Pedagogik tahsirda tarbiyachilarning mahorati. O’quvchilar tomonidan tahlim muassasasida tartibning buzilishi garbiyachining hali obro’-ehtiborga, o’quvchilarning yetarli hurmatiga ega emasligidan ham bo’lishi mumkin. Tarbiyachilarning pedagogik tahsir sohasidagi malaka va mahoratlari, o’quvchilarda hayrat uygotadi - tarbiyachilarning obro’sini tan olishlariga va kelajakda ularning xulqida ijobiy o’zgarishlar shakllanishiga olib keladi.
Pedagogik tahsirning bunday usulidan foydalanish uchun tarbiyachilar nafaqat o’z ishlarini chO’qur bilishlari kerak, balki boshqa sohalardan ham boxabar bo’lishlari hamda malaka va ko’nikmaga ega bo’lishlari, bir so’z bilan aytganda, o’z ishlarining ustasi bo’lishlari kerak. Tarbiyachilarning ko’p sohada ustaliklari o’quvchilar uchun kutilmaganda namoyon bo’lsa, ko’rinsa, u holda ularda taassurot yanada kuchayadi.
O’qitish jarayoniga texnologik yondashish (pedagogik texnologiya) ning o’ziga xos xususiyatlari. Jahon pedagogika fani uzoq vaqt davomida ilmiy-texnik taraqqiyot tahsirida - psixologiya, kibernetika, boshqaruv nazariyalari va boshqa fanlar erishgan yutO’qlarni umumlashtirgan holda, faol innovatsion jarayonlarni boshidan kechirish davrida bo’lib keldi. Bu fan pedagogik ilmiy nazariyalar va boy amaliy tajribalarni o’zida mujassamlantirgan holda o’tgan asrning yarmigacha bo’lgan davrda birorta buyuk pedagog, boshqalar ham ulardek yuqori natijalarga erishadigan, yahni takrorlanuvchan pedagogik tsiklni yarata olmadilar. Bizningcha, buning sababi yaratilgan ilg’or uslublar, ularning mualliflari shaxsiga ko’p jihatdan bog’liq bo’lgan. SHuning uchun ham, ularning izdoshlari mualliflardek yuqori darajadagi mashg’ulotlar o’tkazishga muvaffaq bo’lmaganlar. SHunga qaramasdan, sobiq Ittifoq pedagogik amaliyotida ilg’or tajribalarni ommalashtirish bo’yicha ommaviy axborot vositalari orqali ko’p urinishlar bo’lib o’tdi. Mavjud o’quv jarayonining takrorlanuvchan xususiyatga ega emasligi, o’z davrida A.S.Makarenko tomonidan tanqid qilinganligini biz yuqorida keltirgan edik.
Takrorlanuvchan pedagogik jarayonni yaratish esa, ishlab chiqarishdagiga nisbatan anchagina murakkab jarayon bo’lib hisoblanadi. O’quv (o’quv-tarbiyaviy) masalalarning turli tumanligi, tahlim mazmuni va o’quv materialining turlicha ekanligi, bilimlarning o’zlashtirilishini talabalarning individual xususiyatlariga bogliqligi va boshqa omillar bunga to’sqinlik qiladi. O’quv jarayonini takomillashtirish maqsadida yaratilgan barcha uslub, shakl va modellar faqat o’z egasi qo’lidagina yuqori samara beradi.
Uning mohiyati o’quv maqsadining aniqligi va unga erishish uchun talabaning qathiy belgilangan ketma-ketlik bo’yicha har bir o’quv bo’lagini (modulini) o’zlashtirib, mustaqil faoliyat ko’rsatishidan iborat bo’ladi. Ilmiy tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha, faqat uzluksiz mahruza o’qilganda, talabalar materialni atiga 5 foizini o’zlashtirsalar, bir-birini o’qitish va mustaqil o’rganishda esa bu ko’rsatkich 90 foizni tashkil qilar ekan (Xalq tahlimi. 1999. №4 - 9 bet.).
SHunday qilib, pedagogik texnologiyaning predmeti o’quv jarayoni va professional tayyorgarlik tizimini loyihalashdan iborat. Tizimli yondashish o’qitish tizimining barcha asosiy tomonlarini - maqsadni aniqlash va o’quv jarayonini loyihalashdan tortib, to yangi o’qitish tizimining samaradorligini tekshirish, uni sinovdan o’tkazish va ommalashtirishgacha bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi. U o’z harakat tartiblarini takrorlanuvchanligi va ularni to’la o’quv jarayoniga tadbiq etish g’oyasi, oqibat natijada bu jarayonni «jonli o’qituvchiga» bog’liq bo’lmay qolishiga olib keladi. Haqiqatan ham, agar o’quv jarayoni to’la takrorlanuvchan, alohida ko’rinish (epizod)larga bo’linsa, o’qituvchining vazifasi oldindan tuzilgan (o’zi tuzgan bo’lishi shart emas) material bilan o’qishni tashkil etishda tashkilotchi va maslahatchi rolini ijro etishdan iborat bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |