Ekologiyada populyatsiya h’aqida tushuncha. «Populyatsiya» - bu tur ichidagi organizmlar guruh’i bo’lib, u ma’lum
chegaralangan erda h’ayotiy jamoaning rivojlanayotgan qismini egallab turadi.
«Populyatsiya» - lotincha «rorulus» so’zidan olingan bo’lib, xalq, ah’oli degan ma’noni beradi.
Ekologiyada populyatsiya deb - birgalikda umumiy maydonni egallaydigan h’amda o’zaro bir - biriga ta’sir qiladigan,
bitta turga tegishli bo’lgan individlar yig’indisiga aytiladi.
Populyatsiyaga xos xususiyatlardan biri - o’zini son jih’atdan boshqarishidir. Tug’ilish va nobud bo’lish (o’lim)
orasidagi muvofiqlik populyatsiya sonining boshqarilishi deyiladi. Populyatsiyadagi organizmlar soni omillar ta’sirida o’zgarib
turadi. Populyaiiya sonining kamayishiga o’limning ko’payishi na h’osildorlikning kamayishi ta’sir qiladi.
Boshqarishning yana bir shakli - populyatsiyada zichlikning oshishi kuzatilganda bo’ladi. Zichlik me’yordan oshib ketsa,
ovqat etishmasa populyatsiyada o’z - o’zini boshqarish va shu orqali populyatsiyalarni boshqarish ro’y beradi. Baliqlarda,
kalamushlarda populyatsiya zichligi ma’lum darajaga etganda, ularning serpushtligi pasayib ketadi. Bu ovqat etishmasligi
natijasida bo’ladi. Gormonal o’zgarishlar bo’ladi, u esa jinsiy h’ulq - atvorga ta’sir qiladi va naslsizlikga olib keladi, bola
tashlashga, ota - onasi tamonidan bolalarining eyilishiga, bosqinchilik h’olati oshadi. Populyatsiya zichligi oshishi bilan
h’ayvonlarning tuxum qo’yishi kamayadi, o’simtklarda urug’ h’osil bo’lishi kamayadi. Joy etishmasligi bilan migratsiya
boshlanadi.
Bir xil populyatsiyalar tug’ilish orqali boshqarilsa, boshqalari o’lish orqali boshqalariladi. Demak, populyatsiya
boshqarish vositasi h’am h’isoblanadi.
Ayni sharoitda individlarning optimal miqdorda saqlanib turilishi populyatsiya gomeostazi deyiladi. «Gomeo» - o’xshash,
«staz» - h’olat degan ma’noni anglatadi. Demak, populyatsiya guruh’li h’ayot tarzi yoki birlashma h’isoblanadi, individlar
orasida o’zaro aloqalar va yashab turgan joylari bilan h’am aloqada bo’ladi. Guruh’li h’ayot tarzi populyatsiyalar uchun
o’ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday xususiyatlarga quyidagilar kiradi: populyatsiya soni, zichligi, tug’ilish, o’lish
(nobud bo’lish), populyatsiyaning o’sishi, o’sish sur’ati. Shu munosabat bilan populyatsiya o’z qonuniyatlari bilan
ekologiyaning asosiy ob’ekti deb qaralishi lozim.
İndividlarning ma’lum xududda tarqalishi, jins va yosh nisbatlari, morfologik,
fiziologik, xulqiy va genetik xususiyatlari populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi.
Populyatsiyaning individlari bir - biridan yoshi, jinsi, h’ayot tsiklining turli fazalariga, beqaror guruh’chalarga (poda,
koloniya, oila va h’.) mansubligi bilan farq qiladi.
Populyatsiya soni - o’simlik va h’ayvonlarning muayyan joydagi umumiy miqdori. U xech qachon doimiy bo’lmaydi va
ko’payish h’amda o’lish tezligi nisbatiga bog’liq bo’ladi.
Populyatsiya zichligi deganda, ma’lum maydon birligiga to’g’ri keladigan individlar soni tushuniladi. (h’ayvon va
o’simliklar miqdorini ko’rsatadigan kattalik). Populyatsiyaning miqdori va zichligi bir - biri bilan chambarchas bog’liq,
shuning uchun u yoki bu populyatsiya h’aqida gap borganda uning soni va zichligi barobar e’tiborga olinadi.
33
Populyatsiya zichligini o’rganishga tadqiqotchilar turlicha yondashadilar. Zoologlar – pulyatsiyadaga individlar
sonini maydon birligida, mikrobiologlar – tuproqdagi yoki gumusdagi massa birligida, suvdagi sodad h’ayvonlar va suv
o’tlari, tuproq mezo va mikrofaunalari suv va tuproqning h’ajm birligida h’isobga oladilar. Ushbu yondashish to’g’ri
h’isoblanib, h’akiqatan h’am biogeotsenozga h’ayvonlar va mikroorganizmlar, individlar soni bilan, o’simliklar esa biomassasi
bilan ta’sir etadi.
Populyatsiya
o’lchami – h’ar xil turlarning populyatsiyasi bir - biridan o’lchami bilan farq qiladi. Masalan: bir
gektar o’rmonda qushlardan o’nlab individlar; sichkonsimon kemiruvchilardan o’nlab va yuzlab; h’asharotlar va yomg’ir
chuvalchanglaridan millionlab uchratish mumkin. Turlar populyatsiyasi zichligining o’zgarib turish sabablaridan biri individlarning
katta - kichikdigidir.
İndividlar qanchalik yirik bo’lsa, populyatsiya chegaralari katta: zichligi esa past bo’ladi.
Populyatsiya zichligi vaqt davomida o’zgarib turadi. Har qanday o’zgarishning quyi va yuqori chegaralari, shuning bilan
o’rtacha o’lchamlari bo’ladi. Populyatsiya zichligining yuqori chegarasi individlar sonining ortib ketishi va o’z - o’zini cheklash
bilan bog’langan, quyi chegarasi esa populyatsiyaning kelajakda yashay olishi yoki o’limga yuz tutishi, ya’ni minimal
o’lchamga tushib qolishi bilan belgilanadi. Har bir populyatsiya ma’lum sharoitda o’rtacha zichlikka ega bo’ladi, bunda barcha
h’ayotiy jarayonlar samarali borib, uning natijasi populyatsiyaning yuqori maxsuldorligi, h’ayotchanligi va boshqalarda ko’rinadi.
Bu qanuniyat ekologiyada Olli qoidasi nomini olgan.
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Turlarning jins, yosh, fazoviy h’amda h’ayvonlar
populyatsiyasining etologik h’atti - h’arakat tuzilmalari h’aqida fikr yuritish. Tuzilma xususiyatlarini bayon etish va
talabalar ongiga singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |