Bekiston res’ublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti qo‘


II-BOB. TEXNOLOGIYA MODULINI O’QITISH JARAYONIDA QO’LLANILADIGAN O’QITISH METODLARI VA INNOVATSION USULLAR



Download 478,72 Kb.
bet26/58
Sana12.07.2022
Hajmi478,72 Kb.
#782536
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
XAVASXON

II-BOB. TEXNOLOGIYA MODULINI O’QITISH JARAYONIDA QO’LLANILADIGAN O’QITISH METODLARI VA INNOVATSION USULLAR.
Mamlakatimiz yoshlarining kelgusida kasb tanlashlari va o’z kasbining ustasi bo’lib yetishishlarida umumiy o’rta ta’lim maktablarida berilgan bilim, o’rganilgan mehnat ko’nikmasi va malakalarining o’rni beqiyosdir. Texnologiya fanini o’qitish jarayoniga yangidan yangi metodlarini tatbiq etish – davr talabidir. CHunki, texnologiya fani darslari maktabda eng uzoq vaqt o’qitiladigan fanlardan biri bo’lib, u o’quvchilarni aqliy va jismoniy tomondan to’g’ri rivojlantirishda, ularga texnika, texnologiya va ishlab chiqarish asoslari hamda kasblar haqida ma’lumot berishda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur bitiruv ishida umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi texnologiya fani darslarida o’qitishning interfaol usullaridan, hususan, grafikli organayozerlardan foydalanishga oid ilmiy-nazariy tushunchalar yoritilgan hamda uslubiy tavsiyalar berilgan.
Bitiruv ishining birinchi bobi “Texnologiya modulini o’qitish jarayonida qo’llaniladigan o’qitish metodlari va innovatsion usullar” deb nomlanib, unda umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fanining o’rni va uni isloh qilishning zaruriyati hamda ustuvor yo’nalishlari, shuningdek o’quv, ta’lim - tarbiya jarayonida foydalaniladigan o’qitish metodlari va ularning turlari. Hususan, texnologiya fani o’quv mashg’ulotlari jarayonida grafikli organayzerlar metodlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida fikrlar yuritilgan/6/.


2.1. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fanining o’rni va uni isloh qilishning zaruriyati hamda ustuvor yo’nalishlari.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fanining tutgan o’rni. Res’ublikamiz o’qituvchilari oldida umumiy ta’lim, hunar maktabini isloh qilish, yangi davr talabiga mos yetuk kishilarni, bozor iqtisodi talabiga javob beradigan ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, maktab haqidagi kontse’tsiyani amalga tadbiq qilishdek muhim vazifalar turibdi.
Birinchi darajali vazifa umumiy o’rta ta’lim maktabini bitirgan o’quvchilar fan asoslaridan chuqur bilim olishlari, ommaviy ishchi kasblaridan 2-3 tasini egallashlari, o’qish bilan birga ishlab-chiqarishda ham ishtirok etishlari lozim.
O’quvchilarni mehnat va kasb olamiga olib kirishning har xil yo’llari orasida "Texnologiya" fani muhim o’rin tutadi. Uning metodikasini takomillashtirish, moddiy jihozini mustahkamlash, maktabni o’z atrofidagi sanoat ishlab chiqarish sohasi bilan aloqasini mustahkamlash, ijtimoiy foydali, unumli mehnatni tashkil etish, uning tarbiyaviy-iqtisodiy samaradorligini oshirish, ta’lim bilan qo’shib olib borish, o’quvchilarni mehnatga tayyorlashni yaxshilash bilan shug’ullanadi.
Texnologiya fani darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik ‘rintsi’larni qo’llasada, uning o’ziga hos xususiyatlari ham mavjud. O’quvchilar bilish faoliyati bilan emas, balki yaratish faoliyati bilan shug’ullanadilar. Texnologiya fani ‘redmetlari, qurollari, jarayonlari oddiy o’rganish ob’ekti sifatida emas, balki o’quvchilar ishlarini faollashtiruvchi ko’rsatmalilik vositasi, didaktik material, ta’limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi. Texnologiya fani o’quv fani sifatida ana shu va boshqa xususiyatlarini o’rgatadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va s’ort sohalarini rivojlantirishga, xalqaro maydonda O’zbekistonning munosib o’rin egallashiga qaratilgan kom’leks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, O’zbekiston Res’ublikasi ‘rezidenti SH.Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2017 yilning 7 fevral kuni "O’zbekiston Res’ublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida"gi1 ‘F-4947-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon asosida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Res’ublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi belgilab berildi/7/.
Harakatlar strategiyasining to’rtinchi ustuvor yo’nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lib, unda "...ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va s’ort sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish" masalalariga katta e’tibor qaratilgan.
Dasturning 4.4-bo’limi "Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish" deb nomlangan bo’lib, unda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy extiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish kabi masalalar belgilangan.
Ma’lumki, Harakatlar strategiyasi asosida O’zbekiston Res’ublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi "Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi"2 140-sonli, 2017 yil 6-a’relda "Umumiy o’rta va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida"gi3 187-sonli Qarorlari qabul qilinganligi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda uzviyligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tog’risidagi Qarorning qabul qilinishi ta’lim tizimini tubdan modernizatsiya qilinayotganligidan dalolat beradi, deb o’ylaymiz.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda "Mehnat ta’limi" fani nomini "Texnologiya" fani nomi bilan o’zgartirilishining asosiy omillari sifatida quyidagilar keltirilgan/8,9/:
1. Jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar asosida umumiy o’rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablarni keskin ortib borishi.
2. Davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo’yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlanganligi.
3. Ta’lim sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan xolda takomillashtirilib borilayotganligi.
4. Ta’lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o’quvchilarni tarbiyalashning samarali shakl, usul va vositalarini keng joriy etilishi.
5. O’quv-tarbiya jarayoni samaradoriligini va natijaviyligini ta’minlashda ‘edagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish masalasiga katta e’tibor berilayotganligi.
6. Kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasi uzviyligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilayotganligi.
7. Erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlanishi hamda tadbirkorlik faoliyatini keng joriy qilishda o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi.
8. Sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirib borilayotganligi.
9. Mehnat bozorining zamonaviy extiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatining ustivorligi.
10. Ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etilayotganligi.
O’quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o’rgatish orqali kasb-hunarga yo’naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro’zg’orshunoslik elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yullash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo’llay olish layoqatini shakllantirish ko’zda tutilgan.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida texnologiya o’quv fanini o’qitishning asosiy maqsadi - o’quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan o’eratsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko’nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo’ullash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy kadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kom’etentsiyalarini shakllantirishdan iborat.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida texnologiya o’quv fanini o’qitishning asosiy vazifalari:

  • materiallar va ularning hossalari, xususiyatlari xamda texnik ob’ekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o’rganish;

  • texnik ob’ekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat o’eratsiyalarini bilish;

  • texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat o’eratsiyalarini amaliyotda qo’llay olish;

  • texnik va kreativ fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;

  • texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini taxdil qila olish;

  • buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarih hamda mehnat o’eratsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;

- ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid kom’etentsiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.

Download 478,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish