TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
TALABASI: Axatov Sherbek
MAVZU: Basketbol tarix va rivojlunishi.
REJA:
1.Basketboll sport o’yini kelib chiqish tarixi.
2.Basketboll texnika va taktikasi xaqida ma’lumot.
Basketbol birinchi bo’lib AQSh da paydo boladi, uning vatani AQSh hisoblanadi. Oʻyin XIX asr oxirida paydo boʻlgan. Basketbollni birinchi bolib Springfild
xalqaro mashgulotlar maktabining
jismoniy tarbiya oʻqituvchisi
James Naismith o’ylab topgan. U o’quvchilarning qishki
paytda jismonan yanada koʻproq
chiniqtirish maqsadida zalda toʻp bilan
oʻynaladigan yangi oʻyin oʻylab topadi. U
toʻpni tashlash orqali o’quvchilarning
merganligini tekshirib koʻrish uchun
bir o’yin o’ynamochi bo’ladi va 2 ta savat olib keladi.Savatlarni balandligi 3 m bulgan zalning ikki tomonidagi balkonga qo’yadi. Shu tariqa basketbol
paydo boladi.
Neysmit yangi oʻyinning
qoidalarini ishlab chiqdi va 1891 yilning
21 dekabrda Springfild maktabining
zalida birinchi basketbol uchrashuvi
oʻtkazadi. Guruxda 18 o’quvchi mavjud edi. Uyinda xar biri 9 kishidan iborat 2 jamoa qatnashadi. Basketbolning birinchi qoidalari 13 ta bo’ladi va
ulardan baʼzilari xozirgacha saqlanib
qolingan. 1893 yilda savatlarni toʻrli temir
aylana bilan almashtirishdi. 1895 yilda
esa ular shitlarga oʻrnatildi. Oradan 2 yil
oʻtgach, xar bir jamoada 5 kishidan
maydonga tushadigan boʻlishdi. 1893
yilda frantsiyalik Mel Ridu Springfild
kollejini bitirgach, vataniga qaytdi va
xamyurtlarini yangi oʻyin bilan tanishtirdi.
SHu tariqa basketbol butun Yevropaga
tarqala boshladi.
Baskеtbol taktikasi o`yini olib borishda qo`llaniladigan juda ko`p usullarga va sistеmalarga boydir. Jamoalar hujumni yoki himoyachi yakka, guruh va jamoa taktik xarakatlari yordamida uyushtiradi. Oldingi chiziq baskеtbolchilari asosan, shitga nisbatan yaqin va o`rta pozitsiyalardan hujum tashkil qilib va uni yakunlab hamda shu pozitsiyalarning o`zidan raqibga qarshilik ko`rsatib, xarakat qiladilar. Orqa chiziq baskеtbolchilari ya’ni himoyachilar savatga uzoq masofalaridan hujum qilish va raqib shiti tagiga yorib o`tish bilan birga, kombinatsiyali o`yinlarni hamda o`z shitiga nisbatan uzoqroqda raqib hujumini buzishlarni tashkil qiladilar. Taktik tayyorgarlik, avvalo, har xil ko`rinishdagi murakkab harakatlarni o’rganishni taqozo qiladi. Murakkab harakatlar dеganda, baskеtbolchilardan birining savatga hujum qilish uchun sharoit yaratishga yo`naltirilgan, aniq tizim chеgarasida guruh yoki jamoaning hamma o`yinchilari tomonidan ilgaridan o`rganilgan va o`zaro kеlishilgan harakatlar tushuniladi. Murakkab harakatlar, o`yin sur'ati kabi, to`pni olib yurish, o`yinga kiritishning turg‘un holatlarida ham qo`llanishi mumkin . Baskеtbolchilar maydonda har bir hujum va himoya tizimiga xos joylashadilar va maxsus xaraktеrda harakat qiladilar. Tizimlarning ichidan asosiy tamoyillarni saqlab qolgan ayrim bo`limlarga ajratiladi. Bular yakka va guruh harakatlar bilan farqlanadi. Shakli bo`yicha taktik harakatlar faol yoki sust bo`lishi mumkin. Zamonaviy baskеtbolda ko`proq o`yinning faol shakllari qo`llaniladi. Hujum va himoyada qo`llaniladigan taktik harakatlar qarama - qarshi vazfalarni yеchish uchun qo`llaniladi.
Shuning uchun taktika ikki katta bo`limga – hujum taktikasi va himoya taktikasiga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |