Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Ekologiyaning  bo’limlari.  Odum  bo’yicha  biospektr



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/70
Sana17.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#68512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
leksiy ekalogiya

Ekologiyaning  bo’limlari.  Odum  bo’yicha  biospektr.  Populyatsiyalar,  turlar,  biotsenoz,  biogeotsenoz,  biosfera  kabi 

tushunchalar ekologiya fanining manbai h’isoblanadi. Shuning uchun h’am ekologiya 4 ta bo’limga bo’lib o’rganiladi: 



Autekologiya  -  «autos»  -  yunoncha  so’z  bo’lib  «o’zi»  degan  ma’noni  beradi.  Autekologiya  –  ayrim  turlarning  o’zlari 

yashab turgan muh’it bilan o’zaro munosabatlarini, ularning qanday muh’itga ko’proq va uzviy moslashganini o’rganadi. 



Populyatsiyalar ekologiyasi - «populyason» - frantsuzcha so’z bo’lib, «ah’oli» degan ma’noni 

beradi. Populyatsiyalar tuzilmasi, dinamikasi, ma’lum sharoitlarda turli organizmlar sonining 

o’zgarish sabablarini tekshiradi. 

Sinekologiya 

«sin» 


degani 

yunoncha 

so’z 

bo’lib, «birgalikda» 



degan 

ma’noni 


beradi. 

Sinekologiya  -  biogeotsenozlarning  tuzilishi  va  xossalarini,  ayrim  o’simlik  va  h’ayvon  turlarining  o’zaro  aloqalarini  h’amda 

ularning tashqi muh’it bilan bo’ladigan munosabatlarini o’rganadi. 

Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi Ekologiyaning yangi bir bo’limini, ya’ni biosfera (yunoncha «bios»-h’ayot; 

«sfera»  -  shar)  h’aqidagi  ta’limotni  vujudga  keltirdi.  Bu  ta’limot  asoschisi  V.

İ.Vernadskiy h’isoblanadi. (1863 – 1945 yy). 

Organizmlar tarqalgan kobiq -biosferadir. 

Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini quyidagi biologik spektr tuzilishida yozsa bo’ladi. (Yu.Odum, 1986). 

Gen —> h’ujayra —* to’qima —> organ —* [organizm —» populyatsiya —>• jamoa —> + abiotik muh’it = Ekotizim]. 

Organizmlarni o’rab turuvchi va u bilan doimiy munosabatda bo’ladigan tabiatning bir qismi - xayot muh’iti deb ataladi. Er 

yuzida organizmlar 4 ta h’ayot muxitida tarkalganlar. Bular - suv, h’avo, tuproq, organizmning o’zi. 

Hayot muh’itining organizmlarning yashash faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan elementlari yoki xususiyatlari - muh’it omillari 

yoki ekologii omillar deb ataladi. 

Ekologik omillar jonsiz (abiotik), biotik - jonli tabiat omillari va inson (antropogen) omillar guruxiga ajratiladi. Ekologik 

omillar aloxida mavzuda qarab chikiladi. 

Ekologik omillar barcha organizmlar va insonning h’ayotiga turli darajada ta’sir qiladi. (Organizmlarning ekologik omillar 

ta’siriga  moslashishi  yoki  tashki  muh’it  sharoitlariga  moslashuvi  -  adaptatsiya  deyiladi.  Ekologik  omillar  ta’siriga  chidamli 

va  er  yuzida  keng  tarqalgan  organizmlar  -  zvribiontlar:  omillar  ta’siriga  chidamsiz  va  tarqalish  doirasi  tor  organizmlarga  esa  - 

stenobiontlar deb ataladi. «Evros» - keng, «stenos» - tor degan ma’noni beradi. 

Biz yuqorida populyatsiya xaqida gapirdik. Tabiatda faqat populyatsiyalar o’zini son jixatdan boshqara oladilar. 

Tug’ilish  va  o’lish  orasidagi  muvofiqlik  populyatsiya  sonining  boshqarilishi  deyiladi.  Populyatsiyadagi  organizmlar 

soni omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Uning sonining kamayishiga - o’limning ko’payishi va h’osildorlikning kamayishi ta’sir 

kiladi. 

Boshkarishning  yana  bir  shakli  -  populyatsiyada  zichlikning  oshishi  bilan  kuzatiladi.  Zichlik  me’yordan  ko’payib  ketsa, 

ovqat  etishmasa  populyatsiyada  o’z  -  o’zini  boshqarish  va  shu  orqali  populyatsiyalarni  boshqarish  ro’y  beradi.  Masalan: 

Baliq,  kalamushlarda  populyatsiya  zichligi  ma’lum  darajaga  etganda,  ularning  serpushtligi  pasayib  ketadi.  Bu  ovqat 

etishmasligi natijasida bo’ladi. Gormonal o’zgarishlar kuzatiladi (bola tug’ish kamayadi) bu esa jinsiy  xulq - atvoriga ta’sir qiladi 

va naslsizlikga olib keladi, bola tashlashga, ota - ona tomonidan bolalarning eyilishiga, bosqinchilik oshishiga olib keladi.  

Populyatsiya zichligi oshishi bilan h’ayvonlarning tuxum qo’yishi kamayadi, o’simliklarda urug’ h’osil bulishi pasayadi. Joy 

etishmasligi  bilan  migratsiya  boshlanadi.  Bir  xil  populyatsiyalar  tug’ilish  orqali  boshqarilsa,  boshqalari  o’lish  orqali 

boshqariladi.  Demak,  populyatsiya  -boshqarish  vositasi  h’isoblanadi.  Populyatsiyaning  son  jih’atdan  bir  me’yorda  saqlanib              

turilishi – gomeostaz deyiladi, yunoncha «gomeo» - o’xshash, statis - h’olat demakdir. Ekologiyada asosiy tushunchalardan biri 

ekologik  tizim  tushunchasidir.  Tirik  organizmlar  jamoasi  va  ularning  yashash  muh’itini  o’z  ichiga  oladigan  funktsional  tizim 

ekologik tizim deyiladi. 




 

Tabiiy  va  sun’iy  ekotizimlar  mavjuddir.  Shah’ar,  akvarium,  tuvakdagi  gul,  kosmik  kema  sun’iy  ekotizimlarga  misol 



bo’la oladi.  Agar  tashqi  ta’sir natijasida  muvozanat buzilsa,  ekotizim o’z - o’zini tiklashi mumkin. 

İnsonlarning tabiatga ta’siri 

ekotizimlarning o’z - o’zini tiklash imkoniyatlaridan oshmasligi kerak. 

Ekotizimdagi  organizmlarning  aloh’ida  to’plami  biotsenoz  deb  ataladi.  Biotsenoz  -  lotincha  «bios»  -  h’ayot, «tsenoz»  - 

umumiy degan ma’noni anglatadi. Demak, muayyan sharoitda kuruklikdagi yoki suv h’avzalaridagi birga yashaydigan o’simlik, 

h’ayvon, zamburug’, mikroorganizmlarning yig’iidisi tushuniladi.  Bu atama 1877  yili nemis biologi K.  Mebius tomonidan 

fanga kiritilgan. 

Biotop  -  biotsenozning  yashash  muh’itidir  yoki  aytishimiz  mumkin:  biotsenoz  egallab  turgan  muh’it  -  biotopdir.  Bu 

lotincha so’z bo’lib «bios» - xaet, «topos» - yashash joyi demakdir. 

Biotsenoz va biotop birgalikda biogeotsenozni tashkil etadi. 

Biogeotsenoz  -  «bios»  -  xayot;  «geo»  -  er; «tsenoz»  -  umumiy  tushunchasini  rus  botanik  olimi,  akademik 

V.N.Sukachev  taklif  etgan.  Muayyan  tuproq  sharoitida  o’simliklar,  h’ayvonlar,  zamburug’lar  va  ayrim  sodda 

h’ayvonlardan tashkil topgan mikroorganizmlarning birgalikda yashashi biogeotsenozdir. 

Ko’pincha  ekotizim  va  biogeotsenoz  tushunchalari  bir  -  birining  sinonimi  sifatida  qo’llaniladi  va  deyarli  bir  xil 

ma’noni bildiradi, ammo ba’zi bir tomonlari bilan ular farklanadilar. 

Ekotizimdagi organizmlar oziqa zanjiri orqali o’zaro bog’langan. Oziqa zanjiri evolyutsiya jarayonida tashkil topgan. 

Tabiatda  xayot  uchun  zarur  bo’lgan  moddalar  to’xtovsiz  ravishda  aylanib  turadi.  Avtotrof  organizmlar  atrof  muh’itdan 

kimyoviy  moddalarni  o’zlashtiradi,  bu  moddalar  geterotroflar  orqali  qaytadan  atrof  muh’itga  qaytadi.  Bu  jarayon  juda 

murakkab  shakllarda  boradi.  Oziqa  zanjirida  birinchi  bo’g’indan  keyingilarga  qarab  biomassa  kamayib  boradi. «O’simlik  - 

h’ashorat -baqa - ilon - kalxat» mana shu oziqa zanjirida birinchi bo’g’indan keyingilariga qarab biomassa kamayib boradi. Oziqa 

zanjiri murakkab va ko’p bo’g’inli bo’ladi. Bunda albatta yashil o’simliklar (xosil qiluvchilar) produtsentlar; h’ayvonlar (organik 

moldalarni iste’mol qiluvchilar) konsumentlar; bakteriyalar (organik qoldiklarni parchalovchilar) redutsentlar ishtirok etadilar. 

Agar ozuqa zanjirining boshlanishi sifatida yashil o’simlik xisoblansa bu sarflanish zanjiri deyilali. Masalan: o’simlik - 

kiyik - bo’ri iste’mol qilganda. 

Agarda ozuqa zanjiri o’simlik qoldiqlari, h’ayvon jasadi yoki chiqindilaridan boshlansa, bunga detrid, ya’ni parchalanish 

zanjiri  deyiladi.  Masalan:  h’ayvon  jasadi  -  pashsha  -  baqa  -  ilon.  Shunday  qilib,  uzoq  evolyutsiya  jarayonida  bir  -  biriga 

bog’liq  turlardan  barqaror  oziqa  zanjirlar  paydo  bo’ladi,  bular  boshlang’ich  ozuqa  moddalardan  energiya  va  moddalarni 

birin-ketin olib tabiatda moddalarning doimiy xarakatini ta’minlaydi. Organizmlar quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va 

issiklik  energiyalariga  aylantiradi.  Bunda  boradigan  barcha  o’zgarishlar  energiyani  yo’qotish  bilan  bog’liq  bo’lib,  u  pirovardida 

issiqlikga aylanib tarqalib ketadi. 




Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish