6.16. Rayosat tarkibiga lavozimiga ko’ra Federatsiya Raisi va uning Kengash bo’yicha o’rinbosarlari kiradi. Rayosatning qolgan a'zolari Federatsiya Kengashi majlisda Kengash a'zolari orasidan saylanadi.
Rayosat majlisi zaruriyatga qarab, ammo har chorakda kamida bir marta o’tkaziladi.
Rayosat o’z vakolati doirasida harakat qilar ekan:
• Federatsiya Kengashi majlisini chaqiradi, kun tartibi va uni o’tkazish joyi yuzasidan takliflar kiritadi, muhokama qilinayotgan masalalarga oid materiallar taqdim etadi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishi va nazoratini tashkil qiladi;
• Federatsiyaga yangi tashkilotlarni a'zolikka qabul qilish, shuningdek, a'zolikdan chiqarish masalalarini oldindan ko’rib chiqadi hamda Federatsiya Kengashi majlisiga taqdim qiladi;
• mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi va ularning amalga oshirilishida ishtirok etadi, mamlakat hayoti, kasaba uyushmalari harakati, davlat hokimiyat organlari faoliyatiga doir muhim masalalar bo’yicha qarorlar, rezolyutsiyalar, bayonotlar, murojaatnomalar qabul qiladi;
• Hukumat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, birlashmalar (assotsiatsiyalar) va tashkilotlar bilan birgalikda sanatoriy-kurort, davolash, bolalarni sog'lomlashtirishga qaratilgan madaniy muassasalar, dam olish, sayohat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini rivojlantirishga harakat qiladi;
• Federatsiya matbuot organining nashriyotchilik faoliyatini ta'minlaydi, boshqa nashrlar va ommaviy axborot vositalarining ta'sis etilishi to’g'risida qarorlar qabul qiladi;
• Federatsiya Kengashi Raisi yoki Federatsiya Nazorat-taftish komissiyasi ko’rsatmasi bilan Federatsiyaning kollegial organlari qarorlarini bajarmayotgan a'zo tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini ko’rib chiqadi va ko’rib chiqish natijalari haqida qaror qabul qilishi uchun a'zo tashkilotlarga ma'lum qiladi;
• Federatsiya Kengashiga Federatsiya Kengashi Raisi o’ribosarlarini lavozimidan ozod qilish to’g'risida taklif kiritadi, shuningdek, ularni o’z xohishiga ko’ra lavozimidan ozod qiladi va Federatsiya Kengashi majlisi tasdig'iga kiritadi.
• Federatsiya Kengashi korxonalari va strukturaviy tuzilmalarini tuzadi va faoliyatini muvofiqlashtiradi.
• Federatsiya nomidan qonunchilik, mazkur Ustav, qurultoy, Federatsiya Kengashi qarorlarida belgilangan doirada yuridik shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshiradi;
• Davlat hokimiyati organlarida a'zo tashkilotlar tomonidan ilgari surilgan himoya xususidagi talablarni qo’llab-quvvatlaydi, qonunchilikda ko’zda tutilgan huquqlardan foydalanib, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi;
• a'zo tashkilotlar taqdimiga ko’ra kasaba uyushma xodimlari va faollarining davlat mukofotiga tavsiya qilish, ularga faxriy unvonlar berishi haqida iltimosnoma kiritadi;
• Federatsiya nishoni, Faxriy yorlig'i Faxriy unvonlarini ta'sis etadi va ular to’g'risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
• Federatsiya nishoni, Faxriy yorlig'i bilan taqdirlash to’g'risida qaror qabul qiladi;
• a'zo tashkilotlarning taklifi bilan Federatsiyaga a'zo tashkilotlar rahbariyat lavozimlarining zahira tarkibini shakllantiradi va ularning tayyorlashni yo’lga qo’yadi;
• Federatsiyaga a'zo tashkilotlarning rahbar saylanma lavozimlariga nomzodlarni taklif qiladi;
• kasaba uyushmaga a'zolik biletining yagona shaklini tasdiqlaydi;
• a'zo tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantiradi, ularning ish tajribasini o’rganadi, shuningdek, o’z faoliyatini targ'ib qiladi;
• har yili o’z faoliyati to’g'risida Federatsiya Kengashiga axborot beradi;
• aholining bandlik darajasini tahlil qiladi, davlat organlariga ishsizlikni kamaytirish, vaqtincha ishsizlarni ijtimoiy himoyalash borasida dasturlar ishlab chiqish va aniq ish olib borishiga ko’maklashadi;
• kasaba uyushmalari faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha, Federatsiya Kengashi vakolatiga kiradigan masalalardan tashqari, normativ hujjatlar va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;
• kasaba uyushmalarining sanatoriy-kurort, sport, jismoniy tarbiya va sog'lomlashtirish, madaniy-ma'rifiy muassasalarining, shuningdek, qo’shimcha ta'lim muassasalarining asosiy yo’nalishini belgilaydi;
• ish beruvchilarning Respublika birlashmalari va O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan kelishib ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib borishning umumiy printsiplarini belgilash yuzasidan Federatsiya nomidan muzokaralar olib boradi va Bosh kelishuvni tuzadi;
• qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarda mehnatkashlarning ijtimoiy-mehnat huquqlari va manfaatlarini mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va faoliyat olib boradi;
• davlat va mulk shaklidan qat'i nazar, xo’jalik tashkilotlaridan, qonunchilikka zid hamda mehnatkashlarning huquq va manfaatlariga putur etkazadigan qarorlarning bekor qilinishi, ijrosining to’xtatilishi va o’zgartirilishini talab qiladi;
• hududiy va tarmoq kasaba uyushmalarining kasaba uyushma kadrlari va faollarini o’qitish borasidagi ishlarini tashkil qiladi, yo’naltiradi va muvofiqlashtiradi;
• barcha darajadagi kasaba uyushma tashkilotlari devoni xodimlarini attestatsiyadan o’tkazish to’g'risida qaror qabul qiladi;
• har yili Federatsiya Kengashining mulk (bino va inshoot) reestrini tasdiqlaydi;
• madaniyat, dam olish, turizm, sport va boshqa ob'ektlar qurilishida yagona buyurtmachi sifatida chiqadi;
• mehnatkashlar va ularning oila a'zolarini sog'lomlashtirish, Federatsiyaning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun kasaba uyushmalari byudjeti, Federatsiya Kengashining daromad va xarajatlari smetasi, Federatsiya Kengashining ijtimoiy sug'urta byudjetini tasdiqlaydi;
• Federatsiya Kengashining kasaba uyushma byudjetining bajarilishi to’g'risidagi yillik hisobotini tasdiqlaydi;
• Federatsiya Kengashiga qarashli muassasa, tashkilot va korxonalarni yaratish, boshqa mulk shakliga aylantirish, qayta tashkil qilish, ijaraga berish va tugatish to’g'risida qaror qabul qiladi, ular faoliyatini yo’naltiradi va nazorat qiladi.
• yangi ish o’rinlari yaratish maqsadida kasaba uyushmalari mablag'i hisobidan tadbirkorlik tuzilmalari yaratish to’g'risida qaror qabul qiladi;
• Ustavda ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun o’zi ta'sis qilgan tashkilotlari, korxonalari orqali tadbirkorlik, kapital qurilish faoliyati va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ta'qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyatlarni olib boradi. Federatsiya Kengashi tomonidan olingan daromad faqat Federatsiyaning Ustavida belgilangan maqsadlarga yo’naltiriladi;
• Federatsiyaga murojaat qilingan hollarda, Federatsiyaga a'zo tashkilotlar o’rtasidagi nizoli masalalarni ko’rib chiqadi;
• kasaba uyushmalari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida a'zo tashkilotga ko’rib chiqish uchun kasaba uyushmalarini qayta tashkil etish yoki birlashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
• Federatsiya tizimida hisobot-saylov yig'ilishlarining o’tkazish muddatini muvofiqlashtiradi;
• Federatsiya Kengashining bo’limlari to’g'risida Nizomni tasdiqlaydi;
• hisobotlar tartibini, ularning a'zo tashkilotlar tomonidan Federatsiya Kengashiga taqdim qilinish davriyligini belgilaydi;
• ish rejasiga yoki zaruriyatga ko’ra, a'zo tashkilotlar va Federatsiyaga qarashli muassasalarning faoliyati haqidagi hisobotlarini tinglaydi;
• Respublika ijtimoiy himoya, ta'lim va boshqa jamg'armalarini tashkil qiladi;
• Federatsiya Kengashining ish rejasini tasdiqlaydi;
• tuman, shahar muvofiqlashtirish kengashlari, kasaba uyushma tashkilotlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar birlashmalarini tashkil qilish to’g'risida qaror qabul qiladi, ularning tuzilishi va shtatini belgilaydi;
• qurultoy, Federatsiya Kengashi tomonidan vakolat berilgan boshqa vazifalarni bajaradi;
• Federatsiya Kengashi Raisiga alohida vakolatlar bera oladi;
6.17. Federatsiyaning nazorat-taftish komissiyasi
6.17.1 Kasaba uyushmalarining nazorat-taftish organi bo’lib, Federatsiyaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini, a'zolik va boshqa badallarning hisoblanishi, tushishi, o’tkazilishi, pul mablag'larining to’g'ri sarflanishi, Federatsiya mulkidan foydalanishni nazorat qiladi.
Komissiya o’z faoliyatida mustaqil bo’lib, qurultoy oldida hisobot beradi.
6.17.2. A'zo tashkilotlar taqdimiga ko’ra qurultoyda saylanadi.
Nazorat-taftish komissiyasining faoliyati qurultoy qaroriga ko’ra yoki Federatsiyaning faoliyati tugatilgan taqdirda komissiya o’z faoliyatini tugatgan hisoblanadi.
6.17.3. O’z faoliyatida Mazkur Ustav va qurultoyda tasdiqlangan Nazorat-taftish komissiyasi haqidagi Nizomiga amal qiladi.
6.17.4. Besh yil muddatli vakolatga ega.
6.18. Federatsiya raisi.
6.18.1. Federatsiyaga boshchilik qiladi;
6.18.2. qurultoy qarorlarini imzolaydi;
6.18.3. Federatsiya raisi bir vaqtning o’zida Federatsiya Kengashi va Rayosat raisidir.
6.19. Federatsiya Kengashi raisi:
• Ustav vazifalari, qurultoy, Federatsiya kengashi, Rayosat qarorlarini bajarilishi yuzasidan faoliyat ko’rsatadi;
• qurultoy va Federatsiya Kengashi va Rayosat oldida hisobot beradi.
• O’zbekiston Respublikasi hukumatida, qonunchilik organlarida, xorijiy mamlakatlarda, xalqaro tashkilotlarda; Federatsiya Kengashi vakili sifatida qatnashadi;
• Xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar haqida kelishuvlar tuzadi;
• Ishonchnomasiz Federatsiya nomidan faoliyat yuritadi, qonunchilik ijro, sud hokimiyati, o’z-o’zini boshqarish organlarida ish beruvchilar birlashmalarida, jamoat birlashmalarida va boshqa tashkilotlarda, ommaviy axborot vositalarida Federatsiyaning manfaatlarini ifoda etadi.
• Federatsiya Kengashi rahbariyati o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
• Federatsiya Kengashi va nazorat-taftish komissiyasi bilan qo’shma majlislar o’tkazadi;
• kasaba uyushma faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha ishni tahlil qiladi va umumlashtiradi;
• xodimlarning huquq va manfaatlarini cheklaydigan yoki qonunchilikka zid qarorlari ijrosini to’xtatib qo’yish yoki o’zgartirilishini xo’jalik organlaridan talab qiladi;
• zarur hollarda Federatsiya Kengashi nomidan murojaatnoma va iltimosnoma yuboradi;
• mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ko’rib chiqish va ekspertizadan o’tkazishda Federatsiya Kengashining ishtirokini ta'minlaydi;
• kasaba uyushma birlashmalari, ish beruvchilar birlashmalari, ijro hokimiyati organlari bilan o’zaro munosabati haqida, so’ng bu haqda Rayosatga axborot bergan holda, kelishuvlar tuzadi;
• Federatsiya Kengashi mulkini, jumladan, pul mablag'larini tasarruf etadi, Federatsiya Kengashi va Rayosat tomonidan belgilangan boshqa tashkiliy boshqaruv, ma'muriy-xo’jalik ishlarini amalga oshiradi;
• Xodimlar, ularning oila a'zolarini sog'lomlashtirish va ularni ma'naviy va jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ajratilgan kasaba uyushma va ijtimoiy sug'urta byudjetining joriy ijrosini, shuningdek, Federatsiya Kengashining moliyaviy xo’jalik faoliyatini ta'minlaydi.
• Federatsiya Kengashi raisi o’rinbosarlarini lavozimidan ozod etish yoki saylash bo’yicha Federatsiya Kengashiga taklif kiritadi;
• Federatsiya Kengashi devonining shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, Federatsiya Kengashi strukturaviy qismlari rahbarlarini, devon xodimlarini lavozimidan bo’shatadi, lavozimga tayinlaydi, ularning vazifalarini belgilaydi, rag'batlantiradi va intizomiy jazo choralarini qo’llaydi;
• Federatsiya Kengashi tashkilotlari va muassasalariga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, unga qarashli tashkilotlarga rahbarlar tayinlaydi, ular bilan mehnat shartnomasi tuzadi va rag'batlantiradi, yoki intizomiy jazo qo’llaydi.
• Federatsiya Kengashi devonining ichki mehnat tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
• chet elga safarga ketuvchilar nomzodini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi.
• Mazkur Ustavda belgilangan tartibda o’zining vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi;
• Federatsiya Kengashi nomidan ishonchnoma beradi;
• Federatsiya a'zo tashkilotlarining saylanadigan rahbarlik lavozimlariga nomzodlar tavsiya qiladi;
• Rayosatni chaqiradi, muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan majlisga materiallar tayyorlaydi, kiritadi, qabul qilingan qaror ijrosini ta'minlaydi va nazorat qiladi.
• Federatsiya Kengashi va Rayosat qarorlarini imzolaydi;
• Federatsiya Kengashi nomidan xo’jalik va boshqa shartnomalarni tuzadi;
• qurultoy, Federatsiya Kengashi va Rayosat tomonidan topshirilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
6.20. Federatsiya raisi etib, Federatsiyaga kirgan kasaba uyushma a'zosi saylanishi mumkin. Federatsiya Kengashi raisligiga nomzod (nomzodlar) Federatsiya Kengashi tasdiqlagan Federatsiya raisligiga nomzodlarni ko’rsatish tartibiga muvofiq Federatsiyaga a'zo tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladi. Federatsiya raisi 5 yil muddatga saylanadi. Federatsiya Kengashi raisi bilan qurultoy qaroriga binoan 5 yilga muddatli mehnat shartnomasi tuziladi. Uni Federatsiya nomidan qurultoyda vakolat berilgan shaxs imzolaydi.
6.21. Federatsiya raisini belgilangan muddatdan ilgari vakolatini tugatishi va lavozimdan bo’shatish haqida navbatdan tashqari qurultoy chaqirish haqidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda, jumladan, mazkur Ustav, qurultoy va qurultoy oralig'ida Federatsiya Kengashi, qarori u tomonidan buzilgan hollarda Federatsiya Kengashining majlisida a'zo tashkilotlarning kamida uchdan ikki qismining talabi asosida qabul qilinadi.
6.22. Federatsiya raisini o’z iltimosiga ko’ra lavozimdan bo’shatish haqidagi qaror Federatsiya Kengashi tomonidan qabul qilinadi. Bunday holatda Federatsiya Kengashi raisi vazifasini bajarishi navbatdagi qurultoy chaqirilguniga qadar Federatsiya Kengashi raisi o’rinbosarlaridan biriga yuklatiladi.
6.23. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufidagi tashkilotlar Rayosat qaroriga asosan tuziladi.
Uning tasarrufidagi tashkilotlar mazkur Ustav va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan, Rayosat tomonidan tasdiqlangan o’z ta'sis hujjatlari asosida faoliyat yuritadi.
VII. O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI QURULTOYLARI, KONFERENTSIYALARI YIG'ILISHLARI, SAYLAB QO’YILADIGAN ORGANLARI MAJLISLARINING TO’LA QONUNIY HUQUQLI BO’LISHI, ULARDA QARORLAR QABUL QILISH VA OVOZ BERISH SHAKLLARI
7.1. Kasaba uyushmalari qurultoylari, konferentsiyalarida delegatlarning kamida 2G'3 ishtirok etgandagina ular to’la qonuniy huquqli hisoblanadi.
7.2. qurultoy, konferentsiya delegatlarining to’la qonuniy huquqli bo’lishi qurultoy, konferentsiyani chaqirayotgan kasaba uyushma organlarining rayosatlari (boshlang'ich tashkilotning kasaba uyushma qo’mitasi, kasaba uyushma qo’mitalari raislari kengashi) tomonidan tasdiqlanadi.
7.3. Kasaba uyushmalari yig'ilishlari, saylanma organlar majlislari ularning ishida mazkur tashkilot, kasaba uyushma a'zolarining, saylanma organlar a'zolarini yarmidan ko’pi ishtirok etgan taqdirda to’la qonuniy huquqli hisoblanadi.
7.4. Kasaba uyushmalari qurultoylari, konferentsiyalari, saylanma organlar majlislarining qarorlari, ularda qatnashayotgan delegatlar a'zolarining yoki yig'ilish qatnashchilarining yarmidan ko’prog'i qo’llab ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi.
Kasaba uyushma faoliyatini to’xtatish, shuningdek, Federatsiya tarkibidan chiqarish to’g'risidagi qarorlar uning uchun qurultoy barcha delegatlarining kamida 2G'3 qismi ovoz bergan taqdirdagina qabul qilingan hisoblanadi.
7.5. Ovoz berish shakli (ochiq yoki yopiq) qurultoy, konferentsiya delegatlari, yig'ilishlar ishtirokchilari, kasaba uyushmalari saylanma organlari a'zolari tomonidan belgilanadi.
7.6. Kasaba uyushmalarning qurultoy, konferentsiya yig'ilishlarida, saylanma organlari majlislarida muhokama etilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va yakuni bo’yicha bayonnomalar rasmiylashtiriladi.
VIII. MOLIYA VA FEDERATSIYA MULKI
8.1. Kasaba uyushma mablag'lari kasaba uyushma a'zolarining kirish va har oylik a'zolik badallaridan, ishlab chiqarish, xo’jalik, noshirlik, xayr-ehson, qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa faoliyatdan keladigan tushumdan shakllanadi.
8.2. Kirish va a'zolik badallari kamida o’rtacha oylik ish haqi (stipendiya)ning bir foizi miqdorida belgilanadi.
A'zolik badalining miqdori va to’lash tartibi Federatsiya Kengashi qarori asosida belgilanadi.
Kasaba uyushmasida hisobda turgan ishlamaydigan pensionerlar, ishni vaqtincha to’xtatgan shaxslar, belgilangan eng kam pensiya, oylik ish haqining bir foizi miqdorida badal to’laydilar, stipendiya olmaydigan studentlar, o’rta-maxsus o’quv yurtining o’quvchilari, uch yoshgacha bolasini parvarishlash bilan shug'ullanayotgan ayollar a'zolik badali to’lashdan ozod etiladilar.
Kasaba uyushma a'zosi bo’lgan fermer (dehqon) xo’jaliklari egalari, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug'ullanadigan shaxslar yilida ular tomonidan deklaratsiyada ko’rsatilgan summaning bir foizi miqdorida a'zolik badali to’laydilar.
8.3. Kasaba uyushmalari o’z mablag'lari o’z faoliyatlarini ta'minlashda foydalanadilar, amaldagi qonunchilik doirasida tasdiqlangan byudjetga muvofiq Ustav maqsadlariga harajat qiladilar.
8.4. qo’shimcha moliyaviy mablag' olish, kasaba uyushma a'zolarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanish, shuningdek, qo’shimcha ishchi o’rinlari yaratish maqsadida kasaba uyushmalari belgilangan tartibda ishlab chiqarish-xo’jalik, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, banklar, sug'urta va aktsiyadorlik jamiyatlari, o’ziga tegishli qo’shma korxonalarni yaratishlari, maqsadli jamg'armalarni shakllantirishlari mumkin. Bu faoliyatdan tushgan daromad Ustav talablariga muvofiq sarflanadi.
8.5. Federatsiya Kengashi O’zbekiston Respublikasi hududida to’la huquqli mulkdor hisoblanadi.
Federatsiya Kengashi o’zining a'zo tashkilotlari manfaati yo’lida foydalanish uchun yaratilgan yoki olingan, shuningdek, belgilangan tartibda berilgan mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi.
Mulk ob'ektlariga binolar, inshootlar, er uchastkalari, mexanizmlar, jihozlar, transport va texnik vositalar, inventar', madaniy-ma'rifiy, jismoniy tarbiya, sport va sog'lomlashtirishga ajratilgan mulk, pul mablag'lari, qimmatbaho qog'ozlar, korxonalar va xo’jaliklar, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, bosmaxonalar, sanatoriy-kurort, sog'lomlashtirish, sport, o’quv muassasasi, bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari, intellektual mulk, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mol-mulklar kiradi.
Kasaba uyushmalari, Federatsiya Kengashiga qarashli tashkilotlar kasaba uyushma mulkini aktsiyalash, sotish masalalarini Federatsiya Kengashi Rayosati roziligi bilan hal qiladilar.
8.6. Federatsiya o’z mulkini ishonchli boshqaruv uchun boshqa shaxsga (ishonchli boshqaruvchiga) o’tkazishi mumkin. Mulkni ishonchli boshqaruvga o’tkazilishi ishonchli boshqaruvchiga unga egalik qilish huquqini bermaydi, u Federatsiya manfaatlarini hisobga olib mulkni boshqarishi kerak.
8.7. Federatsiya hoxishiga ko’ra o’z mulkiga nisbatan qonunga va boshqa huquqiy hujjatlarga zid bo’lmagan, o’zga shaxslarning qonun bilan qo’riqlanadigan, ularning huquqlarini buzmaydigan har qanday harakatni amalga oshirishi, jumladan, o’z mulkini boshqalar ixtiyoriga o’tkazishga, egalik qilish uchun berishga, mulkni garovga qo’yish, foydalanish va boshqa tarzda tasarruf etishga haqli.
8.8. Federatsiya Kengashining mulki hisoblangan mol-mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish yoki uning ishonchli boshqaruvida, beg'araz foydalanishda yoxud boshqa huquqda bo’lishi, shuningdek, Federatsiya mol-mulkini olish va boshqalar ixtiyoriga o’tkazish masalasi bo’yicha qarorini Federatsiya Kengashi qabul qiladi.
8.9. Federatsiya o’zining a'zo tashkilotlarining majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi, a'zo tashkilotlar ham Federatsiyaning majburiyatlari bo’yicha javobgar emas.
8.10. Federatsiya Kengashining mablag'i har yili Federatsiya Kengashi Rayosatida tasdiqlangan Federatsiyaning kirim va chiqim smetasi asosida sarflanadi.
8.11. Federatsiya moliyaviy faoliyatining mustaqilligi, mulk huquqining daxlsizligi va himoyasi O’zbekiston respublikasi qonunchiligi bilan kafolatlanadi.
8.12. Federatsiyaning mol-mulki va uning roziligisiz faqatgina sud qaroriga binoan olib qo’yilishi mumkin.
IX. FEDERATSIYADA MEHNAT MUNOSABATLARI
9.1. Kasaba uyushmalari organlarining devon xodimlari bilan mehnat munosabatlari, ular bilan mehnat shartnomasi tuzish yo’li bilan lavozimga qabul qilish (umumiy tartibda nomuayyan muddatga) va mehnat to’g'risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
9.2. Kasaba uyushma organlarining devoni Federatsiya saylanma organlarining faoliyatini ta'minlash uchun tuziladi va o’z faoliyatini Rayosatda tasdiqlangan reglament asosida amalga oshiradi.
9.3. Saylanma lavozimlarga saylangan xodimlar bilan 5 yilga muddatli mehnat shartnomalari tuziladi. Mehnat shartnomasi umumiy yig'ilish, konferentsiya, qurultoy nomidan umumiy yig'ilish, konferentsiya, qurultoy vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
9.4. Shtatdagi kasaba uyushmasi xodimlarining shaxsiy varaqalari va mehnat daftarchalari mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan kasaba uyushma tashkilotida saqlanadi. Mazkur tashkilot mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish(saylanishi), boshqa doimiy ishga o’tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to’g'risidagi ma'lumotlarni kiritadi.
X.FEDERATSIYANING HISOBI VA HISOBOTI
10.1. Federatsiya Kengashi o’z faoliyatining natijalari hisobini olib boradi va belgilangan tartibda o’z hisobotlarini ro’yxatdan o’tkazgan organ, statistika va soliq idoralariga taqdim etadi.
XI. FEDERATSIYA, UNING TASHKILOTLARINING YURIDIK SHAXS SIFATIDA HUQUQLARI
11.1. Boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlari, kasaba uyushma qo’mitalari, tuman shahar, viloyat (respublika), kasaba uyushma Markaziy Kengashlari, kasaba uyushma tashkilotlari hududiy birlashmalari, Federatsiya Kengashi yuridik shaxs hisoblanadi. Ular o’z muhrlari, shtamp va blankalari, banklarda o’z hisob raqamlariga egalar.
Federatsiya, respublika tarmoq kasaba uyushmalari belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan o’z ramzlariga ega bo’lishlari mumkin.
XII.FEDERATSIYANI TUGATISH VA QAYTA TASHKIL ETISH TARTIBI
12.1. Federatsiya qayta tashkil etish, (birlashish, qo’shilish, ajralish, ajralib chiqish, yangidan tuzish) yoki tugatish to’g'risidagi qaror Federatsiyaning qurultoyida qabul qilinadi. Majlisda qatnashayotgan delegatlarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz berganda, kvorum bo’lganda, qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Federatsiyani qayta tashkil etish amaldagi qonunchilika ko’zda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. Federatsiyani qayta tashkil etishda qurultoy Federatsiyaning huquqiy vorisini belgilaydi.
12.2. Federatsiya tugatish haqida qaror qabul qilingan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda Federatsiya qurultoyi tugatish komissiyasini tayinlaydi, shuningdek, Federatsiya Ustaviga muvofiq kreditlar talabi qanoatlantirilgandan so’ng, mulkni qaysi maqsadga yo’naltirishni belgilaydi.
12.3. Federatsiya faoliyatini to’xtatish, Federatsiyani tugatish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sud qaroriga asosan amalga oshiradi.
XIII. YAKUNIY QOIDALAR
13.1. Ustav hamda uning ayrim qoidalarini sharhlash huquqi Federatsiya Kengashining, uning majlislari oralig'ida Rayosatning mutloq vakolatiga kiradi.
Ustavni sharhlash yuzasidan kelishmovchilik vujudga kelgan taqdirda uning davlat tilidagi matni ustunlikka ega.
13.2. Mazkur Ustavga o’zgartish va qo’shimchalar qurultoyda yoki qurultoyda tasdiqlanishi sharti bilan Federatsiya Kengashi qarori bilan kiritiladi.
Ustavga kiritilgan barcha o’zgartish va qo’shimchalar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazish muddatida qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etiladi.
13.3 Kasaba uyushmalar faoliyatlarida o’zlarining Ustavlariga, shuningdek, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ustaviga amal qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |