Bekorchi sinflar nazariyasi



Download 20,98 Kb.
bet1/3
Sana30.05.2023
Hajmi20,98 Kb.
#945965
  1   2   3
Bog'liq
11-Mavzu............................................................


11-mavzu. Institutsionalizm.
Institutsionalizmning asosiy xususiyatlari, evolyutsiyasi. T.Veblen g’oyalari. “Bekorchi sinflar nazariyasi” asaridagi iqtisodiy g‘oyalar. J.R.Kommons qarashlari. U.K.Mitchell g‘oyalari. Kon‘yunktur-statistik institutsionalizm oqimi. Iqtisodiyotda bashorat (prognoz) masalalari sikli k davriy o‘zgarishlar nazariyalarining paydo bo‘lishi. Ijtimoiy-institutsional yo‘nalish. Nomukammal bozor ta‘limotlari. Chemberlen monopolistik raqobat to‘g‘risida. J.Robinsonning nomukammal raqobat nazariyasi. Samaradorlik va adolat dilemmasi. J.K.Gelbreytning iqtisodiy qarashlari. J.Shumpeter. Neoinstitutsionalizm.
XIX-XX asrlarda AQSH davlatida iqtisodiy nazariya fanining yana bir yechilmagan muammosi sifatida institutsionalizm ta’limoti paydo bo‘ldi. U boshqa iqtisodiy yo‘nalish va maktablarga o‘xshamagan holda, ya’ni individuallikni emas, balki jamoaviylikni targ‘ib qiluvchi kuch sifatida yuzaga keldi. Institutsionalizm vakillarining tadqiqoti turlicha bo‘lsa ham, aynan har qanday iqtisodiy savol jamoaviy tarzda hal qilinishi kerakligi ularni birlashtirib turdi. Institutsionalist vakillaridan biz T.Veblen, R.Kommons, U.Mitchell, K.Gelbreyt kabi olimlarning
iqtisodiy qarashlarini o‘rganamiz.
Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar
XIX asrning oxiri XX asrning boshida yuzaga kelgan konkret-tarixiy sharoit ta’sirida AQSH ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi. Aynan Amerikada birinchi bo‘lib erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotning monopolistik iqtisodiyotga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar ancha keskin shaklda namoyan bo‘la boshladi. Bu AQSHda ilk bor antimonopol chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga, ularning XIX asrning oxirida mamlakatda qo‘llanilishiga asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Keyinchalik dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar bunday chora-tadbirlardan keng qo‘llana boshladi. XX asrning boshida AQSH iqtisodchi-olimlari iqtisodiyotda kuchayib borayotgan monopolistik tendensiyalarni tahlil qilgach va o‘z mamlakatining “antitrust” siyosatiga ta’sir ko‘rsatgach, iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazorat qilish konsepsiyasiga asos soldi. Ularning nazariyasi hozirgi kunda iqtisodiy fanda ijtimoiy institutsional yoki oddiy qilib aytganda institutsionalizm deb ataluvchi yangi yo‘nalishni boshlab berdi.
Institutsionalizm” atamasi asosida “institut” tushunchasi yotadi. Institut institutsionalistlar tomonidan jamiyatning rivojlanishida asosiy kuch sifatida
ko‘riladi. Institutsionalizm tarafdorlari “institut”larga har xil kategoriya va tushunchalarni masalan, davlat, oila, tadbirkorlik, monopoliyalar, xususiy mulkchilik, kasaba uyushmalari, huquqiy qoidalar, din, axloq va shu kabilarni kiritadilar.
Institutsionalizm - bu ma’lum ma’noda iqtisodiy nazariyadagi yangi klassik
yo‘nalishga muqobil nazariyadir. Agar yangi klassiklar A.Smitning bozor xo‘jaligi mexanizmining takomillashganligi va iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartiblashi to‘g‘risidagi tezisiga va “sof iqtisodiy fan” ga amal qilsalar, institutsionalistlar esa moddiy omillar bilan birga iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi deb ruhiy,
ma’naviy, huquqiy va boshqa omillarni ham hisoblaydilar. Boshqacha aytganda, institutsionalizm o‘zi tahlil qiladigan predmet sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ham iqtisodiy, ham noiqtisodiy muammolami ilgari surdi. Bunda tadqiqot obyekti institutlar – birlamchi yoki ikkilamchi turlarga ajratilmaydi va bir-birlariga qarshi qo‘yilmaydi. Institutsionalizmga xos bo‘lgan uslubiy xususiyatlar
quyidagilardir:
1) Neoklassikaga xos abstraksiyaning yuqori darajasi, ayniqsa, baho nazariyasining ortodoksal statistik xarakteridan qoniqmaslik;
2) Iqtisodiyot nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyaga intilish yoki fanlararo yondashuv ustunligiga ishonch;
3)Klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyanish) yetishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o‘tkazishga chorlash.
Institutsionalizm evolyutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo‘lish mumkin:
1. 20 asrning 20-30-yillarida institsionazmning keng tarqalishi. Bu davrning bosh mafkurachisi T.Veblendir (1857-1920), uni J.R.Kommons (1862-1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamiltonlar faol himoya qildilar.
2.Urushdan keyingi kechki institutsionalizm. Bu davr mafkurachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklarni izohlab berish bilan birga F.Ruzvelt tomonidan ilgari surilgan “yangi kurs” islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyanomalarini ham ilgari surdilar. Ular demografiya va antropologiyani o‘rgandilar, ishchilar harakatining asosi bo‘lgan kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50-yillarda J.M.Klark “Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi”, A.Verli “Mulksiz hokimiyat” va “XX asr kapitalistik inqirozi” kitoblarini chop etdilar. J.Minz o‘zining maqolalarida aksionerlar sonini ortishi, capital mulkini kapital funksiyasidan ajratish lozimligini qayd etdi.
3. 60-70-yillarda ijtimoiy - institutsional yo‘nalish, ya’ni neoinstitutsionalizm paydo bo‘ldi. 60-yillardagi institutsionalizm asoslari Amerikalik nazariyotchi A.Lou va Shvetsiyalik iqtisodchi J.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy institutsional yo‘nalish ta’limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar tomonidan davom ettirilgan. Amerikalik neoinstitutsionalizm nazariyotchilari iqtisodiy jarayonlarni industriya rivoji va texnokratiya rolini o‘sishi bilan bog'lamoqdalar, shuningdek, bu jarayonlarning borishini tushintirishda jamiyat ijtimoiy institutsional yo‘nalish ichida turli oqim va maktablarni vujudga keltirdi. Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy:
ijtimoiy-psixologik; ijtimoiy-huquqiy; empirik yoki konyuktur-statistik oqimni ajratish mumkin.

Download 20,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish