T.Veblen g‘oyaIari T. Veblen -institutsionalizm asoschisi.
Institutsionalizmning vatani AQSH, uning asoschisi Torsten Veblen (1857-1929)
hisoblanadi. Zamonaviy institutsionalizm yo‘nalishining dastlabki ko‘rinishlari
T.Veblenning «Bekorchi sinf» nazariyasi asarida izohlab berilgan.
Mazkur kitob muallifining fikriga ko‘ra, iqtisodiy nazariya bilan iqtisodiy reallik
o'rtasida juda katta uzilish mavjud. Birinchisi, garmoniyaga (muvozanatga) asoslanadi, ikkinchisida uzluksiz evolyutsiya sodir bo‘ladi, yashash uchun keskin
kurash ketadi. Buyumning foydaliligi va unga erishishning qiyin va mushkulligini doimo taqqoslab boruvchi “iqtisodiy odam” modeli shakshubhasiz eskirdi. Haqiqatda esa insonning xatti-harakati juda ko‘p omillarga ko‘pincha ichki qarama-qarshiliklarga bog‘liq. Taqlil qilishga va raqiblikka bo‘lgan tug‘ma moyillik bilan birga, uning xatti-harakatiga an’ana, axloq, urf-odat, shuningdek, obro‘ga bo'lgan intilish juda kuchli ta’sir ko'rsatadi. Shuning uchun iqtisodiy tahlil qilishda har xil
“institutlarni” (ular yuqorida ko'rib chiqildi) hisobga olish zarur. T.Veblenning fikriga ko'ra, alohida subyektlarning xatti- harakatini emas, balki kasaba uyushmalarining, siyosiy partiyalarning ish harakatini o‘rganish kerak. Iqtisodiy nazariya bilan iqtisodiy subyektlarning asosiy unsurlari (yer egalari, ishchilar, kapitalistlar va injener - texnik ishchilar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni aniqlash
muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotda ularning roli har xildir. Bozor xo‘jaligi amal qilishining dastlabki bosqichida hokimiyat va mulk tadbirkorlar qo‘lida boladi. Oldin yagona bo‘lgan bu sinf keyinchalik kapital egalariga va ishlab chiqarishni tashkil etuvchilarga ajraladi. Kapital egalarini faqat o‘z kapitallariga keladigan foyda qiziqtiradi, ular o‘z kapitallarini ishlab chiqarishga qo‘ymaydilar, balki faqatgina kreditga beradilar. Ularning daromad manbay bo‘lib real sector emas, balki moliya sohasida aylanib turuvchi qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Bu ma’noda kapital egalari bekorchi sinfni tashkil etadi.
Ishchilar, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil etuvchilar va texnik mutaxassislar unumli”hisoblanadilar, ular o‘z kapitallariga ega emas va bekorchi sinf kreditga
qo‘ygan vositalardan foydalanib ish yuritadilar. Bekorchi sinfning hukmronlik mavqei butun bir iqtisodiyotning amal qilishida kredit rolining haddan tashqari oshib ketishiga olib keladi. Kapitalning anchagina qismi chayqovchilik maqsadlarga foydalaniladi va ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilmaydi. Kredit inflyatsiyasi vujudga keladi, uning orqasidan ssudani zudlik bilan qoplash talabi zamrligi kelib chiqadi. Natijada ommaviy bankrotlik va turg‘unlik yuzaga chiqadi, ular o‘zining davom etishi muddati bo‘yicha iqtisodiy yuksalish davridan ancha ortib ketadi. Bekorchi sinf bilan unumli sinf o‘rtasidagi antagonizmning yechilishi shunga olib keladiki, hokimiyat texnokratlar qo‘liga o‘tadi. Kapitalga bo‘lgan mulkchilik aksionerlik shaklini oladi va shu bilan xususiy mulk bolishdan to‘xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |