O’simliklar assotsiatsiyalarini o’rganish. Tabiatda xilma-xil o’simliklar jamoasm mavjud ekan, ular bir - birlariga ma’lum
darajada o’xshab ketadi. Shunga ko’ra, ularni ajratish maqsadida maxsus taksonomik birliklar qabul qilingan. 1910 yilda
Bryusselda Xalqaro botaniklar Kongressida o’simliklar qoplamining asosiy birligi sifatida assotsiatsiya qabul qilingan. Har
qanday o’simlik assotsiatsiyasi iqlim, tuproq, undagi yashaydigan h’ayvonlar bilan bog’liq h’amda h’osildorligi bilan
tavsiflanadi, sharoitga qarab flora tarkibi h’am o’zgaradi.
O’xshash assotsiatsiyalar guruh’larga birlashadi, guruh’lar - formatsiyaga, formatsiyalar-formatsiya sinflariga va
o’simlik tiplariga birlashadi. Assotsiatsiyani o’rganishning o’ziga xos bo’lgan usul, tajriba maydonchasini qo’yish va undagi
o’simliklarni aniqlashdir.
Mana shu tajriba maydonchalarining h’ajmi odatda o’t o’simliklar jamoasi uchun 1 m dan 100 kv.m, o’rmon jamoasi
uchun 100 dan 5000 kv.m.gacha bo’ladi. Yosh daraxtlar, ayrim o’simlik turlarini aniq h’isoblash uchun h’ajmi 1 - 4
kv.m.dan oshmaydigan, o’tlarning biomassasini aniqlash uchun - 0,25 kv.m. h’isoblash maydonchalari ajratiladi.
O’simlik jamoasi o’rganilayotganda avvalo aniq ketma-ketlikda o’simliklarning ro’yxati yoziladi. Masalan: daraxtlar,
butalar, butachalar, ko’p yillik, bir yillik o’tlar, moxlar, lishayniklar va x. Undan tashqari o’simliklarning h’ayotiyligi, ya’ni
yaxshi, tez rivojlanayotgan va qurib kolayotgan turlari aniqlanadi. Bu ko’rsatkich ko’pincha quruq massani tortish bilan h’am
aniqlanadi, bu esa miqdor jih’atdan aniq xisob - kitob qilishga olib keladi. Undan tashqari, yaruslik (qavatlik), mozaiklik,
fenologiyasi h’am yoziladi. Yaruslarni yozishda yuqoridan boshlab rim raqami bilan belgilanib yozib chiqiladi. Bunda e’tiborni
gullayotgan, meva h’osil qilayotgan, o’layotgan va vegetatsiya qilayotgan o’simliklarga qaratish kerak.
O’simlik assotsiatsiyasi tuzilmasi yozib chiqilgandan keyin jamoaning yashash joyi yozib chiqiladi: relef, qiyalik (agar
bor bo’lsa), tuprog’i, mexanik tarkibi, iloji bo’lsa tuproqdan laboratoriya analiziga namuna olinadi. Kimyoviy va mexanik tarkibi
aniqlanishidan tashqari mikroflora va mikrofaunasi h’am aniqlanadi. O’simliklar assotsiatsiyasini o’rganishda sezilarli ko’rsatkich
bo’lib, assotsiatsiyalarning xo’jalikdagi bah’osi h’isoblanadi. O’simliklar assotsiatsiyasini o’rganishning oxirgi bosqichi
geobotanik h’arita tuzish h’isoblanadi. Masshtabiga qarab h’aritaga o’simlik assotsiatsiyasi yoki formatsiyalari kiritiladi. Harita
tuzishda aerofoto s’yomkalardan keng foydalaniladi.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |