Organlari
Yorug’sevar
Soyasevar
İldiz tizimi
Kuchli rivojlangan
Kuchsiz rivojlangan
Poyasi
Bo’g’im oraliqlari nisbatan qisqa.
Bo’g’im oraliqlari ancha uzun.
Barglari
Barg yaprog’i ko’pincha mayda, qalin,
qattiq, ba’zan etdor.
Barg yaprog’i odatda ancha yirik, keng
emas, yumshoq.
Epiderma ko’p qavatli, kutikula
yaxshi rivojlangan.
Epiderma bir qavatli, kutikula
bo’lmasligi mumkin.
Mexanik to’qima yaxshi rivojlangan.
Mexanik to’qima kuchsiz rivojlangan.
1 mm yuzada 300 -1000 gacha
og’izchalar bo’ladi.
1 mm yuzada - 15 - 80 gacha og’izchalar
bo’ladi.
Fotosintez jadal boradi.
Fotosintez o’rtacha boradi.
Nafas olish kuchli.
Nafas olish kuchli emas.
Hujayra osmotik bosimi yuqori.
Hujayra osmotik bosimi past.
Fotoperiodizm. Turli geografik zonalarda yorug’lik kunining uzunligi turlicha yoki aytish mumkinki kun bilan tunni
almashinish xarakteri bir xil emas, ammo mo’’tadil va sovuq, iqlimli zonalarda yoz oylari kun uzun, tun qisqa, qish esa aksinchadir.
Shuning uchun h’am kunning uzun va qisqarishiga moslashish kelib chiqadi. O’simliklarning kunning uzun yoki
qisqarishiga munosabati fotoperiodizm deyiladi. Boshqacha aytganda, o’simliklar generativ rivojlanishining, ya’ni
gullashining yoritilganlik mudadtiga bog’liqligi fotoperiodizm deyiladi. Bu 1920 yilda Amerikalik olimlar V.Garner va Allard
tamonidan kashf qilingan. Ularning kuzatishi bo’yicha tamaki o’simligi issiqxonada bah’orda va ko’zda gullagan, lekin ochiq joyda
gullamagan, bunga sabab kunning uzunligidir.
İssiqxonada kunni sun’iy qisqartish yo’li bilan tamaki o’simligi gullagan.
16
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, o’simliklar ma’lum darajada yorug’lik va qorong’ulik fazalarini o’tkazgandan keyin gullash va
urug’ bog’lashga o’tadi. Fotoperiodik reaktsiya belgilariga qarab o’simliklar 3 guruh’ga bo’linadi:
1. Qiska kun o’simliklari: bu o’simliklarning gullash fazasiga o’tish uchun sutkada 12 soat yoki undan kamroq yorug’lik
vaqti kerak (kanop, tamaki).
2. Uzun kun o’simliklari: bularning gullash fazasida bir sutkada 12 soatdan ko’proq vaqt kerak. (bizdagi ko’pgina
yovvoyi o’simliklar).
3. Fotoperiodik reaktsiyasi bo’yicha neytral o’simliklar. Bu o’simliklar uchun kunning uzunligi gullash fazasiga
o’tishda farq qilmaydi. Bu guruh’ga pomidor, qoqio’t kabi o’simliklar kiradi.
Yorug’lik spektrining tarkibi ko’p jixatdan geografik h’olatga bog’liq bo’ladi. Shimolda yorug’lik intensivligi kuchsiz
bo’lib, ammo yoritilish uzoq vaqt davom etadi, asosan uzun to’lqindan iborat bo’lgan nurlardan tarkalib tushadigan
yorug’lik ustunlik qiladi, janubda esa kun qisqa. Yorug’lik intensivligi yuqori, qisqa to’lqinli yorug’lik ustunlik qiladi.
Demak, shimolda o’simliklar uzun kun, janubda qisqa kun sharoitida o’sadi.
Har bir tur uchun o’zining fotoperiodik yoki yorug’lik davri xarakterli bo’ladi: xrizantema uchun gullash fazasiga
o’tishda sutkasiga 14 soat 40 minut davomida yorug’lik kerak, agar 13 soatu 50 minut davomida qabul qilinsa h’am g’unchalar
h’osil bo’lmaydi. Fotoperiodik reaktsiya ma’lum geografik muh’itga moslashishi bo’lishi bilan birga o’simliklarning er yuzida
tarqalishida chegaralovchi omil h’amdir. Ma’lum fotoperiodik reaktsiyali o’simliklar ularga to’g’ri kelmaydigan
yorug’lik miqdorida o’sa olmaydi. Kunning uzunligi shimoldagi uzun kun o’simliklarining janubda tarqalishida; janubdagi
qisqa kun o’simliklarning esa shimolga tarqalishiga h’alaqit beradi. Neytral fotoperiodik reaktsiyaga ega bo’lgan o’simliklar
keng tarqalgan bo’lib, tropik o’rmonlardan tortib to arktik rayonlargacha uchraydi.
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: O’simliklarning yorug’lik omiliga moslashuvi h’aqidagi fikrlarni bayon
qilish. Yorug’likning h’ayvonlar h’ayotidagi ah’amiyatini yoritib berish.
O’simliklarning yorug’likka moslashishi, o’simliklar yashaydigan muh’itning yorug’lik bilan ta’minlashi juda turli
tumandir, chunki bizda baland tog’, cho’l dashtlardagi eng yorug’likka boy joylardan Tortib, juda qorong’u g’orlar, suv ostidagi
muh’itlar mavjud.
Shu sababli o’simliklarning yorug’likka moslashishi xam turlichadir.
Geliofitlarning ekologik optimumi - yorug’lik ko’p bo’lgan zonaga to’g’ri keladi. Stsiofitlarniki esa yorug’lik
darajasi past bo’lgan joylarga to’g’ri keladi.
O’simliklarda yorug’likka moslashishni barg tuzilishida ko’rish mumkin: yorug’sevar o’simliklarning barglari
yorug’likdan boshqa tomonga o’zgarib tursa, soyada o’sadigan o’simliklarda barglar quyosh nuridan maksimum darajada
foydalanadigan h’olatda turadi. Buni qalin bo’lib o’sadigan o’rmonlarning pastki yarusida o’sadigan o’simliklar misolida ko’rish
mumkin. Ular barg sath’ini daraxtlar orasidan tushadigan kuchsiz yorug’lik tomon qaratib oladi.
Yorug’sevar o’simliklarda bargning ustki qismi nurni qaytarishga moslashgan, yaltiroq lak bilan qoplangandek; Masalan,
magnoliya, davr o’simliklari kabi. Boshqa o’simliklarda barglar tukchalar bilan qoplangan, kserofit belgilariga ega bo’ladi.
Epidermisdagi kristallar nurni qaytaradi.
Soyani sevuvchi o’simliklarda bunday moslanishlar bo’lmaydi. Bularda h’ujayra orasidagi bo’shliqlar katta og’izchalar
faqat bargning pastki qismida joylashgan bo’ladi. V.N.Lyubimenko 600 tur o’simlikni o’rganib shunday xulosaga kelgan: soyani
sevuvchi o’simliklarning bargida xlorofill miqdori yorug’likni sevuvchi o’simliklarga qaraganda nisbatan ko’p, ularning rangi tuq
yashil bo’ladi.
Ma’lum ekologik muh’itda o’simliklarning yashashi, fotosintez davom etishi va organik moddd h’osil qilishi uchun
o’simliklar kerakli darajada yorug’lik nurini qabul qilishi kerak. Buning uchun bargning tuzilishi va o’simliklar jamoasining
yorug’likga moslashish arxitektonikasi katta ah’amiyatga ega.
Yorug’lik nurlariga moslanish uchun o’simlik bargining ichki tuzilishi, to’qimalari va boshqalar katta rol o’ynaydi.
Bular yorug’lik miqdoriga qarab h’ar xil joylashadi. Ma’lum miqdorda yorug’likni qabul qilish uchun barglarning quyosh nuriga
nisbatan joylanishi muh’imdir. Yorug’likga moslashish o’simliklarda barglarning ko’p qavatli joylashishi, yaruslab
joylashishdir. O’simliklarning eng yuqori qismida barglar vertikal shaklda joylashsa, o’rtarog’ida egilibroq, eng pastida esa
gorizontal shaklda joylashadi.
Hayvonlar uchun quyosh nuri yashil o’simliklar kabi muh’im omillardan biri bo’lib h’isoblanmasa h’am, ularning
h’ayotida spektrning yorug’lik qismi muh’im rol o’ynaydi.
Yorug’likni sevuvchi h’ayvonlarga - fotofillar. soyani sevuvchi h’ayvonlarga esa - fotofoblar deb ataladi. Keng yorug’lik
diapazoniga moslashgan h’ayvonlar – evrifot, yorug’likga moslanish diapazoni tor bo’lgan h’ayvonlarga - stenofotlar deyiladi.
Yorug’lik h’ayvonlar ko’rishi uchun zarur omil h’isoblanadi. Hayvonlarda ko’rishning rivojlanishi nerv tizimining
rivojlanishi bilan parallel h’olda borgan.
Ko’rish organlarining taraqqiy etishi – bu h’ar bir tur yashagan muayyan ekologik sharoit va yashash muh’itiga bog’liq.
Doimo g’orda yashaydigan h’ayvonlarda, u erga yorug’lik tushmaganligi sababli, ularning ko’rish organlari - ko’zlari qisman
yoki to’lig’icha reduktsiyalashgan bo’ladi. Masalan, ba’zi bir ko’zi ojiz ko’ng’izlarda.
Yaxshi ko’rish faqat ko’zlar etarli darajada murakkab tuzilishga ega bo’lgandagina mumkin bo’ladi. Masalan,
o’rgimchaklar 1-2 sm oraliqdagi xarakat qiladigan narsalarni ajratadi. Keng xajmda ko’rish odamga, ba’zi bir qushlarga - sava,
burgut kabilarga xosdir. Ba’zi bir chirqildoq ilonlar spektrning infraqizil nurlarini ko’ra olganligi sababli, o’ljasini qorong’uda
h’am ovlaydi. Asalarilar esa ultrabinafsha nurlarni ajrata oladi, lekin infraqizil nurlarni ajrata olmaydi.
Odamlar uchun ko’rish nurining chegarasi – binafshadan tortib toki to’q – qizilgacha h’isoblanadi.
Yuqorida qayd etilgani kabi, yorug’lik ko’pchilik h’ayvonlar uchun fazoda mo’ljal olishda yordam beradi. Masalan,
asalarilar asal-shira ko’p bo’lgan joyni bildirish uchun iniga qaytgach, uzoq muddat davomida gir aylanib quyosh bilan ozuqa
joylanishiga nisbatan ma’lum burchak h’osil qilgan h’olda to’xtaydi. Qushlar esa uzoq joylarga uchib ketayotganida quyoshga
qarab, yulduzlarga qarab mo’ljal oladi.
17
Hayvonlarning h’ayotida biolyuminestsentsiya xodisasining ah’amiyati h’am kattadir, ya’ni tirik organizmlarning o’zidan
nur chiqarishi, yonib turishi. B xususiyat baliqlar, molyuskalar va boshqa suv organizmlari uchun xosdir. Bu yorug’lik signali
chiqarishdan maqsad – o’ljaga tuzoq qo’yish, yirtqichlarni qo’rqitish, jinsiy marosim, dushmandan h’imoyalanish, dushmanni
chalg’itish kabilarni bajarishdan iboratdir.
Quruqlikdagi muh’itda suvdagiga qaraganda bu xodisa kamroq kuzatiladi. Masalan, kung’izlarda kuzatish mumkin.
Ular yorug’lik signalidan kechqurun o’zlariga qarama-qarshi jinslarni jalb qilish uchun foydalanadi.
Yorug’lik h’ayvonlarning geografik tarqalishiga h’am ta’sir qiladi. Qushlar olami vakillari va ayrim sut emizuvchilarning
kuz kelishi bilan janub tomonlarga migratsiyasi boshlanadi, chunki qisqa shimol kunlari ko’pgina nurlar uchun o’zlarining oziq -
ovqatini etarli darajada topish uchun etarli emas. Mayda qushlar o’ziga kerakli ozuqa moddani olish uchun kun davomida 5-6
marta ovqatlanishi kerak, bu esa ularning bir joydan ikkinchi joyga ko’chib o’tishiga sabab bo’ladi. Qisqa kunda ovqat topib
ulgura olmaydilar. Shimoldan ketib qolishlariga past h’arorat, ovqat etishmasligi emas, balki qisqa kun ichida o’ziga kerakli ovqatni
topa olmasligi sababchidir.
Hayvonlar orasida kunduzgi, kechki va tungilarini, ya’ni quyoshning yorug’ nuriga chiday olmaydigan, doimo
qorong’uda yashovchilarni ajratish mumkin. Ularga tuproq h’ayvonlarini, chuqur g’or va 1500 m chuqurda dengizda
yashovchilarni, o’simlik va h’ayvonlarning ichki parazitlarini misol qilib olish mumkin.
Hayvonlarda ko’rish h’am h’ar xil bo’ladi. Ko’pchilik umurtqalilar insonlarga o’xshab rang va shaklni ajrata oladi, boshqa
birlari esa, faqat oq-qora rangni ajratadi, narsa shaklini ajrataolmaydi, yorug’likni ular signal - xabar berish omili sifatida qabul
qiladi, bu esa ularning xulqi va tarqalishini aniqlaydi. Masalan, yirik chivin va ularning lichinkalari kuchsiz yorug’likni yaxshi
ko’radi, kuchli qorong’u va kuchli yorug’likdan qochadi. Tuproq umurtqasizlarining xammasi deyarli - fotofoblar. Ular uchun
yorug’lik - signal, ya’ni noqulay sharoitdan ogoxlantiradi (kurg’oqchiliq, yuqori h’arorat kabi).
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki - yorug’lik o’simliklar uchun birinchi navbatda fotosintezning amalga oshishi
uchun muh’im h’isoblansa, h’ayvonlar uchun asosan axborot berish sifatida ah’amiyatga egadir.
3 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:
İssiqlik h’am ekologik omil ekanligini, termofil va kriofil o’simliklar,
o’simliklarning past va yuqori h’aroratga moslanishlari guruh’lari h’aqida tushuncha berish.
Er sharidagi organizmlarning tarqalishi, ko’payishi va boshqa h’ayot jarayonlarini belgilaydigan omillardan biri -
h’aroratdir. Ekvatorda h’arorat yil davomida va bir sutka davomida uncha keskin o’zgarmaydi. Ammo ekvatordan shimolga
yoki janubga yo’nalgan sari tekislik joylarda h’ar 100 km. ga h’arorat 0,5 - 0,6° S ga o’zgara boradi. Bunday o’zgarishlar er
sharining tog’li qismida h’am h’ar 100 m balandlikka ko’tarilganda yuz beradi. Demak, barcha o’simliklarning h’ayot jarayonlari
shu xildagi o’zgarishlar bilan bog’liq h’olda o’tadi. Ayniqsa, o’simliklarning tarqalishida bunday o’zgarishlar aloh’ida rol
o’ynaydi. Shu sababli h’am, er sharining tekislik qismida uchraydigan o’simliklar va ular h’osil qiladigan qoplam
o’rganilganda bir necha iqlim zonasiga, chunonchi: Shimoliy qutb, tundra, o’rmon, dasht, cho’l, subtropik, tropik kabi geografik
zonalarga bo’lib o’rganiladi.
İqlim zonalari: 1. Ekvator, 2. Tropik, 3. Subtropik, 4. O’rta iqlim, 5. Qutbiy. Harorat odatda er sharining quruqlik
qismida bir muncha o’zgarib turadi. Suv muh’itida esa bunday o’zgarishlar, ayniqsa sutka davomida juda sekin o’zgaradi.
Umuman olganda, ko’pchilik yirik organizmlar h’ayoti 0 dan 50° S o’rtasida o’tadi. Harorat 0 dan past yoki 50° S dan
yuqori bo’lganda h’ayot jarayonlari keskin darajada sekinlashib qoladi. Demak, tirik organizmlar h’ayotiga h’arorat optimum,
minimum, maksimum darajada ta’sir etadi. Masalan, bakteriyalarning ayrim vakillari 70 - 90 °S h’aroratda uchraydi;
sporalari 120 – 140 °S ga chidamli bo’ladi, o’simliklar Yokutistonda – 68 °S o’sadi, urug’lari – 170 – 273 °S ga
chidaydi.
Ayrim suv o’tlarining h’ayoti 0 °S dan past bo’lgan h’arorat ta’sirida normal o’tadi. Ko’k-yashil, diatom va yashil suv
o’tlarning ayrim vakillari 73 – 93 °S li qaynar buloqlarda normal o’sishi aniqlangan. Bundan ko’rinib turibdiki, organnzmlar
turli h’arorat diapozoniga ega va ular turli yo’llar bilan moslashadilar.
Atrof - muh’itning issiqlik h’olati - h’arorat orqali ifodalanadi. Harorat esa 100 °S Tselsiy shkalasi bilan belgilanadi.
Geografik mintaqalarning issiqlik bilan ta’minlanganligi umumiy iqlim ko’rsatkichlari bilan belgilanadi. Bularga - joyning
o’rtacha yillik h’arorati, o’rtacha oylik h’arorat, absolyut maksimum, absolyut minimum, eng issiq va eng sovuq oylarning
o’rtacha h’arorati kiradi.
Umumiy qilib aytganda, h’arorat - organizmda boradigan h’ayot uchun muh’im jarayonlarga – o’sish, rivojlanish,
ko’payish, nafas olish, fotosintez, organik moddalarning sintezlanishi va h’akozolarga ta’sir qiladigan muh’im ekologik omildir.
O’simliklarning h’aroratga bo’lgan munosabatiga ko’ra yoki aytishimiz mumkinki past yoki yuqori h’arorat ta’sirida
yashashi va unga moslanishiga ko’ra 2 ta katta ekologik guruh’ga bo’linadi:
1. Yuqori h’arorat ta’sirida yaxshi o’sib rivojlanadigan o’simliklar – termofil.
2. Past h’arorat ta’sirida yashovchi o’simliklarga esa – kriofil (psixrofil) deyiladi.
Bu ikkala guruh’ o’simliklari o’ziga xos moslanish xususiyatiga ega.
Termofil o’simliklarning h’ujayrasi issiqqa chidamliligi, organlar yuzasining kichrayishi, tuklarning yaxshi rivojlanganligi,
efir moylarga boy bo’lishi, o’zidan ortiqcha tuzlarni ajratib chiqarishi, uzoq mudlat davomida tinim davrini o’tkazish kabi
xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Kriofil o’simliklar esa sovuq sharoitni h’ar xil h’olatlarda (ya’ni tinim yoki vegetatsiya davrida) anatomo - morfologik
moslanish orqali o’tkazadi. Bunday moslanishlarga poyasining er bag’irlab o’sishi, novdalarning yotiq o’sishi, to’planish bo’g’imi
va ildiz bo’ynining er ostida joylashishi, xazonrezgilik, po’kak qavatining yaxshi rivojlanganligi, oq tanaga ega bo’lish
kabilarni aytish mumkin.
O’simliklarni past h’aroratga bo’lgan munosabati yoki moslanishga ko’ra 3 guruh’ga bo’lish mumkin:
1. Salqinga chidamsiz o’simliklar. (Tropik zonada o’suvchi barcha o’simliklarni shu guruh’ga kiritish mumkin).
2. Sovuqga (yoki ayozga) chidamli o’simliklar (mo’’tadil va sovuq iqlimli zonalarda o’suvchi o’simliklar).
3. Sovuqga chidamsiz o’simliklar (subtropik zona o’simliklari) chunki ularning h’ujayra shirasidagi moddalar -5 °S, -
18
7 °S dan past h’aroratda muzlaydi.
O’simliklarni yuqori h’aroratga bo’lgan munosabatiga ko’ra h’am 3 guruh’ga bo’lish mumkin:
1.
İssiqqa chidamsiz o’simliklar. (Suv o’tlari, suvda o’suvchi gulli o’simliklar, mezofitlar).
2.
İssiqqa ko’nikgan o’simliklar (cho’l va dasht zonasi o’simliklari).
3.
İssiqqa
chidamli
o’simliklar
(issiq
suvlarda
o’suvchi
ba’zi
suv
o’tlari,
ayrim
bakteriyalar).
Million yillar davomida o’simliklar ana shunday past (sovuq) va yuqori (issiq) h’aroratga nisbatan moslanishga
majbur bo’lganlar. Natijada ularning ichki va tashqi tana tuzilishida qator moslanishlar vujudga kelgan. O’sish, shox-
shabbalarining o’zaro zich bo’lib o’sishi, sharsimon ko’rinishda bo’lib o’sishi, barglarning nixoyat darajada qirqilgan bo’lishi va
h’akozolar kabi past h’aroratga moslanishlarni ko’rish mumkin. Qutb va baland tog’larda o’sadigan ko’p yillik o’simliklar, buta va
butachalarning balandligi bir necha sm dan oshmaydi, barglari mayda bo’ladi.
Yuqori h’aroratga h’am nisbatan qator o’zgarishlarni ko’rish mumkin. Masalan: barg va poyalarning nixoyat sertuk
bo’lishi, mum moddasi bilan qoplanganligi, vaqtincha bargsiz bo’lishi (yoki vaqtincha barglarning to’kilishi), barglarning
nixoyatda kichrayishi yoki ularning tangacha barglar ko’rinishida bo’lishi, barglar labcha (og’izcha)larining chuqur joylashgani,
ildizlarning tuproq ostiga juda chuqur ketishi, barglarning yaltirashi, ularning, vertikal va meridial shaklda joylashishi, h’arorat
ko’tarilishi bilan barg plastinkasini qayirib olishi va xakozo. Bu moslamalarning h’ammasi h’am issiq, h’am suv bug’lanishini
qisqartirishga qaratilgan kompleks moslanishlardir.
O’simliklarning h’aroratini elektrotermometr yoki termopara yordamida o’lchanadi. O’simlik h’arorati doimiy emas.
O’simliklarning yuqori h’aroratga moslanishida dastlabki rolni undagi sovutib turish h’olati - transpiratsiya o’ynaydi.
Bu h’olat issiq, sharoitlarda o’simliklarning juda h’am kuchli qizib ketishining oldini oladi. Agarda cho’l o’simliklarining barglari
yuza qismini (u erda suv bug’lanishi uchun xizmat qiladigan teshikchalar - labchalar joylashgan) vazelin bilan moylab qo’yilsa,
barg ko’z oldimizda qizib ketishi va kuyishi natijasida h’alok bo’ladi.
Yuqori h’arorat ta’sirida o’simliklar uchun qator xavf - xatarlar bo’lishi mumkin: kuchli suvsizlanish va qurib qolish,
qo’yish, nafas olishning qayta tiklanmasligi va h’akozolar.
Ko’pgina issiqsevar o’simliklar - yuqori h’aroratga chiday oladilar. Masalan: qo’ytikon +70° issiqqa chiday oladi, ayrim
o’simliklarda 4 – 40 °S da o’lim belgilari seziladi. 45 – 50 °S da ko’pchiligi o’ladi.
Yuqori h’aroratda o’simliklarning o’limiga sabab – o’simlik to’qimalarida oqsil va aminoqislotalarning parchalanishi
natijasida to’plangan ammiakning tsitoplazmasiga zah’arli ta’siridir. Bunga yana +50 °S va undan yuqori h’aroratda tsitoilazmaning
ivib qolishi qo’shilib, jarayonini yanada tezlashtiradi.
İssiqqa chidamli turlarda organik kislotalarning to’planishi xususiyati kuchli. Ular ammiakni bog’lab o’simlik uchun
zararsizlantiradi.
Sovuq sharoit yoki past h’aroratda o’suvchi o’simliklarning morfologik moslanish xususiyatlariii endi, yashash
sharoitiga qarab h’am bitta turning o’zining o’sish shaklini o’zgartirishi mumkin. O’sish shakllari qatoriga sovuq joylarda
yashab qolishga moslashgan yostiqsimon turlarni olish mumkin.
O’sishning boshqa xususiyatlari orasida, sovuq ta’sirini engishga yordam beradigan xususiyatlaridan biri – qalin,
go’shtdor va kuchli taraqqiy etgan mexanik to’qimalardan iborat ildizlarning rivojlanishidir. Yana sovuqdan h’imoya qilinishning
fiziologik usuli mavjud bo’lib, bunda eruvchan uglevodlar h’isobiga h’ujayra shirasining kontsentratsiyasi oshadi. Bu esa suvning
muzlab qolishidan saqlanishga qaratilgandir.
O’simliklar fenologiyasi uchun h’arorat sharoiti h’am muh’imdir. Ma’lum bir h’arorat yig’indisini olgandan keyin
o’simliklarning unib chiqishi boshlanadi. Ma’lum bir davrda rivojlanish uchun kerak bo’ladigan issiqlikning miqdoriga -
foydali h’arorat miqdori deyiladi. Agar h’arorat yig’indisi etarli bo’lmasa, o’simlik gullamaydi, h’osilga kirmaydi, gullagan
taqdirda h’am mevasi pishib etilmaydi.
Rivojlanishning pastki h’aroratini bilgan h’olda foydali h’aroratning yig’indisini formula orqali oson aniqlash
mumkin:
X = (T x S) x 1
Bunda X = foydali h’arorat miqdori T = atrof - muh’it h’arorati
S = rivojlanishning buzilish h’arorati
I = rivojlanishning buzilishidan oshadigan soat soni yoki kun h’arorati
O’simliklarning tarqalishi iqlim, ayniqsa birinchi navbatda h’aroratga bog’liqligi olimlarni ilgaridan qiziqtirib
kelgan. 1874 yilda A.Dekondol iqlim poyaslari bilan bog’liq bo’lgan quyidagi o’simliklar guruh’ini tavsiya qiladi:
1. Megatermlar - bularga yuqori h’arorat, doimiy namlik kerak, sovuqga chidamsiz, nam tropik va subtropik o’simliklarga
to’g’ri keladi.
2. Kserotermlar - quruq, subtropik iqlimga moslashgan. Yuqori h’arorat va past namlikka chidaydi. Bizning cho’l
o’simliklari.
3. Mezotermlar - doimiy yashil o’simliklar kiradi. O’rtacha issiqlikdagi va qishki sovuq poyas o’simliklari. Yil bo’yi
vegetatsiya qiladi.
4. Mikrotermlar - o’rtacha iqlim o’simliklari.
5. Gekistotermlar - qutb poyasi va alp yuqori tog’lari o’simliklari bo’lib, minimal issiqlik sharoitida yashaydi.
O’simliklarning o’sishi - h’avo va tuproqning ma’lum bir issiqlik sharoitida o’tadi. Harorat 0
0
S dan past bo’lsa, urug’
unib chiqmaydi. Har bir o’simlik urug’i unib chiqishi uchun - minimum, maksimum va optimal h’arorat talab qilinadi. Xuddi
shunday h’arorat amplitudasi o’simliklarning o’sishi va rivojlanishida kuzatiladigan h’amma bosqichlar uchun h’am zarurdir.
19
Masalan, o’sish, fotosintez, gullash, meva h’osil qilish va h’. Ma’lum bir h’arorat rejimida o’tadi. Shu sababli h’am
o’simliklar - issiqsevar, sovuqqa yoki jazirama issiqqa chidamli guruh’larga bo’linadi.
Janubda o’sadigan issiqsevar o’simliklar - qishning qattiq sovuqlariga chidamsiz bo’ladi. Tsitrus o’simliklari -8°- 10 °S
da nobud bo’ladi. G’o’zaga kuzning 2 – 3 °S sovuqi salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Shimolda o’sadigan o’simliklar - issiqlik kam bo’lsa h’am o’z h’ayotini davom ettiradigan o’simliklardir.
Qishdagi kuchli sovuqlar h’am ularga kuchli ta’sir qilmaydi. Masalan, Sibirda o’sadigan qarag’ay, tilog’och, pixta kabi daraxtlar
- 70° S gacha sovuqqa bardosh bera oladi.
O’rta Osiyoning issiq jazirama cho’llarida - o’sadigan yantoq, kovul, saksovul, shuvoq, izen o’simliklari +60° +70 °S ga
h’am chidaydi.
4 – asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Hayvonlar h’ayotida h’aroratning ah’amiyati, gomoyoterm va
poykiloterm h’ayvonlar h’aqida mavjud bo’lgan ma’lumotlarni talabalar ongiga etkazish. Ularning h’aroratga moslanish
yo’llarini tushuntirish.
Hayvonlar h’ayotida h’am h’arorat muh’im ah’amiyatga ega. Ularda issiqlik almashinishining 2 ta asosiy tipi mavjud:
1. Poykiloterm - (poikilos - xilma - xil)
2. Gomoyoterm - (homoios - bir xildagi) Poykiloterm yoki sovuqqonlilarning tana xdrorati doimiy emas. Tana h’arorati
tashqi muh’it h’aroratiga bog’liq bo’lgan, uning o’zgarishi bilan o’zgaradigan h’ayvonlarga aytiladi. Hamma
mikroorganizmlar, suvda va quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilarga xosdir.
Tana h’arorati tashqi muh’it h’aroratiga bog’liq bo’lmagan, ya’ni doimiy tana h’aroratiga ega bo’lgan h’ayvonlarga -
gomoyoterm yoki issiqqonlilar deb ataladi. Umurtqalilardan qushlar va sut emizuvchilarga xosdir.
Evolyutsiya natijasida qushlar bilan sut emizuvchilarda, ya’ni issiqqonli h’ayvonlarda eng takomillashgan termoregulyatsiya
h’osil bo’lgan. Bu esa ularga muh’itning h’arorat sharoitiga bog’liq bo’lmagan h’olda yashashga va butun er yuzasiga tarqalishiga
imkon bergan.
Geterotermlar – oraliq guruh’ga kiruvchi h’ayvonlarning tanasi faol h’arakat qilganda gomoyoterm h’isoblanadi.
Uyquga ketgan paytda esa ularning tana h’arorati pasayadi va tanani termik idora qilish qobiliyati yo’qoladi. Bunday
h’ayvonlarga yumronqoziqlar, tipratikanlar, ko’rshapalaklar, ayiqlar ayrim qushlar va x. kiradi.
Hayvonlar o’simliklarga nisbatan ko’proq o’z tana h’aroratini boshqara olishi bilan ajralib turadi h’amda tana h’aroratini
idora etishning turli xil imkoniyatlariga ega.
Harorat h’ayvonlarning qaysi iqlim zonasida yashashi bilan bog’liq h’olda, avvalo, ularning vazniga, ichki organlarining katta
- kichikdigiga, ko’payishiga va boshqa h’ayot jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, issiq o’lkalarda yashovchi ko’pgina sut
emizuvchi h’ayvonlarning vazni, yuragi, buyragi, jigari sovuq o’lkalarda yashovchi shu xildagi h’ayvonlarnikiga nisbatan
engil va kichiqdir. Shuningdek, h’arorat h’ayvonlarning tashqi qiyofasiga, ko’payishiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, tundrada,
mo’’tadil zonada yashovchi tulki va afrikadagi fenik degan tulkini olsak, ular ekologik jih’atdan o’xshash yoki bir-biriga yaqin
turlardir. Lekin turli iqlim zonasida yashaganliklari uchun ular tashqi ko’rinishi, ayniqsa quloqlarining shakli, katta - kichikligi
bilan bir - birlaridan keskin farqlanadi. Demak, h’ayvonlar h’am turli xil h’arorat ta’siriga moslashadilar.
Hayvonlarning h’aroratga moslanish yo’llari asosan uch xil bo’ladi, ya’ni kimyoviy, fizik termoregulyatsiya va xulq - atvor
moslanishlaridir. Tashqi muh’it h’aroratining pasayishiga javoban faol ravishda tanadan issiq ajralishi kimyoviy
termoregulyatsiya deyiladi. Bunday moslanishning ko’rinishlari ba’zi bir baliqlarda, h’asharotlarda (arilar, kapapaklar)
uchratiladi. Tanadan issiq ajratishning o’zgarishi, ya’ni ortiqcha bo’lsa, tashqariga chiqarib yuborish yoki uni ushlab qolish
fizik termoregulyatsiya deb qaraladi. Bunday yo’l bilan h’arorat omiliga moslashgan h’ayvonlarda anatomo - morfologik
moslanishlar kuzatiladi: tananing junlar bilan qoplanishi, pat yoki parlarga ega bo’lishi, yog’ zaxirasining joylanishi, teri yoki
nafas yo’li orqali suv bug’latishni boshqarish va h’akazo.
Ko’pchilik h’ayvonlar uchun tana h’aroratini boshqarishda ularning instinktdan kelib chiqadigan xarakatlari katta
ah’amiyatga ega. Bularga poza - (gavdaning h’olati) larni o’zgartirish, boshpana topish, murakkab er osti uyalar qurish, boshqa
joylarga uyalar qurish, uzoq yoki yaqin masofalarga ko’chib yurishlar (migratsiyalar) kiradi.
Tana h’aroratini idora etishda h’ayvonlarning guruh’li xatti - h’arakatlari xam muh’im ah’amiyatga ega. Masalan, cho’lda
yashovchi tuyalar jazirama issiq kunlari bir - birlariga yonboshlagan h’olda bir joiga to’planib yotadilar, natijada ular
to’plangan joining o’rtasidagi h’arorat 39° S ni, ya’ni tana h’aroratiga teng bo’ladi. Eng chekkadagi tuyalarning elka tomonidagi
junlari 70° S gacha qizib ketadi.
Gomeoterm h’ayvonlarning issiqlik balanslarini idora etishda yuqoridagi moslanish yullaridan birgalikda foydalanish
ularning h’ar qandai tashqi noqulay h’arorat ta’siridan saqlanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |