1.1.1. Tarbiyaviy ishlari jarayonida o’qituvchining mahorati.
Tarbiyachilar o’z ish faoliyatlari davomida asosiy ehtiborni doimiy ravishda o’quvchilar tarbiyasi, xulq-atvori, tartib-intizomiga tuzatishlar kiritishlari, ulardagi kerakli shaxsiy xislatlar va tabiatlaridagi qirralarni rivojlantirishlari, mavjud kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratishlari lozim. Bunday jarayonni tashkil etishda tarbiyachilar pedagogik tahsirning turli usullaridan foydalanishlari mumkin.
Pedagogik tahsir usuli - bu aniq pedagogik holatlarni tashkil qilish usulidan iborat bo’lib, unda mahlum qonuniyatlar asosida o’quvchilarning ijobiy ishlarida o’z kamchiliklarini yo’qotishga undovchi yangi fikrlar va hissiyotlar uyg’onadi.
Tarbiya jarayonida zarur pedagogik tahsir usulni tanlash uchun o’quvchining hissiy holati, harakatining tabiati va sababi oldindan aniqpanishi lozim. Bu, o’z navbatida, ushbu harakatning psixologik tahlili, uning o’quvchi shaxsiyati bilan yaqin aloqasini ko’rib chiqishni talab qiladi.
Pedagogik holat tarbiyachining ijodiy fikrlariga binoan yaratiladi. Birinchidan, tarbiyachi foydalanishni mo’ljallagan tahsir usulini amalga oshirish uchun mos sharoitlarni hayolan tanlashi kerak. Ikkinchidan, tarbiyachi o’z mo’ljallagan ishi va xulqini o’quvchining harakatiga bo’lgan munosabatiga binoan mos ravishda o’ylab chiqishi lozim.
Pedagogik tahsirning har bir usuli o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’lib, ular ikkita unsurning o’ziga xos birligidan vujudga keladi:
a) yaratilayotgan pedagogik holatlar xususiyatlari;
b) yangi pedagogik holatga o’quvchilarda tug’iladigai yangi fikrlar, tarbiyaning yangi sabablari va shaxsiy kamchiliklarini yengib o’gishga asos bo’ladigan hissiyotlar mazmuni.
Pedagogik tahsir usullarini ikkita guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh usullari o’quvchini ilhomlantiruvchi ijobiy hissiyotlar asosida uning ahloq-odobi, tarbiyasi, tartibiga o’zgarishlar kiritadi, bular xursandchilik, minnatdorlik, tarbiyachiga hurmat, o’z kuchiga ishonchdan iborat.
Ikkinchisi - uyatchanlik, epsizlik, hafsalasizlik, o’kinch, xafagarchilik, achinish kabi salbiy xislatlarni yo’qotishga yordam beradigan usullardir.
Ijodiy faoliyatda nafaqat o’quvchilar tarbiyaviy ishlarining yaxshi natijalariga erishiladi, balki tarbiyachilarni o’zlarining shaxsiy hissiyotlari ham rivojlanadi. Pedagogik tahsir ko’rsatish usullarini qo’llash jarayonida tarbiyachining g’oyaviyligi, tabiatidagi insonparvarlik, mehribonlik, sezgirlik kabi, tabiatning chidamlilik, o’z-o’zini boshqara olish, maqsadga intiluvchanlik, tezkorlik, tashabbuskorlik kabi hissiy qirralari hamda tabiatining topqirlik, ziyraklik, aqliy barkamollik, kuzatuvchanlik kabi iroda qirralari ko’zga tashlanadi.
Tarbiyaviy usullarni egallash va ularni ish jarayonida tadbiq etish tarbiyachining tarbiya maqsadlarini yanada maqsadli va qulay bo’lishiga yordam beradi.
Pedagogik tahsir usullaridan foydalanish aniq tamoyillarga rioya qilshnga asoslangan. Bu tamoyillar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
pedagogik optimizm;
o’quvchilarga hurmat;
o’quvchining ruhiy holatini tushunish;
o’quvchi tabiatining tashqi xususiyatlari va sabablarini ochish;
o’quvchining takdiri bilan qiziqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |