Qayta davlat ro’yxatiga olingan



Download 136 Kb.
bet1/3
Sana10.04.2017
Hajmi136 Kb.
#6503
  1   2   3
2011 yil 24 mayda

O’zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi tomonidan

“qayta davlat ro’yxatiga olingan”

2011 yil 21 dekabrda

O’zbekiston kasaba uyushmalari

Federatsiyasining V qurultoyida

“Tasdiqlangan”

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining

USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR


1.1. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (bundan buyon matnda “Federatsiya” deb yuritiladi) - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida kasaba uyushma a'zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini hamkorlikda amalga oshirish va himoya qilish uchun birlashgan O’zbekiston kasaba uyushmalarining kasaba uyushma tashkilotlari hududiy (Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hududida amal qiluvchi), tarmoq birlashmalari bilan ixtiyoriy asosda tuzilgan Respublika jamoat birlashmasidir.

1.2. Federatsiya o’z faoliyatini asosiy maqsadi qilib daromad(foyda) olish uchun ko’zda tutmaydigan nodavlat notijorat o’zini-o’zi boshqaradigan kasaba uyushma tashkilotidir.

1.3. Federatsiya o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradi va Respublika hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida o’zining a'zo tashkilotlariga ega.

1.4. Federatsiya o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Mehnat va Fuqarolik kodekslari, O’zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g'risida”, “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g'risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g'risida”gi, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlar, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.

1.5. Federatsiya o’z faoliyatining strukturasi, maqsad, shakl va uslublarini belgilashda erkindir, o’z organini mustaqil ravishda shakllantiradi va devon xodimlari shtatini tuzadi.

1.6. Federatsiya o’zining maqsad va vazifalariga muvofiq boshqa davlatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qiladi, kasaba uyushmalarining xalqaro va boshqa birlashmalariga kirishi mumkin.

1.7. Federatsiya qonunchilik, ijro va sud hokimiyati organlari, mehnat, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish haqidagi qonunchilik ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, shuningdek, ish beruvchilar birlashmalari, siyosiy partiya va harakatlar, boshqa jamoat birlashmalari, yuridik shaxslar va fuqarolar bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yadi.

1.8. Federatsiya o’z faoliyatida hokimiyatning ijro organlari, ish beruvchilar, ularning birlashmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqildirlar, ular oldida hisobdor emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

1.9 Federatsiyaning nomlanishi:

o’zbek tilida, to’liq — O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, qisqartmasi – O’zKUF;

rus tilida, to’liq – Federatsiya profsoyuzov Uzbekistana, qisqartmasi - FPU;

ingliz tilida, to’liq - Federation of Trade Unions of Uzbekistan, qisqartmasi - FTUU.

1.10. Federatsiya rahbar organi — O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining joylashgan o’rni: 100165. O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Buxoro ko’chasi, 24-uy.
II. FEDERATSIYANING MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. Federatsiya kasaba uyushma a'zolarining ijtimoiy-mehnat va fuqarolik huquqlarini, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlari vakilligi va himoyasi, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlari doirasida a'zo tashkilotlar vakilligi va umumiy manfaatlari himoyasi va a'zo tashkilotlarning umumiy maqsadlariga erishish, ular faoliyatining huquqiy kafolatini ta'minlash bo’yicha harakatini birlashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan.

2.2. O’z maqsadlariga erishish uchun Federatsiya:

2.2.1. O’zbekiston kasaba uyushmalari harakatining strategiya va taktikasini ishlab chiqadi, a'zo tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirish, ularni mustahkamlashga ko’maklashadi.

2.2.2. Ijtimoiy sherikchilik tizimini rivojlantirish, ish beruvchilar va davlat hamda ijro hokimiyati organlari, kasaba uyushmalarning uch taraflama hamkorligi printsiplarini amalga oshirishga ko’maklashadi.

2.2.3. Federatsiya, ish beruvchilarning respublika birlashmalari bilan Bosh kelishuvni va Federatsiyaga a'zo tashkilotlar manfaatlariga javob beradigan boshqa kelishuvlarni ishlab chiqish va tuzish tashabbusi bilan chiqadi, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

2.2.4. Mehnat munosabatlariga oid xalqaro shartnomalar, konventsiyalarni ratifikatsiya qilishga ko’maklashadi, tegishli davlat hokimiyati organlariga mehnat munosabati, bandlik, mehnat migratsiyasi, kasb ta'limi, mehnat va sog'liqni muhofaza qilish, kasaba uyushmalari huquqlari va faoliyatining kafolatlarini kengaytirish, gender tenglik, yoshlar, ijtimoiy mehnat sohasiga aloqador boshqa masalalarga doir qonunlar, boshqa normativ huquqiy hujjatlar haqida takliflar kiritadi va ishlab chiqishda ishtirok etadi.

2.2.5. Mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish to’g'risidagi qonun hujjatlari, boshqa mehnat huquqi normalari mavjud normativ huquqiy hujjatlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.

2.2.6. Insonning munosib hayoti va erkin rivojlanishini, xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta'minlaydigan sharoit yaratishga yo’naltirilgan davlat ijtimoiy dasturini ishlab chiqish va shakllantirishda ishtirok etadi.

2.2.7. Sanatoriy-kurortlarda davolanish, bolalarni sog'lomlashtirish va dam oldirish, madaniyat, turizm ommaviy jismoniy tarbiya va sport muassasalarini rivojlantirish bo’yicha davlat hokimiyati organlari, maahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari, birlashmalar, tashkilotlar bilan o’zaro aloqani o’rnatadi, kasaba uyushmalari a'zolari va ularning oilalari o’rtasida sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil etadi va o’tkazadi.

2.2.8. Federatsiya mulkidan samarali foydalanish bo’yicha xo’jalik va boshqa choralarni amalga oshiradi, a'zo tashkilotlarning mulkdan foydalanishlari bo’yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi.

2.3. Federatsiya quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kasaba uyushma tashkilotlari harakatini birlashtiradi va qo’llab-quvvatlaydi:

• millati, jinsi, yoshi va diniy e'tiqodidan qat'iy nazar kasaba uyushma a'zosining mehnat, ish va kasbini erkin tanlash, adolatli mehnat sharoiti va ishsizlikdan himoyalanishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishi;

• maksimal darajada bandlikni ta'minlash, daromadlarni oshirilishi va mulkiy tabaqalanish darajasini kamaytirish;
• mehnatga haq to’lash va mehnat rejimining ijtimoiy adolatli tizimini joriy etish;

• madaniy-maorif, jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil etish, madaniyat muassasalari va sport inshootlarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

• insonni ma'naviy va jismonan rivojlantirishga yordam beruvchi bo’sh vaqtidan oqilona foydalanish;

• ishlab chiqarishni rivojlantirish darajasiga muvofiq ishlovchilarning malakasini oshirish va kasb jihatdan qayta tayyorlash;

• mehnat qonunchiligi, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha qonunlar, qoidalar, normalarga rioya etish;

• xodimlar va ularning oila a'zolarini sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun baza yaratish va mablag' ajratish;

• ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklik, jamoa muzokaralarini tashkil etish, jamoa shartnomalari va kelishuvlar tuzishni yo’lga qo’yish, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

• davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan o’zaro munosabat o’rnatish, mehnatkashlarni mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy huquq va erkinliklarini himoya qilish, barqarorlik, ijtimoiy totuvlik va fuqarolar osoyishtaligini saqlash bo’yicha hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.


III. KASABA UYUSHMALARI, ULARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3.1. Kasaba uyushmasiga a'zo bo’lish ixtiyoriydir. Kasaba uyushmalari Ustavini tan oluvchi va bajaruvchi, muntazam a'zolik badallarini to’lab boruvchi 18 yoshga to’lgan har bir fuqaro kasaba uyushma a'zosi bo’lishi mumkin (o’n olti yoshga to’lgan, ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo’lgan yoki o’quv yurtida tahsil oladigan fuqaro kasaba uyushmasi a'zoligiga kirishi mumkin).

Kasaba uyushma a'zoligiga qabul qilish va undan chiqish kiruvchining shaxsiy arizasiga binoan kasaba uyushma guruhi, tsex, boshlang'ich tashkilotlari yig'ilishida amalga oshiriladi.

Kasaba uyushmasiga qabul qilish va undan chiqish sanasi ariza berilgan kundan hisoblanadi. Kasaba uyushmasiga qabul qilingan fuqaroga boshlang'ich tashkilotning kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan yagona namunadagi a'zolik bileti beriladi.

Kasaba uyushma tashkiloti bo’lmagan korxona, tashkilot, muassasalarda xodimlar va o’quvchilarni kasaba uyushmasi a'zoligiga qabul qilish kasaba uyushmalarining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri,shahar, tuman kengashlarining rayosatlari yoki kasaba uyushma qo’mitalari raislari kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.

3.2. Bir kasaba uyushmasidan boshqasiga o’tganlikda, shuningdek, mehnat faoliyati vaqtincha yoki doimiy tugatilganda kasaba uyushma tashkiloti bilan aloqada bo’lgan va a'zolik badallari to’lab borilgan taqdirda kasaba uyushmasiga a'zolik saqlanib qolinadi.

3.3. Kasaba uyushmasi a'zosi:

• davlat, sud va mulk shaklidan qat'iy nazar xo’jalik organlarida mehnat munosabatlariga oid masalalar bo’yicha kasaba uyushmalarining huquqiy yordamini olish va ularning himoyasida bo’lish;

• kasaba uyushma organlariga saylash va saylanish;

• kasaba uyushmalarining tadbirlarida ishtirok etish, o’z fikrlarini erkin bayon etish, o’z faoliyati va xulq atvoriga taaluqli masala ko’riladigan majlis, yig'ilish, konferentsiyalarda shaxsan ishtirok etish;

• yuqori kasaba uyushma organlariga murojaat etish;

• kasaba uyushmalarining sanatoriy-kurortlari va sihatgohlarida, sanatoriy-profilaktoriy, dam olish bazalari, bolalarni sog'lomlashtirish oromgohlariga imtiyozli tariflar bo’yicha yo’llanmalar olish, kasaba uyushmalarining madaniyat muassasalari va sport inshootlaridan foydalanish huquqiga ega.

3.4. Kasaba uyushmasi a'zosi:

• Ustavga rioya qilish va kasaba uyushma organlari qarorlarini bajarishga;

• boshlang'ich kasaba uyushma tashkiloti faoliyatida ishtirok etishga;

• jamoa shartnomalari yoki kelishuvlar bo’yicha majburiyatlarni bajarilishiga ko’maklashishga;

• a'zolik badallarini to’lab borishga majbur.

3.5. Uzrli sababsiz Ustav talablarini bajarmagan kasaba uyushma a'zosiga quyidagicha jamoat ta'siri choralari ko’riladi: tanbeh, xayfsan va oxirgi chora sifatida kasaba uyushmasidan chiqarish.

Kasaba uyushma a'zosiga jamoat ta'sir choralarini qo’llash masalasi boshlang'iya tashkilot yig'ilishi yoki uning saylab qo’yilgan kasaba uyushma organi majlisida o’zining ishtirokida, shuningdek, ularning tashabbusi bilan yuqori kasaba uyushma organlarining majlislarida keyinchalik kasaba uyushma a'zosi hisobda turgan boshlang'ich kasaba tashkilotini qabul qilingan qarordan xabardor qilgan holda uzrsiz sabab bilan kelmay qolsa – uning ishtirokisiz hal qilinadi.

qaror ko’pchilik, kasaba uyushmasidan chiqarish haqidagi qaror yig'ilish qatnashchilarining kamida uchdan ikki qismi ovoz berganda yoki saylab qo’yilgan organ majlisida kvorum bo’lganda qabul qilinadi.

jamoat ta'siri chorasini qo’llanilishi ustidan shikoyat yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga chora qo’llanilgan kundan so’ng bir oy muddat ichida berilishi mumkin.

3.6. Kasaba uyushmasidan o’chirilgan yoki chiqqan kasaba uyushma tomonidan o’zining ijtimoiy mehnat huquqi va qonuniy manfaatlari himoya qilinishidan, bepul huquqiy yordam, kasaba uyushmasi yoki uning tashkilotiga tegishli mulkdan hissa olish huquqidan mahrum bo’ladi.

To’langan a'zolik badallari summasi unga qaytarilmaydi.

Kasaba uyushma a'zosidan ijtimoiy ta'sir chorasini olib tashlash masalasida tegishli kasaba uyushmasi yig'ilishi yoki organi tomonidan qo’llanilgan kundan kamida uch oydan so’ng ko’rib chiqiladi.

6 oy a'zolik badalini to’lamagan kasaba uyushma a'zosi (mazkur Ustavning 8.2. bandida ko’zda tutilgan holdan tashqari) kasaba uyushmasidan chiqqan hisoblanadi.

3.7. Kasaba uyushmalari faoliyatida aktiv qatnashganligi uchun kasaba uyushma a'zolari kasaba uyushma organlari belgilagan tartibda ma'naviy va moddiy rag'batlantirilishi mumkin.
IV. FEDERATSIYAGA A'ZO TASHKILOTLAR, ULARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI.
4.1. Mazkur Ustavni tan oladigan va bajaradigan, a'zolik badallarini to’laydigan O’zbekiston kasaba uyushmalari, (kasaba uyushma tashkilotlarining tarmoq va hududiy birlashmalari) Federatsiyaga a'zo tashkilotlar bo’lishi mumkin.

4.2. Federatsiyaga yangi a'zo tashkilotlarni qabul qilish haqidagi qaror mintaqaviy, tarmoq kasaba uyushmalari Rayosatiga berilgan yozma ariza asosida, ularning kollegial organi qarori, Ustavi, soni haqidagi ma'lumot, tashkiliy strukturasi, rahbar organlarning joylashgan o’rni, yuridik manzili, davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi, a'zolik badallarini to’lash bo’yicha majburiyati ilova qilingan holda amalga oshiriladi.

Mintaqaviy, tarmoq kasaba uyushmalari tomonidan Federatsiyaga qabul qilish rad etilganda bu masala kiruvchi tashkilot tomonidan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (bundan buyon matnda “Federatsiya Kengashi” deb yuritiladi) muhokamasiga qo’yilishi mumkin.

4.3. A'zo tashkilotlarning Ustavlari Federatsiyaning maqsad va vazifalariga zid bo’lmasligi kerak.

4.4. quyidagi hollarda Federatsiyaga a'zolik to’xtatiladi:

• amaldagi qonunchilik asosida a'zo tashkilot tugatilganda;

• a'zo tashkilotning Federatsiya tarkibidan chiqqanida;

• a'zo tashkilotning Federatsiya tarkibidan chiqarilganda.

Federatsiya tarkibidan chiqish to’g'risida qaror Federatsiya Kengashini kamida uch oy oldin ogohlantirgan holda a'zo tashkilotning qurultoyi, Konferentsiyasida qabul qilinishi mumkin.

Federatsiya tarkibidan chiqish to’g'risidagi qaror Federatsiya tomonidan tasdiqlangunga qadar a'zo tashkilot mazkur Ustavni bajarishga majbur.

Ustavni, Federatsiya kollegial organi qarorini, Federatsiyaga a'zolik badalini to’lamaydigan a'zo tashkilot Federatsiya Kengashi qaroriga binoan Federatsiyadan chiqarilishi mumkin.

Federatsiyadan chiqish haqidagi a'zo tashkilot qurultoyi, konferentsiyasi qarori uch oy muddatda ko’rib chiqiladi.

4.5. A'zo tashkilotlar quyidagi huquqqa ega:

• Mazkur Ustavga va Federatsiyaning Harakat dasturi printsiplariga zid kelmaydigan dasturiy, normativ va lokal hujjatlarni qabul qilish;

• o’z vakillarini Federatsiya Kengashi tarkibiga delegat qilib yuborish, ularni chaqirib olish, almashtirish;

• Federatsiyaning saylab qo’yilgan organlariga kasaba uyushma faoliyatining har qanday masalalari bo’yicha murojaat qilish va tushuntirish, axborot olish, zarurat tug'ilganda, qo’yilgan masalani hal qilishda qo’llab-quvvatlanish;

• hujjatlar loyihalarini qurultoy va Federatsiyaning saylov organlariga ko’rib chiqish uchun kiritish;

• o’z vakillari orqali Federatsiyaning kollegial organlari ishiga ishtirok etish;

• xodimlarning ijtimoiy-mehnat huquqlari va manfaatlariga aloqador va boshqa normativ huquqiy hujjatlar loyihalariga Federatsiyaning takliflarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

Federatsiya Kengashi, Respublika ish beruvchilar uyushmasi va O’zbekiston Respublikasi Hukumati o’rtasida Bosh kelishuvni ishlab chiqish bo’yicha taklif kiritish va Federatsiya faoliyatida qatnashish.

• Federatsiyaning turli xil dasturlari ishlab chiqish va jamg'armalarini tuzishda ishtirok etish;

• Federatsiya mulkidan foydalanish va uni boshqarishda ishtirok etish;

• kasaba uyushma kadrlarini va faollarini o’qitish, o’z faoliyati uchun zarur axborot olish va tarqatish uchun Federatsiya imkoniyatlaridan foydalanish. O’z vakillarini Federatsiya tomonidan o’tkaziladigan tadbirlar, o’quv seminarlariga yuborish.

Kasaba uyushmasi xodimlarini va faollarini Federatsiya nishoni va faxriy yorlig'i bilan mukofotlash, shuningdek, ularni davlat mukofotlari va faxriy unvonlarga tavsiya etish bo’yicha taqdimnomalarni Federatsiya tomonidan qo’llab-quvvatlashni iltimos qilish haqida belgilangan tartibda taklif kiritish;

4.6. A'zo tashkilotlar majbur:

• Federatsiya Ustavini bajarishga;

• Federatsiya faoliyatini qo’llab-quvvatlash, uning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish, Federatsiya a'zo tashkilotlarini huquq va manfaatlarini muhofaza etishda birdamlik ko’rsatishga. Federatsiyaning maqomini mustahkamlash va uning jamiyatdagi va xalqaro kasaba uyushma harakatidagi rolini oshirish bo’yicha ish olib borishga;

• Federatsiya organlarining mazkur Ustavga muvofiq qabul qilgan qarorlarini bajarishga;

• Federatsiya Kengashi belgilangan miqdorda, muddatda va tartibda Federatsiya faoliyati, maqsadli jamg'armalar, dasturlariga badallarni o’z vaqtida tushirishga;

• Federatsiya Kengashi, Respublika ish beruvchilar uyushmasi va O’zbekiston Respublikasi Hukumati o’rtasida Bosh kelishuvni tuzish va bajarishga ko’maklashishga;

• Federatsiya kirgan kasaba uyushmalarida a'zolik va stajini o’zaro tan olishga;

• Federatsiya va unga kirgan a'zo tashkilotlar manfaatlarini cheklashga yo’l qo’ymaslikka.

• Federatsiyaga a'zo tashkilotlarning oldindan o’zaro tegishli roziligisiz bir kasaba uyushma tashkilotidan boshqasiga o’tishiga yo’l qo’ymaslikka;

• o’z ustavlarida, nizomlarida va rahbar kadrlarning tarkiblarida, qabul qilinadigan qarorlar va harakatlardagi o’zgarishlar haqida Federatsiyaga axborot berib borishga;

• Federatsiya ta'sis etgan ommaviy axborot vositalari, boshqa unga qarashli tashkilotlar faoliyatiga ko’maklashishga;

• kasaba uyushmalariga birlashganlar soni haqida Federatsiyaga tushadigan a'zolik va boshqa badallarni hisobi bilan bog'liq moliyaviy hisobot, boshqa statistik ma'lumotlarni normativ hujjatlarda belgilangan hajm va tartibda taqdim etishga;

4.7. A'zo tashkilotlar rahbarlari Federatsiya kollegial organlari qabul qilgan qarorlarni amalga oshirish uchun shaxsan javobgardirlar. qarorlarning bajarilmaslik hollari Federatsiya kollegial organlari majlislarida ko’rib chiqiladi, ko’rilish natijalari va qabul qilingan choralar haqida axborot a'zo tashkilotlarga yuboriladi.
V. FEDERATSIYANING TASHKILIY TUZILISHI VA FAOLIYATI ASOSIY PRINTSIPLARI
5.1. Federatsiya o’z faoliyatini erkinlik, mustaqillik, adolat, hamjihatlik, ko’ngillilik, demokratiya va o’zini o’zi boshqarish, oshkoralik, qonuniylik, a'zo tashkilotlar huquq va majburiyatlari tengligiga rioya etish, ozchilik fikri hisobga olingan va kelishuvga intilgan holda qabul qilingan Federatsiya organlari qarorlarining a'zo tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiyligi printsiplariga asosan amalga oshiradi.

5.2. Federatsiya strukturasini quyidagilar tashkil etadi:

• boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlari;

• birlashgan kasaba uyushma qo’mitalari;

• kasaba uyushmalarining tuman, shahar, viloyat, Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashlari;

• kasaba uyushma tashkilotlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar birlashmalari;

• kasaba uyushmasi Markaziy kengashlari;

• O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi;

• taftish komissiyalari.

Kasaba uyushmalarida xotin-qizlar, yoshlar, shuningdek, korxonalar direktorlari (ish beruvchilar) assotsiatsiyasi (qo’mitalar, kengashlar) tuzilishi mumkin, ular to’g'risidagi nizom ta'sischi tomonidan tasdiqlanadi.

Tarmoq kasaba uyushma strukturasi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati (bundan buyon matnda “Rayosat” deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda kasaba uyushmalari Markaziy kengashlari (bundan buyon matnda “kasaba uyushmasi MK” deb yuritiladi) rayosatlari tomonidan belgilanadi.
BOSHLANG'ICH TASHKILOTLAR
5.3. Kasaba uyushmalarining boshlang'ich tashkiloti Kasaba uyushmalari tashkiliy tuzilishining asosi hisoblanadi.

5.4. Boshlang'ich kasaba uyushma tashkiloti ishlab chiqarish, tarmoq yoki kasb-kor printsipi bo’yicha mulk shakli va kimga qarashliligidan qat'i nazar, yuridik shaxs bo’lgan tashkilotlar, korxonalar, muassasalar kasaba uyushma a'zolari uch kishidan kam bo’lmagan taqdirda tuziladi.

Boshlang'ich tashkilotni tuzish va kasaba uyushmasiga kirish to’g'risidagi qaror kasaba uyushma a'zolarining ta'sis yig'ilishi (konferentsiyasi) tomonidan qabul qilinadi, kasaba uyushma tashkiloti tuzilganidan so’ng o’n kunlik muddat ichida bu haqda yuqori kasaba uyushma organiga xabar qilinadi.

Birlashmada yagona kasaba uyushma tashkiloti yoxud birlashgan kasaba uyushma qo’mitasini tuzish to’g'risidagi qaror kasaba uyushmasi Markaziy kengashi rayosati tomonidan qabul qilinadi.

Boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlari o’z faoliyatida kasaba uyushmalari Ustavi va boshlang'ich kasaba uyushma tashkiloti haqidagi nizomga amal qiladi.

Kasaba uyushma qo’mitasi qaroriga binoan boshlang'ich tashkilot tarkibida strukturaviy bo’linmalar bo’yicha tsex kasaba uyushma tashkilotlari, kasaba uyushma guruhlari tuzishi mumkin.


1000 nafardan ortiq kasaba uyushma a'zosi bo’lgan boshlang'ich tashkilotlarning kasaba uyushma qo’mitalariga, shuningdek, birlashgan kasaba uyushma qo’mitalariga kasaba uyushmasi Markaziy kengashi rayosatining qaroriga binoan mazkur qo’mitalar rayosatini saylash va ularning vakolatlarini belgilash orqali tuman (shahar) kengashi huquqi berilishi mumkin.

Kasaba uyushma yig'ilishi yoki konferentsiyasi boshlang'ich tashkilotning oliy organi hisoblanadi.

Boshlang'ich, tsex kasaba uyushma tashkilotlari yig'ilishlari zaruratga qarab, lekin yilida kamida bir marta o’tkaziladi.

Kasaba uyushma tashkilotining umumiy yig'ilishini chaqirish imkoni bo’lmagan boshlang'ich, tsex tashkilotlarida o’sha muddatlarda konferentsiyalar, smena yig'ilishlari o’tkazilishi mumkin.

joriy ishlarni olib borish uchun kasaba uyushma yig'ilishi (konferentsiya)da quyidagilar 5 yil muddatga saylanadi:

• kasaba uyushma guruhlarida – kasaba uyushmasi guruhi tashkilotchisi;

• 30 nafargacha kasaba uyushma a'zosini birlashtirgan boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotida – kasaba uyushma tashkilotchisi, uning o’rinbosari va g'aznachi;

• 30 va undan ortiq kasaba uyushma a'zolarini birlashtirgan boshlang'ich, tsex kasaba uyushma tashkilotlarida – kasaba uyushma qo’mitasi, tsex qo’mitasi va taftish komissiyasi (mustaqil byudjetga ega bo’lgan tsex kasaba uyushma tashkilotlarida).

Kasaba uyushma qo’mitasi, tsex qo’mitalari majlislari zaruratga qarab, lekin uch oyda kamida bir marta o’tkaziladi.

Kasaba uyushma guruhi tashkilotchisi, kasaba uyushma tashkilotchisi, kasaba uyushma organining muddatdan ilgari saylovi kasaba uyushma tashkilotiga birlashgan kasaba uyushma a'zolarining uchdan biridan kam bo’lmagan qismining talabi yoki yuqori kasaba uyushma organining qaroriga binoan, shuningdek, kasaba uyushma guruhi tashkilotchisi, kasaba uyushma tashkilotchisi, kasaba uyushma organining o’z tashabbusi bilan o’tkazilishi mumkin.

Korxona, tashkilot yoki muassasada mulkchilik shakli o’zgargan taqdirda, boshlang'ich tashkilotning kasaba uyushma qo’mitasi avval harakatda bo’lgan qo’mitaning huquqiy vorisi hisoblanadi va o’z huquqiy maqomini saqlab qolgan holda faoliyat ko’rsatishni davom ettiradi.

5.5. Boshlang'ich kasaba uyushma tashkiloti va uning saylanadigan organi:

• xodimlarning ishlab chiqarish, mehnat, mehnat muhofazasi, turmush, ma'naviyat va ma'rifat, jismoniy tarbiya va sport, sog'lomlashtirish sohalarida qonuniy huquqlari va manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi;

• mehnat jamoasi nomidan ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzadi va uning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

• mehnat jamoasining ijtimoiy rivojlantirish joriy va istiqbol rejalarini ishlab chiqish, yakka va jamoaga doir mehnat nizomlarini hal qilishda qatnashadi;


Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish