshirish uchun vaqtinchalik birlashishi h’isoblanadi. Galalar dushmandan saqlanish, ozuqa topish, migratsiyalar kabi
funktsiyalarni bajarishni engillashtiradi. Gala bo’lib yashash baliqlar, qushlarda va sut emizuvchilardan itsimonlarda
uchraydi.
Baliqlar galasi dushmandan saqlanishda, qushlarniki mavsumiy migratsiya vaqtida shakllanadi. O’troq h’olda
yashovchi qushlar o’rtasida doimo tovush chiqarib turish, ko’rish bilan bog’liq signallar mavjud.
Bo’rilar galasi qishda birgalikda ov qilish uchun tashkil topadi.
Podalar – galalarga nisbatan h’ayvonlardagi ancha uzoq muddat davomida doimiy birlashish shaklidir. Podalar odatda tur
uchun xos bo’lgan barcha funktsiyalarni, ya’ni ozuqa topish, yirtqichdan saqlanish, migratsiya, ko’payish va bolaparni
tarbiyalash kabilarni amalga oshiradi. Podalardagi h’ayvonlarning guruh’li h’ulqiy xatti - h’arakatlari «xukmdor» va «itoatkor»
asosidagi o’zaro munosabatlardan tashkil topadi. Podadagi h’ar bir individ raxbarga itoat etgan h’olda h’arakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |